O’zaro munosabatlar-jamoada ijtimoiy psixologik iqlimni shakllantirish asosi.
O’z-o’zini aktuallashtirish-insonning o’z shaxsiy imkoniyatlarini to’liq aniqlashga va rivojlantirishga qaratilgan doimiy intilish. O’z-o’zini anglash-inson ongining eng oliy irodasi bo’lib, o’zi haqidagi tasavvurlar,
xulq-atvori, faoliyati, ehtiyojlarini anglashdan namoyon bo’ladi.
O’z-o’zini tarbiyalash-insonning o’zida ijobiy xislatlarni shakllantirish va salbiy xislatlarni bartaraf etishga qaratilgan, tashkillashtirilgan faoliyati.
Qadriyatlar-harakat usuli, metodikasi va uning individual yyetimga aylanishi uchun shartsharoit yaratish.
Qurilma (ustanovka)-muayyan xulq-atvor, tasavvurni boshdan kechirishga tayyor bo’lish. Qurilmalar faoliyatning barqaror kechishini belgilab berishadi. Agar shaxsiy qurilmalar kasbiy faoliyatning xarakterini belgilab bersa ijtimoiy qurilmalar mutaxassisning mijoz bilan o’zaro munosabati usullariga oydinlik kiritadi.
Emotsional zararlanish-bevosita emotsional holatlarni uzatish orqali ta’sir ko’rsatish (qo’l, yuz xatti-harakatlari, intonatsiya)
Empatiya-dunyoga boshqalar nazari bilan qarash, uni boshqalar kabi tushunish, boshqalarning xatti-harakatlarini ularning nuqtai nazariga ko’ra qabul qilish va shu bilan birga o’zining tushunchasini bildirishga qodirlik.
SHaxslararo munosabatlar-ommaviy ijtimoiypsixologik hodisalar bo’lib, bir guruhda bo’lgan va birgalikdagifaoliyat hamda muloqot jarayonida bir-biriga ta’sir ko’rsatuvchi shaxslar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda namoyon bo’ladi.
SHaxslararo muomala-insonlar orasida aloqalar o’rnatishning murakkab jarayoni. Pedagogik jamoada shaxslararo muomalaning quyidagi xususiyatlari to’g’rilanishga muhtoj: ba’zi pedagoglarning sabrsizligi, irodasizligi, kasbdoshlarini tinlay olmaslik, o’z maqomini oqlash. ijtimoiy pedagogik treninglar, boshlang’ich pedagog maktablari orqali sabr-matonat, tinglash madaniyati kabi xislatlarni shakllantirsa bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |