Men Boltayeva Zilola Oqdaryo tumanidagi 47-umumiy o‘rta ta’lim maktabida pedagogik amaliyot bo‘yicha oktabr oyini fan oyligi uchun hujjatlar tayyorlash bilan boshladim
Download 9.97 Kb.
|
Namuna, Hisobot
Sharof Rashidov nomidagi SamDU filologiya fakulteti 4-kurs 02-guruh talabasi Boltayeva Zilolaning Oqdaryo tumanidagi 47-umumiy o‘rta ta’lim maktabida pedagogik amaliyot bo‘yicha bajargan ishlarining oktabr oyi HISOBOTI Men Boltayeva Zilola Oqdaryo tumanidagi 47-umumiy o‘rta ta’lim maktabida pedagogik amaliyot bo‘yicha oktabr oyini fan oyligi uchun hujjatlar tayyorlash bilan boshladim. Aynan oktabr ona tili va adabiyot fan oyligi bo'lgani uchun ushbu oy davomida ko'plab ochiq darslar, kitob taqdimotlari, ko'plab tanlovlar tashkillashtirildi. Fan oyligi uchun kirish testlari olindi. 3-oktabr kuni 11-sinf o‘quvchilari bilan "Alp Er To‘nga" marsiyasi. "Devon" dagi maqollar xalq donaligining ifodasi sifatida mavzusi bilan tanishdik. Men dars davomida o‘quvchilarga "Devon"da keltirilgan maqollarning hozirgi kundagi muqobilini topishni va tilimiz taraqqiyotida o'zgarishga uchragan so'zlarni aniqlashni vazifa sifatida berdim. 18-oktabr kuni ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Durdona Ismatovaning 9-"B" sinfiga "Doston qahramonlaridagi ma'naviy sifatlar" mavzusida o‘tilgan darsini tahliliga kirdim. Darsda o‘qituvchi taqdimot orqali o‘quvchilarni yangi mavzu bilan tanishtirdi. Doston qahramonlarining nomlari takrorlanib ularga xos bo'lgan ma'naviy sifatlar sanaldi. 21-oktabr kuni esa maktabimizning faol o‘quvchilari tomonidan "Ona tilim- sen millatning ruhisan " deb nomlangan tadbir tashkillashtirildi. Tadbirda 10- "A" sinfi, 6- 7- "A" sinf o‘quvchilari faol ishtirok etishdi. 9-"B" sinfiga ona tili fanidan "Sodda va qo‘shma gaplar" mavzusida ochiq dars o'tdim. Vaqtni to'g'ri taqsimlab, reja asosida ishladim. Dars shiorini, kun hikmatini sinf doskasiga yozib qo'ydim, o'tgan darsni takrorlab olish uchun tarqatma "Rangli savollar" dan foydalandim. Yangi mavzu bayoni bilan o‘quvchilarni tanishtirdim. Darslikdagi mashqlar asosida , qiziqarli "Meni top" metodidan ham foydalanib, darsni mustahkamladik. 22-oktabr kuni ingliz tili fani o‘qituvchisi Xolida O‘roqovaning 7-"A" sinfiga "Musical instruments" mavzusida o‘tilgan darsini tahliliga kirdim. Darsda juda qiziqarli metodlardan foydalandi. "Bingo", " Learn, learn, learn" , "Dance", shular jumlasidan. Fan oyligi uchun chiqish testlari, chorak yakuni uchun nazorat ishlari olindi. Fan oyligi doirasida faol ishtirok etgan, o‘quvchilar "Maqtov yorliq" va sovg'alar bilan taqdirlanishdi. Amaliyotchi talaba _________ Z.Boltayeva Download 9.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling