Men Abduxalilov Sanjarbek Salimovich o`zimning pedagogik amaliyotimni o`tash maqsadida Samarqand viloyati Payariq tumanidagi xtbga qarashli 15-umumiy o`rta ta’lim maktabiga yo`lanma oldim
Download 14.53 Kb.
|
HISOBOT SANJAR
HISOBOT Men Abduxalilov Sanjarbek Salimovich o`zimning pedagogik amaliyotimni o`tash maqsadida Samarqand viloyati Payariq tumanidagi XTBga qarashli 15-umumiy o`rta ta’lim maktabiga yo`lanma oldim. Amaliyotning birinchi kunida kimyo fakulteti professor-o`qituvchilari bilan yig`ilish o`tkazilib amaliyotchi talabalar rahbarlariga topshirildi. U yerda Norqulov U.M. rahbarligida pedagogik amaliyotni boshladim. Norqulov U.M. to`ldiriladigan hujjatlardan namunalar ko`rsatdi. Maktabga borganimda o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari Z.Amirillayev hamda ma’naviy-marifiy ishlari bo`yicha direktor F. Mingboyevlar menga o`quvchilar bilan ishlashda ehtiyotkorlik, xushmuomlalik, yangi interfaol medodlarni qo`lash haqidagi tushunchalar berib borishini pedagog sifatida amaliy yordam berishini aytdi. Amaliyotning dastlabki birinchi haftasida dars jarayonlarida kuzatuvchi sifatida qatnashdim. Fizika fani o`qituvchisi Pirimova G, ona- tili va adabiyot o`qituvchisi Egamov Sh, Biologiya fan o`qituvchisi Esanov A, hamda kimyo fan o`qituvchisi Yormatov I. Ustozlarning darsini kuzatdim va tahlil qildim. Darslarda men o`qituvchilardan kasb va mahorat sirlarini qunt bilan o`rgandim. Dastlabki darsalarda bir necha kamchiliklarga yo`l qo`yganimni biologiya o`qituvchisi A. Esanov tushuntirdilar. Keyinchali darslarda bu kamchiliklarni bartaraf qildim. Pedagogik amaliyot mobaynida men 7,8,9, “a” sinflarga kimyo fanidan belgilangan darslarni o`tdim. Dars jarayonini kuztish va tahlil qilish uchun maktab direktori Boqiyev B, o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari Z.Amirillayev hamda ma’naviy-marifiy ishlari bo`yicha direktor F. Mingboyevlar dars jarayonidagi kamchlik va yutuqlar haqida gapirdilar. Bundan tashqari umumiy o`tra ta’lim maktablarining me`yoriy hujjatlari bilan tanishib chiqdim. Ushbu me`yoriy hujjatlar: buyruq va xatlar, pedagogik kengash qarorlari,iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash, sinf rahbari hijjatlari, o`zlashtirishi qoniqarsiz o`quvchilar bilan ishlash ko`rgazmali o`quv qurollari bilan ishlash qoidalari bilan tanishib chiqdim.Shuningdek pedagogik amaliyot jarayonida men umuniy o`tra ta`lim maktabi an`analari, ilg`or mutaxassislarning ish tajribalarini o`rganib ularni amaliyotga tadbiq qilish ko’nikmalariga ham ega bo`ldim, eng muhimi o`quv va tarbiya jarayonini tashkil qilish, darsda qo`llaniladigan darslik va qo`llanmalardan foydalanish yo`l yo`riqlarini o’rgandim.Bundan tashqari guruhdan va talim muassasidan tashqari ishlarni tashkil qilish, iste`dodli o`quvchilar bilan ishlash va ularning fanga bo`lgan qiziqishlarini oshirish singari o`quv tarbiyaviy ishlarni o`zlashtirdim.Amaliyot yakunida 15-umumiy o`rta ta`lim maktab ma`muriyat va maktab o`quvchilari bilan birga an`anaviy “kimyo kechasi”ni o`tkazdik.Bunda bizga maktab ma`muriyati va 7-sinf o`quvchilari katta yordam berdi. Tadbir qatnashchilari va tomoshabinlar iliq kutib olindi. Amaliyot rahbari: dots.Norqulov U.M. Amaliyotchi: Abduxalilov S.S. Download 14.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling