Men nechun sevaman o’zbekistonni
Download 63.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Sayyorabonu
MEN NECHUN SEVAMAN O’ZBEKISTONNI.. Men nechun sevaman O’zbekistonni, Tuprog’in ko’zimga aylab to’tiyo. Nechun vatan, deya yeru osmonin, Muqaddas atayman, atayman tanho. Aslida dunyoda tanho nima bor? Paxta o’smaydimi o’zga elda yo? Yoki quyoshimi sevgimga sabab? Axir quyoshli-ku, butun Osiyo. Men nechun sevaman O’zbekistonni, Bog’larin jannat, deb ko’z-ko’z etaman. Nechun ardoqlarkan tuprog’ini men, O’paman, tuprog’ing bebaho, Vatan! Aslida tuproqni odil tabiat, Taqsim aylagan-ku, yer yuziga teng Nechun bu tuproq, deb yig’ladi Furqat, O, Qashqar tuprog’i, qashshoqmiding sen? Men nechun sevaman O’zbekistonni? Sababini aytgin, desalar menga. Shoirona, go’zal so’zlardan oldin, Men ta’zim qilaman ona xalqimga: Xalqim, tarix hukmi seni agarda, Mangu muzliklarga eltgan bo’lsaydi, Qorliklarni makon etgan bo’lsayding, Mehrim bermasmidim o’sha muzlarga? Vatanlar, Vatanlar, mayli, gullasin, Bog’ unsin mangulik muzda ham, ammo, Yurtim, seni faqat boyliklaring chun Sevgan farzand bo’lsa, kechirma aslo! She'r muallifi:Abdulla Oripiv. She'r nomi :“MEN NECHUN SEVAMAN O‘ZBEKISTONNI?..” She’r, jami yett misradan iborat har bir misra to’rt qatordan iborat. She’r Vatanga bag’ishlangan. Shoir Men nechun sevaman O‘zbekistonni” she’ri bundan 35 yil ilgari yozgan. U davrda O‘zbekistonning paxtasi uchun, oltini uchungina “hurmat” qilishgan.men nima uchun sevaman O‘zbekistonni! Agar muzliklarda yashagan bo‘lsang ham, xalqim, men chukcha yo yoqutga o‘xshagan bo‘lganimda ham sen uchun jonimni berar edim-ku, degan muxolif kayfiyat bilan yozlgan. O'zimning fikrim she'rni o'qib bir narsani tushundim,Vatanning har bir tuprog'i aziz va muqaddas ekanligi.Men ham O'zbekistonimizni sevaman. Download 63.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling