Men” kontseptsiyasi-Insonning o’zi haqidagi tasavvurlari tizimi. Professional ijtimoiy pedagogik faoliyat


Download 50.98 Kb.
bet26/29
Sana16.04.2023
Hajmi50.98 Kb.
#1360434
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Glossariy (2)

ijtimoiy psixologik yordam-oila va mikro jamiyatda qulay mikroiqlimni yaratishga, uy, maktab jamoasining salbiy ta’sirlarini bartaraf etishga qaratilgan yordam.
ijtimoiy reabilitatsiya-insonning ijtimoiy muhitda faoliyat yuritish qobiliyatini tiklashga qaratilgan jarayon-texnologiya sifatida tibbiy, maishiy, kasbiy, shaxsiy darajadagi reabilitatsiyaga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini ilgari suradi.
ijtimoiy reabilitatsion yordam-bolalarning ruhiy, aqliy, emotsional holati va sog’ligini tiklashga qaratilgan yordam.
ijtimoiy sog’lik-individning tashqi muhit bilan o’zaro munosabatlarining mukammallashuvi shakli va vositalarini muayyan darajasidir, bu o’zaro munosabatlarning muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beruvchi ruhiy va shaxsiy rivojlanish darajasi. ijtimoiy sog’likning aksi ijtimoiy qarovsizlik holatidir.
ijtimoiy tajriba-turli ko’nikmalar va malakalar, ___ va usullar, xulq-atvor normalari va stereotiplari, insonlar bilan muomala tajtibasi, adaptatsiya, o’z-o’zini anglab olish tajribalari majmuasi.
ijtimoiy tarbiya-shaxsning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvi uchun zarur bo’lgan ijtimoiy ahamiyatga ega hislatlarni shakllantirish jarayoni.
ijtimoiy tarbiyada yoshga ko’ra yondoshuv-inson rivojlanishiga har bir yosh guruhning xususiyatlari va imkoniyatlarini inobatga olgan holda shart-sharoit yaratib berish.
ijtimoiy tarbiyaga individual yondoshuv-tarbiyalanuvchilarning individual xususiyatlarini ham shaxsiy ham individ darajasida inobatga olish.

10. Ijtimoiy pedagogik tamoyillar va kategoriyalar


Adaptatsiya-insonning ijtimoiy muhit bilan faol o’zaro munosabatda bo’lish va uning potensialini shaxsiy rivojlanish uchun ishlatish qobiliyati.
Anamnez-ota-ona yoki bolani tarbiyalovchi boshqa shaxslardan shifokor, pedagog yoki psixolog tomonidan bola haqida ma’lumot olish. Anamnez to’planayotganda bolaning irsiyligi, boshdan kechirgan kasalliklari, nutq, o’yin faoliyati rivojlanish xususiyatlari to’g’risida ma’lumotlar aniqlanadi.

Download 50.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling