Men anglagan hayot


Download 16.35 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi16.35 Kb.
#1122360
Bog'liq
Abdullayeva Nargiza


Abdullayeva Nargiza
Men anglagan hayot
Men oddiygina ishchi oilasida tug’ilganman. Men juda yoshligimdan qo’l yetmas orzular osmonini niyat qildim. Holbuki, atrofimdagi muhit achinarli bo’lmasada, men orzu qilgan niyatlarga erishish juda qiyin edi.
Shunga qaramay, jonimni jabborga berib, astoydil o’qish, mehnat qilish, ota-onamga yordam berishga harakat qilardim. To’g’ri oilada yolg’iz farzand bo’lmasamda, orzularga erishish uchun harakatda edik. Oddiy qilib aytganda, quyosh chiqishini shod-u hurramlik ila kutib olganim kabi tepamda yarqirab, jilolanib turgan gulgun hayot ichida ham osudalik, ham asilzodalarga monand salobat va marhamat mavjud ekanligiga shaksiz ishondim, garchi bu tushunchalar oddiy hayotim uchun nomunosib ko’rinsada, biroq ular tiriklik mazmuniga ishongandim, eng muhimi bu hayotda odamni yashagisi kelardi. Chunki hayot go’zal va chiroyli edi. Har bir kunning o’ziga yarasha zavqi bo’lib, yanada orzular qilging, har bir orzuga yetishish maqsadida hayotga intilib yashaging keladi.
Men anglagan hayot, mehnatsevarlik, qahramonlik, fidoyilik bilan bir qatorda sadoqat va muhabbat tuyg’ulari ham tarannum etadi. Inson yashash uchun, yaxshi yashashi uchun kurashish kerakligi va bu har bir odamning bosh maqsadi.
Barcha qatori chaqoloqligim, bog’chadagi vaqtlarim, maktab va kollejdagi davrim o’tdi. Oliy o’quv yurtiga imtihon topshirdim ammo o’qishga kira olmadim. Men o’rta maxsus kollejni tamomlab, o’z yo’nalishim bo’yicha ish faoliyatimni boshladim. Oyligim uncha ko’p bo’lmasda oila budjetiga foydam tega boshladi. Men bundan juda hursand edim, chunk iota-onamni duosini olish juda zavqli edi. Shu tariqa hayotim davom etdi. Yillar o’tib oila qurish vaqti keldi, ularga esa alohida e’tibor berish, qiziqishlari va boshqalar. Shu tariqa mening yoshligim farzandlarimda aks eta boshladi.
Albatta, hammamiz bu hayotni vaqt-soatimiz yetgan paytda tark etamiz. Berilgan ne’matlarning barchasidan unimli foydalandim deb o’ylayman. O’sha vaqtda hayotga nima sabadan keldim-u vaqtimni nimalarga sarfladim, hammasini shundagina anglab yetaman. Anglab yetganimda esa juda kech bo’ladi.
Menga yaratgan yana bir ne’mat berdi, hayotga nima sababdan kelganimni angladim. Men buni qo’llarim bilan ushlab olganman, uni hech qachon qo’yib yubormayman.
Yaratgandan cheksiz minnatdorman, Chunki Alloh nasib etsa, umrimning qolgan ikki qismini o’zligimni anglagan holda yashab o’taman.
Download 16.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling