TARJIMAI HOL
Men Mahamadjonov Ulug’bek Muzaffar o’g’li 2002-yil 9-sentabrda Toshkent viloyati Toshkent tumanida tug’ulganman. Biz oilada 4 kishimiz otam, onam, singlim va men. Otam Nurmatov Muzaffar Mahamadjonovich 1975-yil 20-dekabrda Toshkent viloyati Toshkent tumanida tug’ilgan. Otam hozir 7-umumiy o’rta ta’lim maktabining musiqa fani o’qituvchisi. Onam Nurmatova Umida Nig’monovna 1982-yil 22-dekabrda Toshkent viloyati Toshkent tumanida tug’ulganlar. Onam hozir uy bekasi. Singlim Mahamadjonova Xurshida Muzaffar qizi 2004-yil 22-fevralda Toshkent viloyati Toshkent tumanida tug’ilgan. Hozirgi kunda u tumanimizdagi 2-sonli kasb xunar maktabi o’quvchisi.
Men Mahamadjonov Ulug’bek 2009-yili Toshkent tumanidagi 7-umumiy o’rta ta’lim maktabining 1-sinfiga qabul qilindim. 2020-yil ushbu maktabning 11-sinfini tamomladim.2020-yili ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI “ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA” fakultetining 1-kursiga qabul qilindim. Hozirgi kunda shu fakultetni 1-kurs talabasiman. Kelajakda men shu soxam bo’yicha o’z ustimda ishlab elimning va xalqimning koriga yaraydigan farzand bo’lib yetishaman degan niyatdaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |