Men keldimu,dunyo ko`rdimi foyda? Ketsam martabasi osharmi?Qayda!


Download 3.7 Mb.
bet36/37
Sana24.08.2023
Hajmi3.7 Mb.
#1669703
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
5-sinf matematika fanidan metodik qo\'llanma

72) Birinchisi 36 ga teng bo’lgan va har bir keyingisi avvalgisidan 22 ga ortib boradiganoltita sonning yig’indisini toping .


73) 1112223 va 4448889 sonlarini uchta teng qo’shiluvchilar yig’indisi shaklida yozing.


74) 1 dan 10 gacha bo’lgan natural sonlar yig’indisini hisoblashni qulay usulini toping . Topgan usulingizni 1 da 100 gacha bo’lgan sonlar yig’indisini topishga qo’llang.


75) Xonada xar bir devor bo’ylab 3 tadan stul qo’yib chiqish kerak. Stullar soni 8 ta . Bu ishni qanday bajarish mumkin.


76) Ko’p qavatli uyning uchinchi qavatiga ko’tarilish uchun 48 ta zinapoya bosish kerak. Shu uyning 9-qavatiga ko’tarilish uchun qancha zinapoya bosish kerak.


77) Milliondan qanday sonni ayirib , 777777 ga qo’shganda yana million hosil bo’ladi.

78) Omborga birinchi kuni 736 t va qolgan ikki kunning har birida birinchi kundagidan 98 t ortiq karto’shka keltirildi. Omborga uch kunda qancha karto’shka keltirilgan?


79) Po’lat, temir va karbo’n qorishmasidan iborat . Po’latning og’irligi 19838 kg va undagi karbon 534 kg 600 gr bo’lsa , qotishmada qancha temir bor?


80) 19 sonini ikki son ayirmasi shaklida yozing. Bunday ayirmadan bir nechtasini yozing?


81) 6 ta qalam , 5 ta daftar uchun 98 som to’ladi. 5 ta qalamning bahosi 4 ta daftar bahosiga teng. 1 ta qalam va 1 ta daftarning narxini toping.


82) Ishchilar guruhidagi har bir kishiga topshiriqni bajarganliklari uchun bir xil miqdorda -2500 so’mdan pul berdi. Agar guruhda 3 kishi kam bo’lganda edi, har bir kishi 4000 so’mdan pul olar edi. Guruhda necha kishi bo’lgan?


83) 136080 soni uchta sonning ko’paytmasiga teng.Bu sonlardan biri 105,ikkinchisi esa 18. Uchinchi sonni toping.


84) 3 l va 5 l sig’imli 2 ta idish bor. Shu idishlar yordamida qanday qilib hovuzdan 4 l suv olish mumkin.


85) Uchta sonning yig’indisi 293885 ga teng. Birinchi son 235678 ga teng bo’lib,u ikkinchi sondan 186172 ga ortiq . Uchala son yig’indisini toping.


86) Agar o’ylangan sondan 3125 ni ayirib,ayirmaga 2120 qo’shilsa , 8123 hosil bo’ladi . O’ylangan sonni toping.


87) Usta 1 soatda 12 ta , shogird esa bir soatda 8 ta quyma tayyorlaydi. Usta avval o’zi 2 soat ishladi,keyin shogirdi bilan 3 soat ishladi. Ular shu vaqt ichida qancha quyma tayyorladilar.


88) O’quvchi bir son o’yladi. Uni 9 ga ko’paytirdi.Ko’paytmaga 40 ni qo’shib , 76 ni hosil qildi. O’quvchi o’ylagan sonni toping.


89) Fermada 12 ta sigir sog’uvchi ishlaydi. Ularni har birining qarmog’ida 32 tadan sigir bor . Har bir sigir bir kunda 16 litrdan sut beradi. Ferma bir kunda necha litr sut topshiradi.


90) Ketma ket kelgan to’rtta natural sonning ko’paytmasi 3024 ga teng bo’lsa , shu sonlarni toping.


91) Bitta kesmaning uzunligi 45 mm,ikkinchisiniki esa undan 3 marta ortiq . Kesmalar uzunliklari yig’indisini toping.


92) 12 ta mashina bilan birinchi kuni 60 t, keying 3 kunda 72 t dan yuk tashildi. Har bir mashina bilan hammasi bo’lb necha tonnadan yuk tashilgan?


93) Uchta maydonning yuzi 3620 . Birinchisining yuzi ikkinchisinikidan 120 ortiq,ikkinchisining yuzi esa uchinchisinikidan 3 marta ortiq. Har bir maydonning yuzini toping.


94) Uchta sonning ko’paytmasi 564480 ga teng.Birinchi son 192 ga teng bo’lib, ikkinchisiniki undan 16 marta kam. Shu uchala sonning yig’indisini toping.


95) Yulduzchalar o’rniga shunday raqamlarni yozingki, natijada tenglik to’g’ri bo’lsin:


1) 31**2:2*2=126 2) 93*0:2*5=436
3) ***:**=111 4) ****:***=1

96) To’quv fabrikasida besh kunda 10975m mato ishlab chiqariladi. Ilgari shu fabrikada 6 kunda 7140m mato ishlab chiqarilar edi. Bir kunda mato ishlab chiqarish qanchaga ortgan.


97) To’g’ri to’rtburchak shaklidagi yer maydoni bo’yi va enining yig’indisi 520m. Uning eni bo’yidan 3 marta qisqa . Shu maydonning yuzini toping.


98) 10 ta vagondan tuzilgan elektropoezd kuzatuvchi oldidan 8 sekundda o’tib ketdi . Agar bitta vagonning uzunligi 16m bo’lsa , poezdning tezligini aniqlang.


99) Ustaxonada 62m matodan 8 ta bir xil palto va bir necha bir xil kastum tikildi. Paltoga 3m , kastumga esa paltoga qaraganda 1m kam mato ishlatiladi. Necha kastum tikilgan.


100) Ota o’g’lidan 24 yosh katta . Agar 3 yildan so’ng o’g’ilning yoshi otanikidan 3 marta kichik bo’lsa , o’g’il necha yoshda bo’ladi.


101) Uchta do’konga hammasi bo’lib 3840 kg sabzavot keltirildi . Birinchi do’kon 568 kg , ikkinchisi 624 kg , uchinchisi 401 kg sabzavot sotgandan so’ng ularda teng miqdorda sabzavot qoldi. Har bir do’kon qanchadan sabzavot olgan.


102) Uchta sonning yig’indisi 640 ga teng. Ulardan ikkinchisi birinchisidan 4 marta kichik va uchinchisidan 3 marta katta. Shu sonlarni toping.


103) Dinora kitobning qismini o’qib tugatdi. Agar u kitobning 240 betini o’qigan bo’lsa , kitob necha betli ekan.


104) Sayohatchilar 3 kunda 45 km yo’l bosdilar. Birinchi kuni ular yo’lning qismini, ikkinchi kuni esa butun yo’lning qismini bosib o’tdilar. Ular uchinchi kuni necha km yo’l yurdilar.


105) Hovuz birinchi quvur orqali 5 soatda , ikkinchi quvur orqali esa 8 soatda to’ladi. Ikkala quvur bir soat ochib qo’yilsa , hovuzning qanday qismi to’lmay qoladi.


106) AB kesma C va D nuqtalar bilan uch qismga ajratilgan: , va . AB kesma uzunligini toping.


107) Sonni o’zining qismicha orttirilsa , 90 hosil bo’ladi. Shu sonni toping.


108) Sonning qismidan 8 ni ayirib , natijani 4 ga ko’paytirilsa , 160 hosil bo’ladi . Shu sonni toping.


109) Fermadagi qo’ylar av tovuqlar boshlarining yig’indisi 50 ga teng, ularning oyoqlarining yig’indisi esa 140 ga teng. Fermerdagi qo’ylar va tovuqlar sonini aniqlang.


110) Fermadagi qo’ylar av tovuqlar boshlarining yig’indisi 30 ga teng, ularning oyoqlarining yig’indisi esa 100 ga teng. Fermadagi qo’ylar va tovuqlar sonini aniqlang.


111) Fermadagi qo’ylar av tovuqlar boshlarining yig’indisi 40 ga teng, ularning oyoqlarining yig’indisi esa 120 ga teng. Fermadagi qo’ylar va tovuqlar sonini aniqlang.


112) Toshbaqa 5 soatda 900 metr masofani bosib o’tdi. U 1 sutkada necha metr yo’l yuradi.


113) Chumoli 4 soatda100 metr masofani bosib o’tdi. U 3 sutkada necha metr yo’l yuradi.


114) Xaydovchi yo’lning 0,65 qismini bosib o’tgach qarasa ko’zlangan yo’lning yarmidan 30 km ko’p yuribdi. Xaydovchi yana qancha yo’l yurishi kerak.


115) Xaydovchi yo’lning 0,85 qismini bosib o’tgach qarasa ko’zlangan yo’lning yarmidan 45 km ko’p yuribdi. Xaydovchi yana qancha yo’l yurishi kerak.


116) Uchta sonning o’rta arifmetigi 24 ga teng. Bu sonlar qatoriga yana bir son qo’shilib o’rta arifmetigi xisoblansa unda 36 ga teng bo’ldi. Qo’shilgan sonni toping.


117) Uchta sonning o’rta arifmetigi 24 ga teng. Bu sonlar 5:6:1 kabi nisbatda bo’lsa, shu sonlarni toping.


118) Ikkita sonning o’rta arifmetigi 24 ga teng. Bu sonlar qatoriga yana bir son qo’shilib o’rta arifmetigi xisoblansa unda 25 ga teng bo’ldi. Qo’shilgan sonni toping.


119) Uzunligi 35m va massasi 840 kg bo’lgan mis simdan 24,5 m sim qirqib olindi. Qolgan qismining massasi necha kg bo’ladi.


120) Uchta sonning yig’indisi 72 ga teng ular 5:1:3 kabi nisbatda. Bu sonlarni toping.


121) Uchta sonning yig’indisi 36 ga teng ular 5:4 kabi nisbatda. Bu sonlarni toping.


122) To’rtta sonning yig’indisi 36 ga teng ular 5:2:4:1 kabi nisbatda. Bu sonlarni toping.


123) 72 gektar ekin maydoni uchta qismga bo’lingan ikkinchi qismi birinchi qismidan 9 gektar ko’p, uchinchi qismi esa birinchisidan 27 gektarga ko’p bu maydonlarning xar biri necha gektar.


124) Usta ishning qismini soatda bajardi. Shu ishning qismini u qancha vaqtda bajaradi.


125) 36 soni 5 va 7 sonlariga teskari proporsional bo’lgan ikkita qismga ajrating.


126) 320 sonini 6:4 kabi nisbatda bo’lingan bu bo’laklarning kattasini toping.


127) 61 sonini 1,2,3 va 5 sonlariga teskari proporsional to’rt qismga ajrating.


128) Ikki shahar orasidagi masofa 200 km. 1:2 000 000 mashtabli xaritada bu masofa necha santimetrga teng bo’ladi.


129) Ikki shahar orasidagi masofa 400 km. 1:8 000 000 mashtabli xaritada bu masofa necha santimetrga teng bo’ladi.


130) Ikkita sonning o’rta arifmetigi ga teng. Birinchi son ikkinchi sonning 62,5% ini tashkil qiladi. Shu sonlarni toping.


131) O’quvchi bir son o’yladi. Agar uni 4 ga ko’paytirilsa, ko’paytmaga esa 8 soni qo’shilsa va hosil bo’lgan yig’indi 2 ga bo’linsa, u holda 10 hosil bo’ladi.O’quvchi qanday son o’ylagan.


132) Bir bola bir son o’yladi va unga 5 ni qo’shdi, so’ngra yig’indini 3 ga bo’ldi, xosil bo’lgan bo’linma 5 ga teng bo’lib qoldi. O’quvchi qanday son o’ylagan.


133) Uchta sinfda hammasi bo’lib 119 nafar o’quvchi bor. Birinchi sinfda ikkinchisidagidan 4 ta o’quvchi ko’p, uchinchisidan 3 ta kam. Xar bir sinfda qancha o’quvchi bor.


134) Yig’indisi 81 ga teng bo’lgan uchta ketma-ket toq sonni toping.


135) Yig’indisi 72 ga teng bo’lgan uchta ketma-ket juft sonni toping.


136) Onasi 50 yoshda, qizi esa 28 yoshda. Necha yil oldin qiz onasidan 2 marta yosh bo’lgan.


137) Otasi 40 yoshda,o’g’li esa 16 yoshda. Necha yildan keyin otasi o’g’lidan 2 marta katta bo’lgan.


138) Birinchi qopda 50 kg, ikkinchisida esa 80 kg shakar bor edi. Ikkinchi qopdan birinchi qopdan olinganidan 3 marta ko’p shakar olishdi va natijada birinchi qopda ikkinchidagiga qaraganda ikki marta ko’p shakar qoldi. Xar bir qopdan necha kg shakar olishgan.


139) Bir omborda ikkinchisiga qaraganda 2 marta ko’p don bor edi. Birinchi ombordan 750 t donni olib ketishdi, ikkinchisiga esa 350 t don don olib kelishdi, natijada ikkala ombordagi don miqdori bir xil bo’lib qoldi. Dastlab xar bir omborga qanchadan don bo’lgan.


140) Do'konda uch kunda 110 kg yog' sotildi. Ikkinchi kuni birinchi kundagining qismicha,uchinchi kuni esa dastlabki ikki kunda qancha yog’ sotilgan bo’lsa, shuncha sotildi. Do’konda birinchi kuni necha kg yog’ sotilgan.


141) Usta buyurtmani 10 kunda bajarishi kerak edi. U har kuni rejadan tashqari 27 ta maxsulot tayyorlab, 7 kunda topshiriqni bajaribgina qolmasdan, balki ortiqcha yana 54 ta maxsulot tayyorladi. Usta bir kunda nechta maxsulot tayyorlagan.





Download 3.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling