Men Jumaboyev Samandar Umar o‘g‘li 2004-yil 25-sentabrda Toshkent viloyati Parkent tumanida tug‘ilganman. Hozirda Respublika Olimpiya zahiralari kolleji 11-sinf o’quvchisiman


Download 17.66 Kb.
Sana13.01.2023
Hajmi17.66 Kb.
#1090400
Bog'liq
Tarjimayi hol


Tarjimai hol
Men Jumaboyev Samandar Umar o‘g‘li 2004-yil 25-sentabrda Toshkent viloyati Parkent tumanida tug‘ilganman. Hozirda Respublika Olimpiya zahiralari kolleji 11-sinf o’quvchisiman. Otam Maxamatov Umar Jumaboyevich 1976-yil 26-iyulda Toshkent viloyati Parkent tumanida tug‘ilgan. Hozirgi kunda Davlat xavfsizlik xizmati xodimi. Onam Maxamatova Kamola To‘raboyevna 1980-yil 9-aprelda Toshkent viloyati Parkent tumanida tug‘ilgan. Hozirgi kunda Parkent tumani ko‘p tarmoqli tuman poliknikasi hamshirasi. Akam Jumaboyev Akbar Umar o‘g‘li 2000-yil 22-dekabrda Toshkent viloyati Parkent tumanida tug‘ilgan. Hozirgi kunda Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti 4-kurs talabasi. Singlim Jumaboyeva Mubina Umar qizi 2013-yil 3-avgustda Toshkent viloyati Parkent tumanida tug‘ilgan. Hozirda Parkent tumani 43-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 3-sinf o‘quvchisi. Oila a’zolarim orasida sudlanganlar yo‘q.
Men Jumaboyev Samandar Umar o‘g‘li 2011-yilda Toshkent viloyati Parkent tumani 43-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-sinfiga qabul qilindim. Ushbu ta’lim muassasasida 2017-yilgacha ta’lim oldim, shu yili Chilonzor tumanida joylashgan Respublika Olimpiya zahiralari kollejining 7-sinfi “Belbog‘li kurash” bo‘limiga qabul qilindim. 2019-yil ta’lim muassasining “Erkin kurash” bo‘limiga o‘tdim. Hozirgi kunda ushbu yo‘nalish bo‘yicha kollejning 11-sinfida tahsil oldim. Maktabda fanlardan tarix, ingliz tili va ona tili fanlarini o‘qishni yaxshi ko‘rgaman. Maktabdagi baholarim yaxshi bo‘lgan, maktabni 2022-yil 25-mayda bitirdim. Sport turlaridan belbog‘li kurash va erkin kurash bilan 2014-yildan beri muntazam shug‘ullanib kelaman. Belbog‘li kurashdan murabbiylarim Abdurahmonov Dilmurod va Maxamatov Usmonlar hisoblanadi. Erkin kurashda Xo’jamurodov Asror murabbiyligida shug‘ullanganman. O‘tgan davr mobaynida Respublika miqyosidagi ko‘plab musobaqalarda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritganman, shu jumladan, 2020-yil 28-oktyabr o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan Toshkent shahri ochiq birinchiligida 65kg vazn toifasida 3-o‘rin, 2021-yil 17-18-iyunda “Belbog’li kurash” bo‘yicha Namangan shahrida o‘tkazilgan Respublika birinchiligida 3-o‘rin, 2021-yil 11-13-iyun kunlari Urganch shahrida yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida “Erkin kurash” bo‘yicha o‘tkazilgan Xorazm viloyati ochiq chempionatida 3-o‘rin, 2022-yil mart oyida Samarqand shahrida o’tkazilgan O’zbekiston chempionatida 2-o’rin sohibi bo‘ldim. Hozirda oliy o’quv yurtiga kirish uchun ingliz tili, tarix fanlaridan tayyorlanmoqdaman. Kelajakda Davlat xavsizlik xizmati xodimi sifatida o‘z faoliyatimni davom ettirmoqchiman.

Sana 04.11.2021 Jumaboyev S.U
Download 17.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling