23
MEN NIMA QILA OLAMAN?
Yoshlar munosib ishga o‘tish imkoniyatiga ega
bo‘lishlari uchun eng yuqori sifatli ta‘lim
va kasbiy
tayyorgarlikka sarmoya kiritish zarur,
zero sifatli
ta’lim va kasbiy tayyorgarlik yoshlarga mehnat bozori
talablariga mos ko‘nikmalarni egallash, shartnoma
turidan qat’i nazar, ijtimoiy himoya va asosiy
xizmatlardan foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritishga
yordam beradi.
Bundan tashqari, teng imkoniyatlar
yaratiladiki, natijada yoshlar jinsi,
daromadi darajasi
yoki ijtimoiy-iqtisodiy maqomiga qaramasdan, o‘zlariga
muvofiq mahsuldor ish topa oladilar.
Hukumatlar yoshlar bandligi hamda ayollarning
iqtisodiy huquq va
imkoniyatlarini kengaytirish,
shuningdek, barcha kishilarni munosib ish bilan
ta’minlashni rag‘batlantirish orqali dinamik,
barqaror,
innovatsion va insonlar manfaatlarini ko‘zlaydigan
iqtisodiyot yaratish bo‘yicha ish olib borishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: