O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti xorijiy filologiya fakulteti ingliz tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 4-kurs 402-guruh talabasi esanov azizbekning “fuqarolik jamiyati


Download 116.47 Kb.
Sana19.04.2020
Hajmi116.47 Kb.
#100308
Bog'liq
Esanov Azizbek Mustaqil ish Fuqarolik jamiyati


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
XORIJIY FILOLOGIYA FAKULTETI
INGLIZ TILI VA ADABIYOTI TA’LIM YO‘NALISHI
4-KURS 402-GURUH TALABASI ESANOV AZIZBEKNING “FUQAROLIK JAMIYATI. O`ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYAT QURISH NAZARIYASI VA AMALIYOTI” FANIDAN TAYYORLAGAN



MUSTAQIL ISHI

Topshirdi: Azizbek Esanov

Qabul qildi: Gulnora Xudoyberdiyeva

Термиз - 2020

Mavzu: O`zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar fuqarolik institutlarining qiyosiy tahlili
Reja:

Kirish.


1. O`zbekistonda fuqarolik jamiyati va uning asosiy xususiyatlari.

2. Mahalliy fuqarolik jamiyatining tarkibiy tuzilmalari.

3. Rivojlangan G‘arb davlatlarida fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi.

4. G‘arb mamlakatlarida davlat va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida hamkorlik siyosati.

5. Rivojlangan SHarq mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy hayotini modernizatsiyalashda fuqarolik jamiyati instutlarining o‘rni.

Xulosa.


Kirish.

Fuqarolik jamiyati - davlatdan mustaqil va undan holi munosabatlar va vositalar tizimi bо`lib, u shaxs hamda jamoatlarning ijtimoiy, madaniy, ma`rifiy hayot sohalaridagi xususiy manfaat va ehtiyojlarini amalga oshirishga sharoit yaratadi.

Fuqarolik jamiyati aksariyat hollarda insonlarning xususiy manfaat va ehtiyojlari sohasi tarzida ta`riflanadi. Fuqarolar huquq va erkinliklarining asosiy kо`pchilik qismi mana shu xususiy hayot sohasida rо`yobga chiqariladi. Biroq bu shaxslarning ijtimoiy hayotdan ajralib qolganligini, begonalashtirilishini anglatmaydi.

Fuqarolik jamiyati-shaxslarning oddiy yig`indisi emas, balki ular о`rtasidagi rang-barang aloqalar, hamkorlik, hamjihatlikning ifodasidir. Mazkur mushtaraklik va xamjihatlik tashkiliy-institusiyaviy kо`rinishga ega bо`lib, u turli ijtimoiy kuchlar, nodavlat tashkilotlar, birlashmalar mavjudligi bilan tavsiflanadi.

О`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi fuqarolik jamiyatining qaror topishishini xususiy mulkning qat`iy mavqega ega bо`lishi bilan bog`laydi. Shu asosda hozirgi paytda jamiyatda keng qо`lamda xususiylashtirish (aksiyalashtirish) jarayonlari amalga oshirilmoqda.

Fuqarolik jamiyatida erkinlik, qonun oldida barchaning tengligi, ijtimoiy adolatning ta`minlanishi hamma fuqarolarning ijodiy salohiyati va iste`dodining bevosita rо`yobga chiqarilishiga imkoniyat yaratiladi. Fuqarolik jamiyati huquq va adolat mezonlari bilan о`lchanadi.


  1. O`zbekistonda fuqarolik jamiyati va uning asosiy xususiyatlari.

Erkin fuqarolik jamiyatini qaror toptirish О`zbekiston xalqining ulug`vor maqsadlaridan biridir. Konstitusiyaning mazmun va mohiyatidan shu narsa qat`iy ayonki, mamlakatimizda shakllantirilayotgan jamiyat-demokratiya va adolat tamoyillariga tayanuvchi erkin insonlar jamiyati bо`ladi. О`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov shunday degan edi: «Biz fuqarolik jamiyati qurishga intilmoqdamiz. Buning ma`nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgani sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, ya`ni о`zini о`zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir».1 Prezidentning yana quyidagilarga e`tiborni qaratgan edi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati-ijtimoiy-makon. Bu makonda qonun ustuvor bо`lib, u insonning о`z-о`zini kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari tо`la darajada rо`yobga chiqishiga kо`maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yо`l qо`yilmaydi. Ya`ni va qonunga bо`ysunish bir vaqtning о`zida amal qiladi».2

Xо`sh fuqarolik jamiyatining mohiyatini nima tashkil qiladi, bu qanday jamiyat?

Eng umumiy tarzda lо`nda ta`rif beriladigan bо`lsa, fuqarolik jamiyati-ijtimoiy hayotning davlat ta`siri va aralashuvidan, ma`muriy tazyiqlardan holi bо`lgan hamda insonlarning xususiy turmush sohasini tashkil etuvchi munosabatlar majmuidir.

Hozirgi davrda falsafiy, siyosiy va yuridik adabiyotlarda fuqarolik jamiyatini ta`rif va tavsif etishga faol harakat qilinmoqda. Bu ta`riflardan ba`zilarini talqin etaylik.



Fuqarolik jamiyati-davlatdan mustaqil va undan holi munosabatlar va vositalar tizimi bо`lib, u shaxs hamda jamoatlarning ijtimoiy, madaniy, ma`rifiy hayot sohalaridagi xususiy manfaat va ehtiyojlarini amalga oshirishga sharoit yaratadi.

Fuqarolik jamiyati aksariyat hollarda insonlarning xususiy manfaat va ehtiyojlari sohasi tarzida ta`riflanadi. Fuqarolar huquq va erkinliklarining asosiy kо`pchilik qismi mana shu xususiy hayot sohasida rо`yobga chiqariladi. Biroq bu shaxslarning ijtimoiy hayotdan ajralib qolganligini, begonalashtirilishini anglatmaydi.



Fuqarolik jamiyati-shaxslarning oddiy yig`indisi emas, balki ular о`rtasidagi rang-barang aloqalar, hamkorlik, hamjihatlikning ifodasidir. Mazkur mushtaraklik va xamjihatlik tashkiliy-institusiyaviy kо`rinishga ega bо`lib, u turli ijtimoiy kuchlar, nodavlat tashkilotlar, birlashmalar mavjudligi bilan tavsiflanadi.

Fuqarolik jamiyati nihoyatda murakkab ijtimoiy hodisadir. Shu bois uni uch asosiy jihat, uchta yо`nalish bо`yicha:

1) iqtisodiy jihat;

2) siyosiy jihat;

3) ma`naviy-ahloqiy jihat ta`riflash mumkin

Birinchi jihati. Fuqarolik jamiyati xususiy mulkchilikka keng yо`l beruvchi va unga asoslanuvchi bozor iqtisodiyoti munosabatlariga, erkin iqtisodiy faoliyat ta`minlangan shart-sharoitga tayanadi. Aynan xususiy mulkchilik muhiti va munosabatlari qaror topgan jamiyatda shaxsning mulkiy mustaqilligi, iqtisodiy faoliyat yuritishdagi erkinligi ta`minlanadi. Xuddi shu asnoda shaxs davlat hokimiyatiga nisbatan avtonom, mustaqil mavqeni egallaydi. Davlat xususiy hayot sohasiga, shaxs va tashkilotlarning qonuniy iqtisodiy faoliyatiga aralashmasligi lozim. Prezident I.A.Karimov aytganidek, «davlatning qonunlari inson va fuqaro huquqlarini kamsitmasligi lozim». Bu talab avvalo iqtisodiy ishlab chiqarish, xususiy tadbirkorlik sohasiga oiddir.

Fuqarolik jamiyati konsepsiyasini yaratishga katta hissa qо`shgan nemis faylasufi Gegel, bu jamiyatni burjuacha ishlab chiqarish munosabatlari majmui sifatida tushungan. U ikki asosiy prinsipni ajratib kо`rsatgan:



birinchidan, shaxslar о`z xususiy manfaatlaridan kelib chiqib harakat qiladilar;

ikkinchidan, insonlar shunday ijtimoiy munosabatlar tizimini vujudga keltiradilarki, bunda har kim boshqa kimsaga bog`liq bо`ladi.

Xususiy mulkchilikka asoslangan ijtimoiy strukrura bо`lmish fuqarolar jamiyati bozor iqtisodiyoti munosabatlari tizimidan iboratdir. Bunday munosabatlarga ishlab chiqarishdagi raqobat va unda hokimiyatning ma`muriy aralashuvini cheklash orqali erishiladi. Fuqarolar jamiyati insonning ijodiy faolligini namoyon etishga yо`l ochuvchi munosabatlar shakllangan taqdirda zohir bо`ladi.

Buyuk fransuz inqilobining manifesti-1791 yilgi Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasida ham xususiy mulk muqaddas va dahlsiz deb e`lon qilgan. Feodalizmning ashaddiy dushmani bо`lgan yakobinchilar esa xususiy mulkni yangi jamiyatning, ya`ni fuqarolik jamiyatining birdan-bir asosi deb bilganlar. Tarix saboqlaridan ma`lumki, xususiy mulk nafaqat jamiyatni turli qatlamlarga ajratgan, balki ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan tashabbusni rag`batlantirgan, hokimiyatga nisbatan mustaqil (avtonom) tuzilmalarni vujudga keltirgan.

О`zbekistonda ham xususiy mulkchilikka asoslangan iqtisodiy munosabatlar tizimi qaror topmoqda, tadbirkorlikka, kichik va о`rta biznesga keng yо`l ochilib, tegishli tashkiliy va huquqiy mezanizmlari vujudga keltirilmoqda.

О`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi fuqarolik jamiyatining qaror topishishini xususiy mulkning qat`iy mavqega ega bо`lishi bilan bog`laydi. Shu asosda hozirgi paytda jamiyatda keng qо`lamda xususiylashtirish (aksiyalashtirish) jarayonlari amalga oshirilmoqda.

Xо`sh, nima sababdan isloqotchi-davlat О`zbekistonda demokratik fuqarolar jamiyatini jadal shakllantirib borishdan manfaatdor?



Birinchidan, shu asnoda mamlakatning ijtimoiy yо`naltirilgan bozor iqtisodiyoti sari olg`a siljish yо`llari va usullari xususida fuqarolar kelishuviga erishish tо`g`risida norasmiy ijtimoiy shartnoma tuzish va uni rо`yobga chiqarishda islohotchi-davlat uchun sherik vujudga keltiriladi.

ikkinchidan, fuqarolik jamiyati о`z institutlari orqali shaxsning davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etishini ta`minlagan holda, davlatda vakillik demokratiyasining va mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy tizimning asosi hisoblanadi.

uchinchidan, О`zbekiston xalqi fuqarolik institutlari va mexanizmlari, avvalo saylov tizimi orqali о`zining siyosiy yuksalishi va hayotiy muhim milliy manfaatlarini ifodalashi uchun barqaror shart-sharoitlar yaratmoqda.

tо`rtinchidan, fuqarolik jamiyati shaxs va jamiyat, fuqaro va davlat, etnik va konfessional jamoalar, ijtimoiy-demografik guruhlarning hayotiy muhim manfaatlarining о`zaro maqbul muvozanatidan kelib chiqqan holda quriladi.

beshinchidan, demokratik jamiyat fuqarolarning siyosiy va ijtimoiy faolligiga asoslangan. О`z navbatida,uning о`zi turmushning barcha sohalaridagi islohotlar jarayonida bunday faollikning о`sib borishini izchil rag`batlantirib boradi va davlatning byurokratlashuvi, uning institutlari fuqarolarning hayotiy muhim manfaatlaridan uzilib qolishi xavfiga qarshi turadi.

«Bozor iqtisodiyotiga о`tish davrida,-deydi Prezident I.A.Karimov,-davlat iqtisodiy erkinliklarning kafolati bо`ladi. Ayni shu tufayli davlat iqtisodiyotga о`zining tartibga soluvchi ta`sirini maqbul ravishda о`tkaza oladi».1



Ikkinchi jihati. Siyosiy nuqtai nazardan baholaganda fuqarolik jamiyatidagi siyosiy tizim va siyosiy boshqaruvning mazmun-mohiyatini huquqiy davlatchilik ifoda etadi. Boshqacha aytganda, huquqiy davlat fuqarolik jamiyatining siyosiy mohiyatini, siyosiy shaklini tashkil etadi. Bu ikki hodisaning о`zaro munosabati shakl bilan mazmunning о`zaro aloqadorligini aks ettiradi. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, fuqarolik jamiyati tо`la ma`noda mavjud bо`lishining shak-shubhasiz sharti huquqiy davlatning mavjudligidir. Va, aksincha, huquqiy davlat faqat fuqarolik jamiyatidek ijtimoiy makonda qaror topishi va faoliyat yuritishi mumkin.

Fuqarolik jamiyati bilan huquqiy davlatning о`zaro nisbatini iqtisod bilan siyosatning nisbati tarzida izohlash о`rinli bо`ladi. Buni О`zbekiston misolida ham yaqqol kо`rish mumkin. Zero, iqtisodiy islohatlar tegishli demokratik siyosiy tuzilmalar, institutlar mavjud bо`lishini taqozo etadi.

Mamlakatimizda mulk shaklini о`zgartirish, xususiylashtirish jarayonlarini amalga oshirishga qaratilgan davlat tuzilmalari vujudga keltirildi. Xususan, О`zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qо`mitasi tashkil etilib (1992 yil), u mamlakatda xususiylashtirishni amalga oshirish bilan shug`ullanib kelmoqda. Prezidentning 1992-1993 yillarda qabul qilingan о`ttizdan ortiq farmonlari bilan davlat mulkchiligiga asoslangan о`nlab vazirlik va davlat qо`mitalari boshqa mulk shaklidagi konsern, assotsiatsiya, uyushma va jamg`armalarga aylantirildi. Jumladan, О`zbekiston Respublikasi paxtachilik vazirligi zamiradi «О`zbekiston paxtani qayta ishlash va paxta mahsulotini sotish davlat aksiyadorlik assotsiatsiyasini tashkil etish tо`g`risida»gi farmon (1992 yil 7 noyabr), Mahalliy sanoat vazirligi isloh etilib, uning о`rnida Prezidentning 1992 yil 3 sentabrdagi farmoni bilan «Mahalliy sanoat» davlat korporatsiyasi tashkil etildi. Shuningdek «О`zbeksavdo» assotsiatsiyasi (1992 yil 5 may farmoni) «О`zbekiston xavo yо`llari» milliy aviakompaniyasi (1992 yil 28 yanvar farmoni) tashkil topdi va hokazo.

1997 yil 20 mayda «О`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini takomillashtirish tо`g`risida» qaror qabul qilindi. Bu qarorning asosiy maqsadi Xukumat apparatini iqtisodiyotni boshqarishning bozor usullariga о`tkazishdan iborat edi. Vazirlar Mahkamasi apparati bevosita sohaviy ma`muriy boshqaruvdan qaytib, boshqaruvning funksional tizimiga о`tdi. Buni ma`nosi shuki, Vazirlar Mahkamasi apparati xо`jalik yurituvchilar faoliyatiga aralashmaydi, iqtisodiyotni davlat yо`li bilan boshqarmaydi. Buning о`rniga u iqtisodiyotni bozor yо`liga о`tkazishning umumiy strategiyasini ishlab chiqadi, iqtisodiy jarayonlar va iqtisodiy komplekslar faoliyatini uyg`unlashtirish va muvofiqlashtirish bilan shug`ullanadi. Shuningdek xо`jalik yuritish shakllarini takomillashtirish, tarkibiy va institusional qayta о`zgarishlarni amalga oshirish, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish, tadbirkorlik va raqobatchilikni rivojlantirish bilan shug`ullanadi.

Fuqarolik jamiyatining siyosiy tavsiflanishi faqat davlat tuzilmalarining rivojlantirilishidan iborat emas. Demokratiya ravnaq topishi uchun fuqarolik jamiyatida xurfikrlilik, siyosiy plyuralimz ham qaror topishi zarur. Buning uchun jamiyatda tom ma`nodagi kо`ppartiyaviylik, jamoat va nodavlat tashkilotlarining keng qо`lamli tizimi, tadbirkorlarning ittifoqlari, uyushmalari, mehnatkashlar mustaqil birlashmalari, fuqarolarning о`zini о`zi boshqarish organlari tizimi vujudga keltirilishi lozim, toki bu tuzilmalar davlat idoralari bilan teng huquqli munosabatlarga kirishaolsin.

Fuqarolik jamiyatining siyosiy tizimida ommaviy axborot vositalari alohida о`rin tutadi (bu haqda keyingi paragraflarda batafsil tо`xtalamiz.)

Tahlil yuritilayotgan jabhada huquqiy davlatning asosiy vazifasi inson va fuqaroning yuksak huquqiy maqomini ta`minlab berishdan iborat. Konstitusiyaning 2-moddasida davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas`uldirlar, deb yozilgan. Buning ma`nosi shuki, davlat, uning idoralari avvalo fuqarolarning huquqlarini xurmat qilishlari lozim. +onunda belgilangan fuqaroviy huquq va erkinliklar davlat idoralari va mansabdor shaxslar uchun muqaddas bо`lmog`i lozim. О`z fuqarolarining haq-huquqlarini ta`minlab beraolmagan davlat demokratik huquqiy davlat deb atalishi mumkin emas. Fuqarolar qonun oldida teng, huquqning teng subyekti sifatida e`tirof etilishi lozim.

Fuqarolar va ularning uyushmalari davlat idoralari bilan muloqotda huquqning teng subyektlari sifatida munosabatga kirishadilar. Basharti, bu teng huquqiy munosabatlarda tomonlardan birining huquqiga, manfaatiga putur yetkazilsa, u sudga murojaat etishi va qonuniy asoslarda sud tartibida о`z huquqini tiklashga erishishi lozim. Huquqiy davlatchilikning muhim tamoyillaridan biri ana shunday. Shunday qilib, huquqiy davlat nafaqat fuqarolik jamiyatini boshqaruvchi tizim, balki о`zini о`zi boshqaruvchi fuqarolik jamiyatiga bog`liq, uning manfaat va ehtiyojlariga bо`ysunuvchi tizim sifatida maydonga chiqadi.



Uchinchi jihati. Fuqarolik jamiyati chuqur ma`naviy, yuksak madaniy insoniy munosabatlar zamiriga tayanadi. Bu jamiyatning ma`naviy hayotida bir narsa ustuvorlik qiladi, ya`ni inson benihoya darajada ulug`lanadi, umuminsoniy qadriyatlar e`zozlanadi, ular mо`tabar va muqaddas sanaladi. Bunda insonning qadr-qimmati, mehr-oqibat, ahloqiy poklik, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi oliy qadriyatlar odamlar о`rtasidagi munosabatlarning belgilovchi mezoni sifatida maydonga chiqadi.

Demokratik islohotlar davrida ma`naviyatni yuksaltirishga asosiy e`tibor qaratilayotgani bejiz emas. Zero, ma`naviyat-insoniyat ichki dunyosining kо`zgusi, tafakkuri, ongi va fikr yuritish tarzining mazmun-mohiyatini aks ettiruvchi yuksak ijtimoiy qadriyatdir. Insoniyat hamisha ezgulikka, ma`naviy barkamollikka intilib yashaydi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning muvaffaqiyati, mamlakatning yaqin kelajakdagi istiqboli hamyurtlarimiz qanday mavqeni egallashiga, qanaqa madaniy-ma`naviy va ahloqiy qadriyatlarni shior qilib olishiga bog`liq bо`ladi.1

Fuqarolik jamiyatida erkinlik, qonun oldida barchaning tengligi, ijtimoiy adolatning ta`minlanishi hamma fuqarolarning ijodiy salohiyati va iste`dodining bevosita rо`yobga chiqarilishiga imkoniyat yaratiladi. Fuqarolik jamiyati huquq va adolat mezonlari bilan о`lchanadi. Huquq jamiyatning о`ziga xos «gumanistik imperativi» (insonparvarvarlik talabi), ya`ni insoniy-ahloqiy qoidasi, ma`naviy mayog`i bо`lib hisoblanadi. Fuqarolarning о`zaro huquqiy munosabatidagi mavqei quyidagi prinsiplar asosida belgilanadi:

1) jamiyatning har bir a`zosi inson sifatida erkin va ozod bо`lishi;

2) har bir fuqaroning boshqa fuqaro bilan tengligi;

3) jamiyat har a`zosining fuqaro maqomidagi mustaqilligi.

О`zbekiston mustaqillikni qо`lga kiritgach, suveren davlatchilikni shakllantirishda madaniyatimiz sarchashmalariga, teran va ulkan ma`naviy merosimizga murojaat qilish, boqiy tarixiy о`tmishimizda mavjud bо`lgan barcha ezguliklarni yuzaga chiqarib, rivojlantirish borasida beqiyos imkoniyatlar ochildi. О`tmish ajdodlarimizning madaniy va ma`naviy boyligi chuqur mushohada etilib ijtimoiy ongimizga singdirilmoqda, shu orqali biz barpo etayotgan yangi fuqarolik jamiyati manfaatlariga xizmat qilmoqda.

Biz shunchaki demokratik jamiyat emas, balki odil demokratik jamiyat barpo etmoqdamiz. Davlatchiligimiz adolat tamoyillariga tayanadi. «Adolatga intilish-xalqimiz ma`naviy-ruhiy dunyosiga xos eng muhim xususiyat. Adolatparvarlik g`oyasi butun iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimiga singib ketishi, ijtimoiy kо`maklashuv mexanizmida о`z aksini topishi kerak»1[31].

Ma`naviy-madaniy saviya past bо`lgan jamiyatda adolat tantanasi haqida gap ham bо`lishi mumkin emas. Biz barpo etayotgan fuqarolik jamiyatida adolat, haqiqat va insonparvarlik g`oyalari ustuvorlik qilishi lozim. Adolat bor joyda inson haq-huquqlari va erkinliklari tо`la ta`minlanishiga umid bog`lash mumkin.

Shunday qilib, fuqarolik jamiyatining quyidagi asosiy belgilari va xususiyatlarini kо`rsatish mumkin:



1. Jamiyat va shaxs ehtiyojlari tizimida faol ijobiy faoliyat va mehnatning roli alohida mazmuniga ega bо`lishi. Mehnatga asoslangan ijtimoiy ehtiyoj va manfaatlar tizimining qaror topishi;

2. jamiyat mazmunini, uning rivojlanish qonuniyatlari mohiyatini xususiy mulkchilik munosabatlari orqali belgilanishi;

3. xususiy mulk barcha mulk shakllari qatori ravnaq topishi va uni muhofazalashda qonunning, davlat hokimiyatining alohida rol yо`nashi;

4. fuqarolarning yuridik jihatdan bir xil maqomga egaligi va qonun oldida tengligi. Jamiyatda adolatli sud tizimining qaror topishi va uni fuqarolarni himoyalovchi posbon idoraga aylanishi.

5. shaxsning xususiy hayoti va iqtisodiy faoliyatiga davlat aralashuvining qonun doirasida cheklanishi. Huquqiy davlatchilikning mavjud bо`lishi;

6. shaxsning davlat hokimiyatiga nisbatan mulkiy va iqtisodiy mustaqilligi;

7. davlat, davlat idoralari va fuqarolar huquqning teng subyekti sifatida munosabatga kirisha olishi, ular sudda teng taraflar sifatida maydonga chiqaolishi. Fuqarolar huquqlarini kafolatlash va ustuvor ta`minlash mexanizmlarining yaratilganligi;

8. fuqarolik jamiyatining tarkibiy institutlari, jumladan fuqarolarning о`zini о`zi boshqarish organlari tizimining mavjudligi;

9. jamiyatning yuksak ma`naviy-madaniy va ahloqiy rivojlanganligi; insonlar о`rtasidagi munosabatlar о`zaro hurmat, iymon-insof doirasida, shaxs qadrini e`zozlash asosiga qurilganligi.

Shunday qilib, fuqarolik jamiyati-har bir inson manfaatini ustuvor biluvchi, huquqiy a`ana va qonunlarga hurmat muhiti shakllantirilgan, umuminsoniy qadriyatlar e`zozlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari sо`zsiz ta`minlanadigan, davlat hokimiyatini samarali jamoatchilik nazorati mexanizmlari vujudga keltirilgan, insoniy munosabatlar chuqur ma`naviy-madaniy qadriyatlarga tayanadigan erkin demokratik huquqiy jamiyat.



2. Mahalliy fuqarolik jamiyatining tarkibiy tuzilmalari.

Fuqarolik jamiyati yuksak darajada uyushgan, batartib munosabatlar tizimiga tayangan, о`zini о`zi boshqarish mexanizmlari mukammal qaror topgan jamiyatdir. Bu jamiyat sharoitida inson va fuqarolarning huquq, erkinlik hamda manfaatlarini aks ettiruvchi, muhofaza etuvchi turli-tuman uyushmalari, birlashmalari, nodavlat tashkilotlari va idoralari mavjud bо`ladi. Ular davlat hokimiyatidan mustaqil bо`lib, о`zini о`zi boshqarish tamoyili asosida aktiv faoliyat kо`rsatadi.

Fuqarolik jamiyatida ijtimoiy hayotga katta ahamiyat beriladi. Uning asosiy maqsadi inson hayotini saqlash, uning maqsadlarini, hayotiy orzularini, niyatlarini shu jamiyatdagi tashkilotlar, ijtimoiy institutlar, guruhlar, oila va boshqa birlashmalar orqali amalga oshirishdir. Bu tashkilotlar, institutlar va guruhlar alohida shaxsga uning hokimiyat manbai ekanligini, uning layoqati va harakati, obrо`si yuksak qadriyat ekanligini tushuntirishga yordam beradilar. Insonlar ushbu tashkilotlar va birlashmalar orqali о`zlarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa maqsadlarini amalga oshiradilar.

Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilariga:

1) kо`ppartiyaviylik;

2) siyosiy hayotning va siyosiy institutlarning, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi;

3) о`zini-о`zi boshqarish organlari mavqeining balandligi;

4) jamiyatni boshqarishda ommaviy axborot vositalari rolining kattaligi kiradi. Fuqarolik jamiyati ma`naviy hayot umumbashariy qadriyatlar asosida amalga oshirilganligi, insonning muqaddasligi, erkinligi, qonun oldida tengligi, ijtimoiy adolatning tо`liq qaror topganligi bilan belgilanadi.

Demak, fuqarolik jamiyati-teng huquqli insonlarning jamiyati, yakka shaxslar yoki jamoalar manfaatlarini amalga oshirishga kо`maklashadigan jamoat va nodavlat institutlarining tizimidir.

Shuni ham ta`kidlash kerakki, fuqarolik jamiyati jamoat birlashmalarining yig`indisidangina iborat bо`lmay, balki ular faoliyatining natijasida paydo bо`ladigan munosabatlar tizimi hamdir. Shuning uchun ham fuqarolik jamiyatini milliy va diniy an`analarsiz, odatlarsiz, odob-ahloq normalarisiz va milliy qadriyatlarsiz tasavvur etib bо`lmaydi. Bu jamiyat iqtisodiy, kasbiy, madaniy, diniy va boshqa manfaatlarni shakllantirishga va ularni amalga oshirishga qaratilgan ijtimoiy aloqalar tizimini ham qamrab oladi.

О`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi har bir insonning ehtiyojlari, manfaatlari, huquq va erkinliklarini amalga oshirishga qaratilgan. Konstitusiya insonni eng katta boylik sifatida alohida kо`rsatgani holda fuqaro, jamiyat va davlat о`rtasidagi о`zaro munosabatlarning oqilona, huquqiy hal etilishini siyosiy jihatdan rasmiylashtiradi. Konstitusiya va qonunlarning ustunligi, ularning inson manfaatlarini himoya qilishga va ijtimoiy munosabatlarni maqbul holga keltirishga yо`naltirilganligi fuqarolik jamiyati asoslarini qaror toptirishning asosiy omillaridir.

Fuqarolik jamiyatida qonun ustuvor bо`lib, u insonning о`zini-о`zi kamol toptirishiga yordam beradi, shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari tо`la darajada rо`yobga chiqishiga kо`maklashadi. Ayni vaqtda bu barcha odamlar qonunlarga sо`zsiz rioya qilishlari shart ekanligini ham bildiradi.

О`zbekiston fuqarolari Konstitusiyada kо`rsatilgan huquqlaridan foydalanib, davlatning siyosiy hayotida tobora keng ishtirok etmoqdalar.

О`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ta`kidlashicha, «О`tmish davri sharoitida fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish jarayoni yuz berayotgan bir paytda О`zbekiston aholisi turli qatlamlarining manfaatlarini ifoda etishi lozim bо`lgan keng tarmoqli, kо`ppartiyaviy tizim kabi demokratik institutlar hamda boshqa jamoat tashkilotlarining qaror topishi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu jihatdan olganda, davlatning roli siyosiy partiyalar va jamoatchilik harakatlarining vujudga kelishi, qaror topishi va rivojlanishi sekinlashtirib qо`yadigan har qanday g`ov va tо`siqlarni bartaraf etishdan iboratdir»1.

Fuqarolik jamiyatidagi mavjud manfaatlarni qanoatlantirish, rо`yobga chiqarish uchun tegishli tashkiliy tuzilmalar va institutlar shakllanadi.

Fuqarolik jamiyatining ichki tizimini quyidagicha tasniflash mumkin.



Birinchidan, iqtisodiy sohadagi manfaatlarni qanoatlantiruvchi tuzilmalar:

a) xususiy mulk asosida vujudga keladigan va faoliyat yuritadigan nodavlat tashkilotlar;

b) shirkat xо`jaliklari va ularning uyushmalari;

v) ijara asosida ishlovchi jamoalar;

g) hissadorlik jamiyatlari;

d) moliyaviy jamg`arma hamda uyushmalar;

ye) ishlab chiqarish korporatsiya, konsernlari va birlashmalari;

j) tadbirkorlar uyushmalari (palatasi) va hokazo.



Ikkinchidan, ijtimoiy sohadagi manfaatlarni ifodalovchi tuzilmalar:

a) oila hamda uning manfaatlarini aks ettiruvchi maxsus tashkilotlar;

b) ta`lim-tarbiya muassasalari (maktab, о`rta-maxsus va oliy ta`lim muasasasalari);

v) jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlar;

g) fuqarolarning о`zini о`zi boshqarish organlari;

d) mustaqil ommaviy axborot vositalari;

ye) diniy tashkilotlar;

j) milliy-madaniy markazlar;

z) kо`ngilli jamiyatlar;

i) jamoatchilik fikrini aniqlash va о`rganish institutlari;

y) turli ijtimoiy ixtiloflarni adolatli hal etuvchi tuzilmalar va hokazo.

Uchinchidan, siyosiy sohadagi manfaatlarni aks ettiruvchi institutlar va tuzilmalar:

a) huquqiy davlatning mavjudligi;

b) siyosiy partiyalar;

v) ijtimoiy-siyosiy harakatlar;

g) siyosiy muholifatning mavjudligi;

d) inson huquqlarini himoyalovchi institutlar va hokazo.

Yuqorida keltirilgan tasnif umumiy bо`lib, u eng asosiy tarkibiy tuzilmalarni ifodalaydi. Albatta, fuqarolik jamiyati о`zining rang-barangligi, turli-tumanligi bilan tavsiflanadi. Unda turfa kо`rinishdagi ma`rifiy, madaniy va boshqa mazmundagi tashkilotlar faoliyat kо`rsatishi mumkin.

О`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ta`kidlashicha, «О`tmish davri sharoitida fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish jarayoni yuz berayotgan bir paytda О`zbekiston aholisi turli qatlamlarining manfaatlarini ifoda etishi lozim bо`lgan keng tarmoqli, kо`ppartiyaviy tizim kabi demokratik institutlar hamda boshqa jamoat tashkilotlarining qaror topishi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Siyosiy nuqtai nazardan baholaganda fuqarolik jamiyatidagi siyosiy tizim va siyosiy boshqaruvning mazmun-mohiyatini huquqiy davlatchilik ifoda etadi. Boshqacha aytganda, huquqiy davlat fuqarolik jamiyatining siyosiy mohiyatini, siyosiy shaklini tashkil etadi. Bu ikki hodisaning о`zaro munosabati shakl bilan mazmunning о`zaro aloqadorligini aks ettiradi. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, fuqarolik jamiyati tо`la ma`noda mavjud bо`lishining shak-shubhasiz sharti huquqiy davlatning mavjudligidir. Va, aksincha, huquqiy davlat faqat fuqarolik jamiyatidek ijtimoiy makonda qaror topishi va faoliyat yuritishi mumkin.

Fuqarolik jamiyati bilan huquqiy davlatning о`zaro nisbatini iqtisod bilan siyosatning nisbati tarzida izohlash о`rinli bо`ladi. Buni О`zbekiston misolida ham yaqqol kо`rish mumkin. Zero, iqtisodiy islohatlar tegishli demokratik siyosiy tuzilmalar, institutlar mavjud bо`lishini taqozo etadi.

Mamlakatimizda mulk shaklini о`zgartirish, xususiylashtirish jarayonlarini amalga oshirishga qaratilgan davlat tuzilmalari vujudga keltirildi.

3. Rivojlangan G‘arb davlatlarida fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi

Fuqarolik jamiyati bir vaqtning o‘zida muayyan g‘oya va mafkura, aniq asosga ega bo‘lgan voqelikni qamrab olmasada uning amaliy xarakteri bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. CHunki bunday o‘z-o‘zini institutsional boshqaruv shakli bir tomondan, shaxsiy erkinlik, o‘zaro munosabatning turi va predmetini erkin tanlashga imkon beruvchi ijtimoiy munosabatlarning aniq sohasi va qizqishlarni sub’ektiv qondirish usuli sifatida talqin qilinsa, boshqa tomondan, yuzaga kelgan aniq voqea-hodisaga o‘ziga xos kuchli va mustaqil shaxs‖ nuqtai nazaridan yondoshish imkonini beruvchi ijtimoiy tizim sifatida rivojlanib boradi. Masalan, AQSHda fuqarolik jamiyatining dastlabki rasmiy institutlari diniy uyushmalar, maktablar va turar joyi bo‘yicha havfsizlik va tartibni ta’minlovchi ijtimoiy guruhlar sifatida faoliyat olib borgan. G‘arbiy Evropada esa bundan farqli ravishda fuqarolik jamiyati institutlari iqtisodiy sohada o‘z-o‘zini namoyon qilib, bu yangi va eski tipdagi, oldingi uyushmalar va korporativ birlashmalar asosida tashkil topgan mustaqil bozor tashkilotlari sifatida faoliyat yuritgan. Germaniyada fuqarolik jamiyati institutlarining o‘ziga xos faoliyati gildiyada o‘z aksini topib, o‘z vaqtida hunarmand va savdogarlarning o‘z-o‘zini himoya qilish va shaharlarni boshqarishga o‘ziga xos ta’sir o‘tkazishning dastlabki shakli sifatida qaror topgan. O‘z navbatida Evropaning Florensiya, Paduyava boshqa shaharlari o‘zini gildiyashahar(townsmen) sifatida shakllantirgan1.

Hozirgi davrda rivojlangan G‘arb davlatlarida faoliyat olib borayotgan fuqarolik jamiyati institutlari demokratik siyosiy faollikni nazarda tutgan holda davlat ustidan nazoratni amalga oshiradi. Bunda siyosiy partiyalar ta’siri va o‘z-o‘zini boshqarish institutlari faolligi tobora ortib boraveradi. YA’ni shaxs erkinligi oliy qadriyat sifatida baholanadi. Masalan, AQSH, Buyukbritaniya, Avstraliyada mazkur prinsip sabab davlatning fuqarolik jamiyati hayotiga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kuchli davlat an’anasi SHarq davlatlari kabi ko‘pgina G‘arb mamlakatlariga ham xos, ayniqsa Germaniya davlat boshqaruv tizimida bu holatga bevosita guvoh bo‘lishimiz mumkin. YA’ni Germaniya ijtimoiysiyosiy hayotida davlatning roli jamiyat hayotini barqarorlashtirishdagi ahamiyati kuchli hisoblanadi. SHu boisdan ham davlat tuzilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Bunda milliy birdamlik g‘oyasi ustuvor ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun ham shaxsiy erkinlik davlat qudratiga bog‘lab talqin etiladi. Unga ko‘ra davlat kuchli bo‘lsagina, shaxs qiziqishlari va erkinligini himoya qila oladi. YA’ni, davlat tartibi g‘oyasi, milliy birdamlik shaxs erkinligidan ham ustun qo‘yiladi. Bunday xokimiyat boshqaruv tizimi Germaniyadan tashqari Fransiya va YAponiyaga mamlakatlariga xosdir. SHuningdek, Germaniyada fuqarolik jamiyati sohasida va uning faolligini oshirishda fuqaroga nodavlat sektorni rivojlantirishning muhim maqsadli ob’ekti sifatida e’tibor qaratiladi. Germaniyada muhim siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarning hal etilishida hamda insonning qonuniy huquq va erkinliklari himoya qilinishidafuqarolik jamiyati institutlari muhim rol o‘ynaydi. Bunda davlat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining ta’minlanishi fuqarolik jamiyati institutlarining muhim vazifasi deb qaraladi. Davlat tizimlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining amalga oshirilishida nohukumat tashkilotlarining rolini kuchaytirish davlatning jamiyat bilan samarali o‘zaro aloqada bo‘lishi mexanizmlarini mustahkamlaydi2.

Germaniyada fuqarolarning davlat organlari faoliyati to‘g‘risida erkin axborot olishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish ko‘p qirrali va murakkab jarayon sifatida baholanadi. SHuning uchun ham mazkur jarayonlar axborot erkinligiga oid huquqiy mexanizmlar asosida tartibga solinadi. CHunki bugungi kunda ommaviy axborot vositalari xodimlarining zamonaviy axborot bozori sharoitida jamiyat oldidagi mas’uliyati hamda javobgarligini yanada chuqur anglashiga xizmat qiluvchi zarur mexanizmlarni ishlab chiqish muhimdir. SHuning uchun ham 2003 yilning mayida Germaniyada oila, keksa fuqarolar, ayollar va yoshlar ishlari bo‘yicha qo‘mitaning kichik bo‘limi (Fuqarolik faolligi bo‘yicha kichik qo‘mita)tashkil etilgan. Uning vazifasiga Germaniyaning fuqarolik jamiyatini tadqiq etish tavsiyalarini bajarishga ko‘maklashish hamda o‘z yo‘nalishidagi qonun loyihalari va tashabbuslarini muhokama qilish kiradi.

SHuningdek bu mamlakatda aholining davlat, tijorat va jamoat tashkilotlariga bo‘lgan ishonchi uchinchi sektor‖ni rivojlantirishning muhim mezonlari hisoblanadi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonidagi «birinchi» va «uchinchi» sektorlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni institutsionallashtirish har ikki tomon uchun foydali hisoblanadi. Bunday hamkorlik siyosatini belgilab beradigan hujjatlar davlat bilan fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishning muayyan bosqichi uchungina foydali bo‘ladi. Ularda davlat hokimiyatining fuqarolik jamiyati roliga nisbatan yangicha nuqtai-nazari aks etadi va uchinchi sektor tashkilotlari bilan samarali o‘zaro hamkorlik asoslari yaratiladi3.

Germaniyada uchinchi sektor‖ fuqarolik jamiyati, faol fuqarolik va birdamlik hissi – yaqin yaqingacha faqat siyosatshunoslarni qiziqtirgan tushunchalar endilikda barcha ijtimoiy-gumanitar soha vakillari tomonidan muhokama qilinmoqda. Buning siri nimada? Nima sababdan bugun uning ahamiyati bunchalik oshgan? Birinchidan uchinchi sektor‖ – fuqarolik jamiyatining tashkiliy infratuzilmasi – uzoq yillar davomida rivojlanuvchi iqtisodning muhim tarmog‘iga aylandi. Masalan, birgina Germaniyaning o‘zida 1990 yildan 1995 yilgacha u 30% o‘sdi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, uchinchi sektor mehnat bozori uchun alohida ahamiyat kasb etadi. 90 yil o‘rtalariga kelib Germaniya aholisining tahminan 2,1 mln. (ish bilan banlarning 5%) notijorat sektorda bo‘lgan. Boshqa mamlakatlarga nisbatan Germaniyaning uchinchi sektori‖ o‘zining iqtisodiy ahamiyatiga ko‘ra o‘rtacha hisoblanadi. Unchalik katta bo‘lmagan boshqa G‘arb mamlakatlari - Niderlandiya, Irlandiya, Belgiya – bu jihat bo‘yicha 10% gacha chiqqan xolos. Sababi davlat va uchinchi sektor‖ o‘rtasida bevosita va uzluksiz hamkorlik bu mamlakatlarda Germaniya darajasida rivojlantirilmagan. Germaniyada davlat va uchinchi sektor‖ o‘rtasidagi subsidarlik tamoyilining qo‘llanilishi beg‘araz yordam bilan chegaralanadi.
Iqtisodiy jihatdan Germaniyada uchinchi sektor‖ davlat moliyaviy resurslariga bog‘liq. Beg‘araz fondlar va ularning davlat tomonidan moliyalashtirilishi uchinchi sektor‖ning davlatga bog‘liqligini oshiradi. Va bu jihat ayniqsa boshqa davlatlar bilan solishtirilganda yaqqol namoyon bo‘ladi. Katta moliyaviy yordam olishda ifodalanuvchi siyosiy partiyalar va davlatga yaqinlik uchinchi sektor‖ elementlarini fuqarolik jamiyatidan tashqarida bo‘lishiga va kvazidavlat sektoriga kirishiga olib keladi. Biroq uchinchi sektor‖ ezgu ishlar homiyligidan‖ iborat emas. Tashkilotlarda o‘tgan vaqt uchun to‘lanmaydigan pul miqdori to‘liq bandlikdagi millionlab odamlarga to‘lanadigan pulga teng bo‘lgan. Jamoatchilik asosidagi faoliyatning manbai bo‘lgan birdamlik hissi fuqarolik jamiyati mavjudligining muhim asosi hisoblanadi. Oxirgi tadqiqotlar ko‘rsatishicha, Germaniyada 14 yoshdan katta bo‘lganlarning 34% jamoatchilik asosida ( uchinchi sektor‖ tashkilotlarida - 80%) faoliyat olib borib, bunga haftasiga o‘rtacha 5 soat vaqtini sarflaydi.

Oxirgi uch o‘n yillikda Germaniyada fondlar soni tobora oshib bormoqda. Ularning faoliyati qonuniy asos bilan mustahkamlanadi. Ular orasida yangi turdagi fuqarolik yoki shahar fondlari bo‘lib, bunda tashkilotlar va alohida jismoniy shaxslar hamkorlik asosida mahalliy miqyosda u yoki bu muammoni bartaraf qilish yo‘lida birlashadi. Germaniyaning yangi erlarida ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. 1990 y. SHarqiy Germaniyada haqiqiy portlash‖ bo‘lgan, bunda 80.000 to 100.000gacha jamiyatlar tashkil topgan. Germaniyada tuzilgan tashkilotlar o‘ziga xos jihati ijtimoiy-siyosiy jihatdan markaziy sohalar – atrof-muhitni saqlash va xalqaro faoliyat jabhasidagi dinamikasi bilan bog‘liq. Uchinsi sektor‖ tashkilotlari a’zolarining tobora oshib borishi uning odamlar hayotiga kirib borganligidan dalolat beradi. Qolaversa, uchinchi sektor‖ ko‘p jihatdan jamiyatning o‘z-o‘zini tashkillashtirish va innovatsiyalarga nisbiy layoqatidan dalolat beradi. YA’ni bu faoliyatdagi yangilik asosan hukumat faollik ko‘rsatmagan sohalarda yuzaga keladi. SHu nuqtai nazardan bu hodisani ijobiy baholash mumkin. AQSHda kuzatilayotgan "Bowling alone" – ijtimoiy faollik halokati fenomeni Germaniya jamiyatiga xos emas.

Qiziqishlarni ifodalash funksiyasi bunda qanday amal qiladi? degan savolga quyidagicha javob berish mumkin. Eng yangi jarayonlar shuni ko‘rsatadiki, mavzu advokat‖lari deb nomlanuvchi atrof-muhitni saqlash va xalqaro faoliyat tashkilotlariga pulni sarflash va ularda jamoatchilik asosida ishtirok etish modaga aylanyapti. Mavzu advokatlari‖ ga o‘xshashlarning mavjudligini, uchinchi sektor‖ning davlat funksiyalariga ta’sir qilishi yoki davlatning amal qilish chegarasini ko‘rsatishga qodirmi? Germaniya misolida biz buning qarama-qarshi, ammo umuman olganda ijobiy natijalarini ko‘ramiz. Aynan yangi va o‘ziga mustahkam ishonchi bo‘lgan, davlat otalig‘idan tashqarida vujudga kelgan tashkilotlar o‘ziga xos fuqarolik jamiyatidan dalolat beradi. Uchinchi sektor‖ va siyosatning boshqa sohalarini oladigan bo‘lsak, fuqarolik jamiyati ustuvorliklari, pruss-protestant etatizm va katolik paternalizmni o‘zida mujassam etgan Germaniya an’anasiga ziddir. Mazkur etatistik-paternalistik an’ana subsidarlik konsepsiyasida o‘z ifodasini topadi. Subsidar hisoblangan va shu bilan birga markaziy va ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga munosib bo‘lgan tashkilotlar avvalo huquqiy chegaralar bilan belgilanadi, bu o‘z navbatida unchalik katta bo‘lmagan tashkilotlar imkoniyatlarini chegaralaydi. Bunda fuqarolik jamiyatining emas balki davlat va kommunalar qiziqishlari himoya qilinadi.

4. G‘arb mamlakatlarida davlat va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida hamkorlik siyosati

G‘arb mamlakatlarida hamkorlik siyosati asosida notijorat sektorining jamiyatni rivojlantirishga hissasi e’tirof etiladi undan so‘ng esa tomonlarning umumiy rejalari hamda davlat va jamoat birlashmalari tomonidan hamkorlik prinsiplarini amaliy mexanizmlardan foydalangan holda amalga oshirish bo‘yicha aniq chora tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. SHuning uchun ham bunday hamkorlik siyosati odatda ikki tomonning birgalikdagi sa’y-harakatlari va muzokaralari natijasi mustahkamlanib boriladi. Ular turli shakllarda namoyon bo‘ladi: ikki tomonlama rasmiy bitimlar masalan, Buyuk Britaniya davlati va fuqarolik jamiyati o‘rtasida tuzilgan shartnomalar, hukumat tomonidan davlat dasturlari sifatida qabul qilinadigan «de-fakto» bitimlari (Xorvatiya hamkorlik dasturi) yoki Parlament (Estoniya fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi) yoxud tomonlarning majburiyatlari ifoda etilgan bir tomonlama bayonotlar (Vengriyaning fuqarolik jamiyatiga nisbatan davlat strategiyasi) shaklida qabul qilinishi mumkin.

Buyuk Britaniya davlati va fuqarolik jamiyati o‘rtasida tuzilgan shartnomalar va bayonotlar uchinchi sektor uchun ham, davlat sektorining o‘zi uchun ham juda muhim sanaladi. CHunki ular, birinchidan, fuqarolik jamiyati tashkilotlariga o‘z faoliyatlarining jiddiy qo‘llabquvvatlanishini, demak jamiyat manfaatlari yo‘lida faoliyat sohalarini kengaytirish imkonini bersa, ikkinchidan, davlat o‘z siyosatiga fuqarolik jamiyati bilan muloqot qilish va sheriklikni qo‘shib, bunday sheriklik yordamida o‘z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishiga imkon beradi. Bunday muvaffaqiyatli hamkorlik siyosatining asosiy omili – o‘zaro manfaatlarga rioya etish kafolatlari, «boshqa tomonning maqsad va vazifalariga» hurmat va ishonchga asoslanadi. Biroq davlatning nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida muzokaralar olib borish va siyosiy hujjat qabul qilishida mashkur tashkilotlarning tashabbuskor bo‘lishi tabiiy va ehtimollik darajasi ham yuqori hisoblanadi, lekin Xorvatiya va Vengriya misollari ushbu masalada davlat hokimiyati ham manfaatdor bo‘lib, o‘zi mazkur jarayon tashabbuskori bo‘lishi va uni muvaffaqiyatli yakuniga etkazishi ham ko‘zda tutilgan.

SHu ma’noda hamkorlik to‘g‘risida siyosiy hujjat qabul qilinishining o‘zi etarli emas. SHuning uchun mazkur shartnomaning 15-moddasida uni «yakunlash emas, balki ilk nuqta» deb ataladi. SHartnoma esa «jarayon» deb nomlanadi. Bu bilan agar kelishilgan matn qabul qilishga muvaffaq bo‘linmasa ham muzokaralar jarayonidan har ikki tomon yutishiga alohida e’tibor qaratiladi. Bunday sog‘lom munosabatlar tez-tez o‘tkaziladigan uchrashuvlar, konstruktiv munozaralar, faol hamkorlik, shuningdek o‘zaro yon bosishlar va bir-birini tushunishga intilishlar asosida shakllanadi. SHunday bo‘lsa-da, notijorat sektor uchun ham, hukumat uchun qonun kuchiga ega deb hisoblangan va majburiyatlar ijrosining aniq muddatlari ko‘rsatilgan hujjatning qabul qilinishi eng maqbul variant bo‘lardi. Biroq hatto uchrashuvlar, muhokamalar, muzokaralar jarayonining o‘zi – agar uning natijasida davlat tuzilmalari bilan o‘zaro anglashuvni yaxshilash asosida bo‘lsa ham – ulardan kutilganidan ko‘proq manfaat kelishi ham mumkin.

SHu o‘rinda ta’kidlash kerakki, Buyuk Britaniyada muayyan toifaga taalluqli bo‘lgan hamkorlikning institutsional shakllaridan tashqari tasniflash oson bo‘lmagan alohida funksiyalarga ega institutsional shakllar ham mavjud. Bunday ixtisoslashtirilgan tuzilmalarga misol sifatida, Buyuk Britaniyaning Xayriya ishlari bo‘yicha komissiyasini ham keltirishimiz mumkin. Bizga ma’lumki, mazkur xayriya ishlari bo‘yicha komissiya qonun asosida Angliya va Uelsdagi xayriya tashkilotlarining muvofiqlashtiruvchi va ro‘yxatga oluvchi organi sifatida ta’sis etilgan. O‘z nabatida bunday xayriya tashkilotlari Buyuk Britaniya ijtimoiy hayotining ajralmas qismi hisoblanadi. Lekin ularga qo‘yiladigan qonuniy talablarga rioya etilishini ta’minlash uchun faoliyatlarini tartibga solish talab etiladi. Bu tashkilotlar sidqidildan va qonun doirasida ish ko‘rishi, shaxsiy manfaatni emas, balki ijtimoiy foydali maqsadlarni ko‘zlashlari, mustaqil bo‘lishlari, vasiylik kengashlarining a’zolari tashqaridan biror noqonuniy ta’sirsiz qarorlar qabul qilishlari, xayriya tashkilotlarining o‘zlari tomonidan boshqaruvdagi hamma jiddiy holatlar yoki qasddan qilinadigan huquqbuzarliklarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi talab etiladi. Komissiya o‘z faoliyatini xayriya ishlari to‘g‘risidagi qonunchilik ijro etilishini ta’minlagan, xayriya tashkilotlari samarali huquqiy, buxgalteriya va boshqaruv tizimlari doirasida yaxshiroq faoliyat ko‘rsatish imkoniyatlarini bergan holda amalga oshiradi. Bunda komissiya jamiyatda, iqtisodiyot va qonunchilikda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib boradi, samarali boshqaruvni va jamiyatga hisob berishni ta’minlashga ko‘maklashadi. U qonunchilik va amaliyot masalalari bo‘yicha axborotni tarqatadi va maslahatlashuvlar o‘tkazadi, xayriya tashkilotlarini ro‘yxatga olish jarayoniga ko‘maklashadi, qonun buzilishi holatlari bo‘yicha o‘z tekshirishlarini olib boradi, boshqa muvofiqlashtiruvchilar (prokuratura, politsiya) bilan hamkorlik qiladi, shuningdek xayriya tashkiloti mulki saqlanishi uchun uning faoliyatiga aralashishi ham mumkin. Xayriya ishlari bo‘yicha komissiya har yili Parlament va Ichki ishlar vaziriga hisob beradi, o‘zining yillik hisobotlarini e’lon qiladi. SHu bilan birga, komissiya butun jamiyat manfaatlari yo‘lida faoliyat olib boradigan mustaqil organ hisoblanadi4.

SHu o‘rinda ta’kidlash lozimki, siyosiy hujjatni muhokama qilishning markazlashtirilgan tartibi uni qabul qilishga olib kelishi shart emas, lekin ushbu jarayondagi ko‘p sonli oshkora munozaralar jamoatchilikning siyosiy qarorlar qabul qilishda ishtirok etishiga misol bo‘la oladi. Masalan, Buyuk Britaniya amaliyoti bitimlarni amalga oshirish va unga rioya etish yo‘lida ikki tomon uchun ham to‘siqlardan biri – ijtimoiy sektor tomonidan bitimlar to‘g‘risida etarlicha xabardorlikning yo‘qligi yoki tushunmovchilik mavjudligidan dalolat beradi. SHuning uchun ham hujjat matnini tayyorlashga ekspertlarni jalb etish hamda uni muhokama etish va kelishishda jamoatchilikning keng ishtirok etishini ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, G‘arbiy Evropada «sektorni anglash», ya’ni juda ko‘p notijorat va nohukumat tashkilotlarni yagona sektor sifatida (masalan, jamoatchilik yoki uchinchi sektor kabi) tasavvur etish – yangi hodisa bo‘lib, ko‘pgina mamlakatlarda hali qaror topmagan. Hamkorlik institutlari ularga ehtiyoj bo‘lgan ayrim sohalarda (odatda, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, ekologiya yoki xalqaro yordam sohalarida) rivojlangan. SHunga qaramasdan ayrim sohalarda shakllangan ba’zi prinsiplar va amaliyot umume’tirof etilish darajasigacha ko‘tarilgan hamda butun nodavlat notijorat tashkilotlari sektoriga va umuman hatto fuqarolik jamiyatiga tarqalgan. Ana shunday universal prinsiplarga, masalan subsidiarlik prinsipi, axborotdan foydalanish va manfaatdor guruhlar bilan maslahatlashuv (ijtimoiy muloqot) kiradi.

Fransiya va Germaniyada joylarda ijtimoiy sheriklik loyihalarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, amalga oshirish va moliyalashtirish uchun mas’uliyatning katta qismi hududiy, okrug va munitsipal ta’lim (o‘zini o‘zi boshqarish organlari) zimmasiga yuklatilgan. Biroq, Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, AQSH va qator boshqa rivojlangan mamlakatlarda davlat organlarining OAV bilan o‘zaro hamkorligi alohida bazaviy qonunlarda tartibga solinmagan. SHu nuqtai-nazardan qaraganda, aksariyat Evropa mamlakatlaridagi ijtimoiy sheriklik instituti ijtimoiy-mehnat sohasida iqtisodiy manfaatlar kelishuvi va ijtimoiymehnat nizolarni tartibga solish bo‘yicha davlatning vositachilik roli bilan ishga yollanuvchi va ish beruvchi o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlar tizimi sifatida shakllangan5.

XX asr oxiri – XXI asr boshida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida Evropaning qator mamlakatlari nohukumat sektori bilan hamkorlikka oid yagona davlat siyosatini ishlab chiqish bo‘yicha tegishli choratadbirlarni amalga oshirdi. Bu esa davlat va nohukumat sektorining ijtimoiy, ijtimoiy-iqtisodiy, gumanitar rivojlanishga oid dolzarb masalalarni hal etishdagi sa’y-harakatlari va resurslarini birlashtirishga keng imkoniyat yaratib berdi. Oqibatda esa fuqarolarning siyosiy hayotdagi ishtirokini faollashtirish, davlatni aholiga ayrim xizmatlarni ko‘rsatish yukidan qisman ozod qila oladigan hamkorlikning mexanizmlarini yaratishga erishildi. Evropada davlat institutlarining NNTlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning muhimligi bir qator xalqaro hujjatlarda o‘z ifodasini topgan. Masalan, BMTning 1968 yildagi Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi rezolyusiyasi (1297), «Evropada davlat boshqaruvi masalalari bo‘yicha oq kitob» (25 iyul, 2001 yil), «Evropada nohukumat tashkilotlar mavqeining asosiy prinsiplari» (16 aprel, 2003 yil) va boshqa shu kabi halqaro xujjatlarda NNTlarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishdagi roliga alohida ahamiyat qaratiladi, muloqot va maslahatlashuv orqali o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yilishi hamda muayyan davlat ko‘magi shakllarini taqdim etish mexanizmlarini joriy etilishiga alohida e’tibor qaratiladi.

Rivojlangan G‘arb davlatlarida faoliyat olib borayotgan fuqarolik jamiyati institutlari zamonaviy fuqarolik jamiyati modelini yaratish, uning davlat boshqaruvidagi samarali ishtirokini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratmoqda. Bunday zamonaviy model asosida jamiyat va davlat boshqaruvida fuqarolik institutlarining o‘rni hamda ahamiyatini mustahkamlash, jamoatchilik tuzilmalari va davlat organlarining ijtimoiy sheriklik asosidagi hamkorligini yanada rivojlantirish mumkin. SHu bilan birga, davlatning nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorligi ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga hamda fuqarolik jabhasida yuz berayotgan jarayonlarning chuqur tizimli tahlil qilib borishga keng imkon beradi. Masalan, Fransiyada davlat nohukumat tashkilotlarini hukumat siyosatini shakllantirishga faol jalb qiladi, vazirlik va idoralar huzurida tashkil etilgan kengashlar faoliyatning boshqa shakl va usullari orqali fuqarolik institutlari bilan hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yadi. SHuning bilan bir qatorda Fransiyada fuqarolik jamiyati institutlari taraqqiyotini monitoring qilish usullarini muntazam ravishda yangilab borilishi, jamoat birlashmalarining mamlakat hayotida tobora ortib borayotgan o‘rni masalalarini o‘rganish hamda ularning davlat boshqaruvi organlari bilan hamkorligini tahlil qilish uchun qulay imkoniyatni yaratib bermoqda. Bunda Evropada istiqbolni belgilash va xavfsizlik instituti hamda Fransiya va Evropa Ittifoqining fuqarolik jamiyati taraqqiyoti masalalari bilan shug‘ullanuvchi boshqa tahliliy markazlarining samarali faoliyati e’tiborga molikdir6.

AQSHda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi dolzarb masalalarni echishda davlat organlari va NNTlarning o‘zaro hamkorlik faoliyatini takomillashtirish shakl-tamoyillari va yo‘nalishlariga jiddiy e’tibor qaratiladi. SHu bilan birga bu mamlakatda davlat hokimiyati organlari faoliyati, ular tomonidan qonunchilik aktlarining bajarilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borish mexanizmi va tajribasi ham o‘ziga xos ravishda takomillashtirilgan7. SHuningdek, AQSHdagi davlat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro ijtimoiy hamkorligi tashkiliy-huquqiy mexanizmlarining takomillashuvi davlat rivojlanishining dolzarb masalalari echimidanafaqat aholining ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshiradi, balki davlat organlari uchun umumdavlat miqyosidagi dolzarb masalalarni echish imkoniyatlariga sharoit yaratadi. Bunday jiddiy strategik masalalarni ishlab chiqishda Xalqaro munosabatlar Milliy demokratik instituti, Djon Xopkins Universiteti qoshidagi fuqarolik jamiyatini o‘rganish Markazi, Notijorat huquqlar Xalqaro markazi va boshqa shu kabi ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda nodavlat tashkilotlarining o‘rni katta hisoblanadi. AQSHda hukumat faoliyati ustidan parlament nazoratini kuchaytirish tizimi ancha rivojlangan.



5.Rivojlangan SHarq mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy hayotini modernizatsiyalashda fuqarolik jamiyati instutlarining o‘rni

YAponiyada fuqarolik jamiyatini aniq belgilarini namoyon etuvchi qarashlar asosan XIX asrning oxirlaridan boshlab ilgari surilgan. YAponiyada fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati asosan 1960 yildan boshlab rivojlangan bo‘lsada aynan 2006 yildan boshlab rivojlangan G‘arb davlatlaridan farq qiladigan o‘ziga xos fuqarolik jamiyati modelini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.

YAponiyada rivojlantirilayotgan fuqarolik jamiyati ongli va mas’uliyatli faoliyat yuritish‖ tamoyiliga asoslangan. SHuningdek, davlatiqtisod (bozor)-fuqarolik jamiyati‖ modeli ustuvor ahamiyat kasb etadi. YAponiyada joylardagi davlat hokimiyati organlari NNTlar orasida ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal etishga qaratilgan turli dastur va loyihalarni e’lon qilishni ko‘zda tutuvchi tanlovlarni o‘tkazish huquqiga ega.

Hozirgi davrda YAponiyada fuqarolik jamiyati institutlari asosan quyidagi vazifalarni bajaradi:

Ijtimoiy sarmoyalarni shakllantirish va ko‘paytirish;

Aholiga nisbatan qo‘llanilayotgan ijtimoiy xizmatlarni kengaytirishni qo‘llab quvvatlash;

Jamiyatdagi turli maqsadli faoliyat bilan shug‘ullanayotgan muayyan guruhlarni qo‘llab quvvatlash va mehnat uyushmalari faoliyatini kengaytirish;

YAponiyada hududiy assotsiatsiyalar faoliyatini kuchaytirish va ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga erishish;

YAponiyada mavjud siyosiy tizim va partiyalar faoliyatini takomillashtirish;

Davlat va bozor munosabatlaridan mustaqil bo‘lgan iste’molchilar jamiyatini rivojlantirishga erishish;

Atrof-muhitni muxofaza qilish, axoli salomatligini yaxshilash va mavjud demografik muammolarni oqilona hal etish;

Global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz va ekologik muammolarni tadqiq etuvchi muassasalar faoliyatini takomillashtirish va h.k.

YAponiyadan farqli ravishda Xitoyda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning retrospektiv xususiyatlari va siyosiy islohotlar tadriji bu hududa yashovchi insonlarni fuqarolik madaniyatini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Bu erda eng muhim narsa shuki Xitoyda fuqarolik jamiyati tizimida "bozor" va "ijtimoiy" sohani o‘zaro aloqadorlikda bosqichma-bosqich rivojlanishi alohida ahamiyat kasb etadi. Xitoyda davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish asosan 1949 yildan boshlab asosiy bosqichni bosib o‘tgan bo‘lsada, avvalo fuqarolik jamiyati institutlarining dastlabki tuzilmalari faoliyati asosida Xitoy ma’muriy tizimini mustahkamlashga e’tibor qaratilgan. 1989 yildan boshlab Xitoyda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati keng miqyosda tashkil etilgan.

Xitoyda fuqarolik jamiyatining rivojlanishida bir qancha to‘siqlar mavjud, ulardan biri – xitoy madaniyatida fuqarolik jamiyati an’analarining oldin mavjud bo‘lmaganligi. Buning echimi, kaliti Xitoy xalq jamiyati‖ni fuqarolik‖ jamiyatiga – xalq‖ni fuqaro‖ga almashtirish kerak. Xitoyning siyosiy jihatdan rivojlanishi fuqarolarda fuqaroviy ong va fuqarolik madaniyatini tarbiyalash, siyosiy tizimni isloh qilish va demokratiyani rivojlantirish bilan xarakterlanadi. Xitoy sotsiologlarining fuqarolik jamiyati tushunchasiga munosabati ham o‘ziga xosdir. CHunki bu mamlakatda fuqarolik jamiyati nodavlat va davlatdan tashqari tashkilotlar sifatida jamoaviy o‘z-o‘zini boshqarish asosni tashkil qiladi. Ularning fikricha, fuqarolik jamiyati – asta-sekin qudratli davlatning bozor va ijtimoiy munosabatlar sohasidan chetlashtirilishi, fuqarolik jamiyatining muhim komponentlaridan biri fuqaroviy-ijtimoiy tashkilotlar kabi shakllarinishi va rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Xitoyda fuqarolik jamiyati shakllanishi tarixi – buyuk va qudratli davlatning iqtisod va ijtimoiy munosabatlar sohasidan chetlashishi, fuqarolik jamiyatining yana bir muhim komponenti, fuqaroviy-ijtimoiy tashkilotlarning paydo bo‘lishi va rivoji bilan bog‘liq. SHu sababli, bugungi xitoy olimlari Xitoyda siyosat va ma’muriy boshqaruvda yangi tendensiyalarni shahar va qishloq joylariga tadbiq qilish orqali fuqarolik jamiyatini rivojlantirish mumkinligini alohida ta’kidlab o‘tmoqdalar8.

Xitoyda mavjud bo‘lgan barcha shahar va mikrorayonlarni jamoat tashkilotlari sayi harakatlari bilan rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. SHuning uchun ham bu tashkilotlarning demokratik o‘z-o‘zini boshqarish asoslarining yaratishdagi o‘rni beqiyos hisoblanadi. Oxirigi o‘n yilliklarda Xitoy siyosiy boshqaruvida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Xususiy sektor va nodavlat tashkilotlarning xitoyliklar hayotida tobora ahamiyati oshib borayotganligi sababli davlat siyosiy boshqaruv sohasida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Xususan, partiya va hukumat rahbarlarining demokratik asosda saylanishi tartibi XXR hududlarida samarali davlat boshqaruvini amalga oshirishga ko‘maklashmoqda. O‘z navbatida Xitoy davlati boshqaruvida qayta aloqa tamoyilini amalga oshirishga harakat qilinmoqda. Bunda alohida e’tibor har nima bo‘lgan ham davlatning umumiy siyosiy barqarorligiga erishishga qaratilmoqda2.

Uzoq SHarqda konfutsichilik ana’analarini saqlab qolgan va milliy qadariyatlar tizimiga qat’iy amal qiladigan davlat Janubiy Koreya hisoblanadi. Bu davlatda fuqarolik jamiyati jamoaviylik tamoyiliga asoslangan holda rivojlantirib borilmoqda. Fuqarolik jamiyati institutlari ijtimoiy-siyosiy barqaorlikni ta’minlashga xizmat qilishi bilan bir qatorda davlat va jamiyat munosabatlarini modernizatsiya qilishda muhim o‘rinni egallaydi. Janubiy Koreyada fuqarolik jamiyatini rivojlantirish maqsadida liberal demokratik tamoyillarni ana’naviy jamiyat boshqaruvi me’yorlari bilan uyg‘un holda tadbiq qilishga alohida e’tibor qaratilgan. SHuning bilan bir qatorda bu mamlakatda rivojlanayotgan fuqarolik jamiyati instutlari xukumat-fuqaro-huquq‖ modelidan kelib chiqqan holda faoliyat yuritadi.

Insoniyat tarixida katta hududlarni egallagan rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorda kichik davlatlar ham mavjud. Singapur aynan shunday shahar-davlat hisoblanadi. Singapur qishloq xo‘jaligi yoki biror tabiiy resurslariga ega emas, ammo suvni ham import qilishga majbur bo‘lgan Singapur o‘z mahsulotlarini Rossiyadan uch barobar ko‘p miqdorda eksport qiladi. Siyosatshunos N. Gardele bu haqida shunday yozadi: «Ehtimol butun er yuzida Singapurchalik tartiblilik, yuqori texnologiyalar, boy o‘rtacha sinf, madaniyat va tolerantlik bilan XXI asrga qadam qo‘yishga tayyor shahar-davlat bo‘lmasa kerak. Hali 1965 yilda ham Singapur iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan CHili, Argentina va Meksika bilan bir darajada turgan edi, endilikda esa bu mamlakatda ishlab chiqarishi aholi jon boshiga yuqoridagi mamlakatlardan 5 barobar ko‘p. Ichki yalpi mahsuloti — 136 milyard dolllarni tashkil etadi. Daromadi bo‘yicha aholi jon boshiga 45 ming dollardan ziyodni tashkil qilayotgan bu mamlakat jahonda etakchilik qilmoqda. Xalqaro ilmiy tadqiqot markazlari tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlar natijasida Singapurda korrupsiya va jinoyatchilik ko‘rsatkichi jahonda eng quyi darajada ekanligi aniqlangan. Singapur respublikasi – qirq yillik milliy suverenitetidan keyin rivojlanayotgan emas, rivojlangan mamlakat‖ maqomini olgan JanubiySHarqiy Osiyodagi yagona mamlakatlardan biri hisoblanadi9.

Hozirgi davrda Singapur – yuqori farovonlikdagi hayot tarziga ega yirik ishlab chiqarish markazidir. Bu erda siyosiy jarayon uch ketma-ket bosqich bo‘yicha rivojlanib borgan. Birinchi bosqichda avtoritar rejim joriy etilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda esa iqtisodiy rivojlanishga urg‘u berilgan, shuningdek jiddiy siyosiy masalalar ayni shu bosqichda hal etilgan. Uchinchi bosqichda 14 – ishlab chiqarish modernizatsiyasi amalga oshirilgan va siyosiy tizim yanada takomillashtirilgan.

Siyosiy jarayoning asosiy ishtirokchisi sifatida davlat, fuqarolik jamiyati, siyosiy partiya va jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligi bu davlatda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Singapur davlatida ijro hokimiyati qonun chiqaruvchi hokimiyat ustidan nazorat o‘rnatgan. CHunki aynan davlat vazirliklar orqali muhim strategik qarorlarni qabul qilish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy sohalar ustidan nazoratni amalga oshirish va monopoliya huquqlaridan foydalanadi. Hukumat va jamiyat bilan vositachi sifatida aynan siyosiy partiyalar faoliyat olib boradi. Singapurda Evropa namunasi asosida ko‘p partiyaviylik va xalq harakati ustunlik qiladi. Singapurda barcha partiyalar konstitutsion-huquqiy rasmiylashtirilgan va qonuniy maqomga ega bo‘lib siyosiy jarayon va demokratiyaning ajralmas atributi hisoblanadi10.

Singapur davlatining keyingi rivoji jamiyatni demokratlashtirish bilan bog‘liq. Oxirgi yillarda bu erda demokratiyani takomillashtirish davlat strategiyasi aniqlab olindi. Bular quyidagi islohotlarni amalga oshirishda o‘ziga xos o‘rinni egallaydi:

jamiyatning ijtimoiy yaxlitligini mustahkamlash;

yagona singapur millatini shakllantirish;

iqtisodiy taraqqiyot, ta’lim tizimini modernizatsiyalash; - korrupsiya bilan kurash.

Mazkur yo‘nalishlar demokratik jamiyat qurishning asosiy sharti hisoblanadi. Davlat bilan birga siyosiy tuzilma tashqarisida shakllanuvchi fuqarolik jamiyati bu davlatda katta o‘rin tutadi. Singapur hukumati demokratik, biroq o‘ta markazlashgan va qat’iy boshqariluvchi davlat doirasida xalq mandatini saylovlar orqali qo‘lga kiritib borgan. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot esa demokratik qadriyatlarning shakllanishiga asos bo‘lgan, hukumat tepasiga yangi siyosiy etakchilar avlodining kelishi bu davlatda o‘ziga xos fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga sharoit yaratib berishi mumkin11.

Singapurda samarador davlat boshqaruvi va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda quyidagi islohotlarga alohida e’tibor qaratilgan: Birinchidan, hukmron partiya hanuz yirik siyosiy partiyaligicha qolmoqda. CHunki u turli sohalarda davlat boshqaruvidagi noyob tajribasiga ega. Ikkinchidan, iqtisodida bozor tamoyillar amal qiladi, biroq davlat asosiy xalq xo‘jaligi tarmoqlarini boshqaradi va nazorat qiladi. Uchinchidan, boshqaruv organlarining, davlat muassasalariga eng munosib kadrlarni to‘g‘ri tanlashi va taqsimlashi samarali natijalarni bermoqda. To‘rtinchidan, puxta o‘ylangan ta’lim tizimi ijtimoiy mobillikning muhim omili sifatida xizmat qilib qabul qilinan qarorlarning yuqori professionallik darajasini ta’minlangan. Beshinchidan, milliylik masalasining hal etilgan va etnik diskriminatsiya yo‘q, etnik teng huquqlilik jamiyat barqarorligining muhim sharti sifatida qaror topgan. Oltinchidan, ma’naviy-axloqiy asos sifatida, mamlakat siyosatiga o‘z ta’sirini o‘tkazuvchi – insoniy munosabat, muomala, tartib-intizom va o‘zarokelishuvga katta e’tibor qaratilgan. Ettinchidan, Singapurning iqtisodiy rivoji va boshqa ijtimoiy muammolarning hal etilishi omma siyosiy hayotini faolashtirgan va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish, zamonaviy parlamentarizmni rivojlanishiga asos bo‘lgan. Siyosiy barqarorlik o‘z navbatida samarali iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan12.

Davlat iqtisodiyot sohalarini keng miqyosda qamrab olgan bo‘lsada bu mamlakat jahon hamjamiyatidan uzib qo‘yilmagan. U boshqa mamlakatlar va umuman xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Bu mamlakat mana bir necha o‘n yillardan beri o‘z yo‘lidan borish va bu yo‘ldan qaytmaslik tamoyiliga qattiq amal qiladi. Bu yo‘lning mazmunmohiyati – jamiyatning konkret-tarixiy sharoitini, milliy, diniy, madaniy xususiyatlarini hisobga olish; iqtisodiy taraqqiyotga an’anaviy axloqiy va madaniy qadriyatlar bilan uyg‘unlikda erishishdan iborat.

Singapur ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, yaqin orada uningijtimoiy-siyosiy hayotida biror bir jiddiy o‘zgarish yuz berishi amri mahol. CHunki hukumat tuzilmalaridagi o‘zgarishlar asta-sekin, shakllanib bo‘lgan va bunday o‘zgarishlar siyosiy tizimga dahl qilmagan holda amalga oshirilgan. Hukumat rahbarlarining hukumat tuzilmalaridagi o‘zgarishlarni ko‘pchilik aholining hurmat va e’tirofiga sazovor bo‘lgan an’anaviy siyosiy institularni saqlab qolish bilan birgalikda amalga oshirishi, mavjud hukumat faoliyatiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlanishiga sabab bo‘lmoqda.

Xulosa.

Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, muhtaram Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda:


“Biz …keng ko`lamli siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar yo`lini og`ishmasdan, qat;iy va izchil davom ettiramiz.

Bu yo`l – erkin, demokratik, insonparvar davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, Vatanimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish va yanada ravnaq toptirishning mustahkam zaminidir” [1]


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Sh.M.Mirziyoyev, Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O`zbekiston”, 2016.

2. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublika Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma majlisida so‘zlagan nutqi. «Xalq so‘zi» 2005. 29 yanvar.

3. Abu Nasr Forobiy, Fozil odamlar shahri. Toshkent, A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993.

4. Abduxalilov A.A. Mexanizmы prinyatiya optimalnыx upravlencheskix resheniy v protsesse gosudarstvennogo upravleniya// Falsafa va xuquq № 1 2015.

5. Azizxo‘jaev A.A. Demokratiya — xalq hokimiyati demakdir. — T.: 1996.

6. Alimardonov T.T., Erkinlik ruhi. –T.: Nishon-Noshir , 2015.

7. Begmatov A.S.Ijtimoiy sheriklik-ijtimoiy munosabatalarning yangi shakli. Toshkent, 2015

8. Boboev X., 3. G‘ofurov, 3. Islomov. «Milliy istiqlol mafkurasi va taraqqiyot». –T.: YAngi asr avlodi, 2001.

9. Q Mаvlоnоv J. Гражданское обшество: от контсепта к контсепциям и парадигмам (социальнофилософский анализ): mоnоgrаfiya / J.Mаvlоnоv. – Tаshкеnt: Istiqlоl nuri, 2014. – 224 s.

10. Qаrаng: Li Кuаn YU. Singаpursкаya istоriya: iz trеtьеgо mirа v pеrviy. M.: 2005.

11. B. Desker and M. N. M. Osman. S Rajaratnam on Singapore: from ideas to reality. — Singapore: World Scientific Publishing, 2006.



11 Каримов И.А. Ўзбекистоннинг сиёсий-ижтимоий ва иқтисодий истиқболларининг асосий тамойиллари.-Т.:»Ўзбекистон», 1995, 14-бет.

22 Каримов И.А. Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда: хавфсизликка тащдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари-Т.: «Ўзбекистон», 1997, 173-бет.

11 Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари.-Т.: «Ўзбекистон», 1998, 115-бет.

11 +аранг: Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари-Т: «Ўзбекистон» 1998, 397-бет.

1[31] Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари-Т. «Ўзбекистон», 1998, 399-бет.

11 Каримов И.А, Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка тащдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари.-Т., 1997.-174-б.

Download 116.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling