TARJIMAI HOL
Mеn, Salimov Karim Olimovich, 1989-yil 15-sеntyabrda Toshkеnt shahrida xizmatchi oilasida tug`ildim. Millatim-o'zbek.
Otam, Salimov Olim Oripovich, 1966-yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. Hozirda Toshkеnt pеdagogika kollеjida o`qituvchi. Onam, Rahimova Gulnora Azimovna, 1968-yilda Toshkent viloyati Chirchiq shahrida tug'ilgan, hozirda 122 -bolalar bog`chasida bosh tarbiyachi bo`lib ishlaydilar. Ukam, Salimov Kamol Olimjon o'g'li, TATU 2-bosqich talabasi. Singlim, Salimova Go'zal Olimjon qizi, Toshkent yuridika kolleji o'quvchisi.
1996-yildan 2007-yilgacha Toshkеnt shahridagi 1-o`rta maktabda o`qidim. 2007-yilda Toshkеnt Politеxnika institutining qurilish fakultеtiga o`qishga kirdim va 2011-yilda shu institutni imtiyozli diplom bilan tugatib, quruvchi-muhandis mutaxassisligiga ega bo`ldim. Yo`llanma bilan Toshkеntdagi 166-qurilish trеstining 94-mеxanizatsiyalashgan ko`chma korxonasiga ishga yuborildim va muhandis lavozimida ishladim. 2011-yilda armiya safida haqiqiy xizmatni o`tab qaytgach, ishni davom ettirdim. 2018-yildan buyon bosh muhandis lavozimida ishlayapman.
2019-yilda rеjadagi topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarganimiz va erishilgan natijalar uchun rеspublika Qurilish vazirligining faxriy yorlig`i bilan taqdirlandim. Bir nеcha jamoat ishlarida ham qatnashaman, jumladan, 166-qurilish trеsti kasaba qo`mitasi byurosining a'zosiman.
Uylanganman. Xotinim, Rasulova Muhabbat, 1993-yilda tug`ilgan. 2-shahar kasalxonasida hamshira bo`lib ishlaydi. O`g`lim, Salimov Nodir, 2015-yilda tug`ilgan. Qizim, Salimova Lola, 2019-yilda tug`ilgan.
Mеning turar joyim : 7000210, Toshkеnt, Usmon Nosir ko`chasi, 5-uy, 27-xonadon, tеl 72-28-61
2020.20.01. (imzo) K.Salimov
Ariza shakli
Qayerga yoki kimga
Ariza yozuvchining turar joyi, lavozimi, to'liq nomi
ARIZA
Ariza matni (mazmuni)
Ilova
Sana (yil.kun.oy) imzo Ismi, familiyasi
|
Ishga kirish haqida arizadan na'muna
“Zarbdor” jamoa xo'jaligi boshqaruviga
“Navbahor” qishlog’i navoiy ko’chasidagi
88-uyda yashovchi SolijonValiyevdan
ARIZA
Meni jamoa xo’jaligi quruvchilar brigadasiga duradgor sifatida ishga qabul qilishingizni so’rayman.
2020.03.10. (imzo) ismi, familiyasi
|
Ishga kirish haqida arizadan na'muna
TATU Farg’ona filiali direktori A.Rasulovga
Farg’ona shahri Yangi asr ko’chasi 141-uyda
yashovchi Durdona Komilovadan
ARIZA
Meni Dasturiy injiniring kafedrasiga o’qituvchi lavozimiga ishga qabul qilishingizni so’rayman.
2019.30.08. (imzo) D.Komilova
|
Ishdan bo’shatish haqidagi arizalardan na’munalar
TATU Farg’ona filiali direktori A.Rasulovga
O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi
o’qituvchisi Sh.Yoqubovadan
ARIZA
Meni o’qituvchi lavozimidan o’z ihtiyorimga ko’ra ozod etishingizni so’rayman.
2020.29.10. (imzo) Sh.Yoqubova
|
Toshkent viloyati Chinoz tumani
4-kasalxona bosh vrachi S.Rahimovga
Reanimatsiya bo’limi
vrachi K.Sobirovadan
ARIZA
Boshqa shaharga yashash uchun ketayotganligim tufayli, meni kasalxona reanimator vrachilavozimidan ozod etishingizni so’rayman.
2019.20.01. (imzo) Ism,familiya
|
Talabalar yozishi mumkin bo’lgan arizalar
TATU Farg’ona filiali
Telekommunikatsiya texnologiyalari
va kasb ta’limi fakulteti dekani B.Tolipovga
630-20 guruh talabasi Samadov Nodirdan
ARIZA
Boshqa viloyatdan kelganligimni e’tiborga olib,menga talabalar turar joyidan joy berishingizni so’rayman.
2020.15.11. (imzo) ism,familiya
|
TATU Farg’ona filiali
Kompyuter injeneringi fakulteti
dekani A.Qodirovga
640-19 guruh talabasi
Samadov Nodirdan
ARIZA
Kasalligim tufayli qishki imtihonlarni o’z vaqtida topshira olmadim. Ana shu imtihonlarni topshirishga ruxsat berishingizni so’rayman.
Arizamga kasalligim haqidagi vrach ma’lumotnomasini ilova qilaman.
2020.15.02. (imzo) ism,familiya
|
TATU Farg’ona filiali
direktori A.Rasulovga
Kompyuter injeneringi fakulteti
610-18 guruh talabasi Rahimov Salimdan
ARIZA
Sog’ligim yomonlashgani va uzoq muddat davolanishim zarurligi tufayli menga bir yillik o’quv (akademik) ta’til berishingizni so’rayman.
Arizamga tibbiyot muassasining xulosasi ilova qilindi.
2020.10.09 (imzo) ism,familiya
|
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
kasaba uyushmasi qo’mitasiga
Axborot xavfsizligi fakulteti
2-kurs talabasi Komil Rahimovdan
ARIZA
Stipendiya miqdorining kamligi va xususiy xonadonda ijaraga yashayotganimni e’tiborga olib, menga moddiy yordam ko’rsatishingizni iltimos qilaman.
2020.10.11 (imzo) ism,familiya
|
Iltimos arizasi na’munalari
Toshkent shahar 2-un kombinati
rahbari X.Rahimovga
Don tozalash bo’limi ishchisi
Tolib Qahhorovdan
ARIZA
Oilaviy sabablarga ko’ra (otamning og’ir kasalligi va doimiy parvarishga muhtoj bo’lib qolganligi sababli), menga 2020 yilning 10 avgustidan 16 avgustiga qadar qisqa muddatli maoshsiz ta’til berishingizni so’rayman. Arizamga 3-shahar kasalxonasidan berilgan ma’lumotnoma ilova qilindi.
2020.09.08 (imzo) ism,familiya
|
Toshkent shahar Hamza tumani
ijtimoiy ta’minot bo’limi mudiri M.Dadaboyevga
mazkur tumandagi Visol ko’chasi 68-uyda yashovchi
2-guruh nogironi Rahim Boboyevdan
ARIZA
Menga 2020 yil sentyabr oyida yurak-qon tomir kasalliklari shifoxonasida davolanish uchun yo’llanma ajratishingizni so’rayman.
Arizamga tibbiyot muassasasi ma’lumotnomasi ilova qilindi.
2020.20.08 (imzo) ism,familiya
|
Ko’pchilik nomidan yoziladigan iltimos arizasi na’munalari
Farg’ona viloyati
gaz ta’minoti boshqarmasi boshlig’iga
Farg’ona tumani
Cheksho’ra qishlog’i aholisidan
ARIZA
Bizning qishloqda 1000 dan ziyod aholi istiqomat qiladi. Bugungi kunda hududimizda 1oydan buyon gaz umuman yo’q. Aholi uylarini isitish uchun ko’mir yoki o’tin sotib olishga majbur bo’lmoqda. Lekin ko’p xonadonlar isitish tizimi ko’mir yoki o’tin yoqishga moslashmagan. Qishlog’imizda asosan yosh oilalar bo’lib, ularning yosh farzandlari bor.
Yuqoridaglarni e’tiborga olib, hududimizni gaz bilan ta’minlashga yordam berishingizni so’raymiz. Qishloq ahli texnik ishlarga moddiy yordam berishga tayyor.
2020.10.11 (imzolar) (familiyalar)
|
Do'stlaringiz bilan baham: |