Men Shukrullayev Shahzod Shuxrat o‘g‘li 2023 yil 29 maydan 2023 yil 15 iyulgacha Toshkent moliya institutidan biriktirilgan amaliyot rahbarim Abdunazarov Sh


Download 2.34 Mb.
bet3/11
Sana24.10.2023
Hajmi2.34 Mb.
#1718564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
shaxzod asaka

Bosh kitobning materiallari bo’lib kunlik, oylik va yillik aylanma vedomost va balanslar, mahalliy budjetga ajratmalar bo’yicha vedomostlar hisoblanadi. Kassa kirim va chiqim jurnallari ikki nusxada maxsus kompyuter dasturi asosida tuziladi, jurnalda mijozning hisobvaraqasi nomeri, chiqim yoki kirim simvoli va summasi qayd etiladi. Operatsion kun tugagandan so’ng summalar hisob bo’yicha jamlanadi va tegishli xodimlarning tekshuruvidan so’ng kunlik hujjatlar jildiga tikiladi. Kunlik aylanma vedomost va balanslar mijozlardan va elektron to’lov tizimi orqali kelib tushayotgan hamda bankning o’zida yaratilayotgan boshlang’ich hujjatlar asosida kompyuterda dasturiy yo’l bilan tuziladi. Kunlik aylanma vedomost va balans asosida oylik va yillik aylanma vedomost hamda balanslar tuziladi.
Aylanma vedomostda balans va ko’zda tutilmagan hisobraqamlar bo’yicha kun boshiga qoldiq va kun davomida amalga oshirilgan debet va kredit abarotlar va kunning oxiridagi qoldiq aks ettiriladi. Aylanma vedomostda kun boshiga va oxiriga mavjud bo’lgan aktiv passiv summalar hamda debet va kredit oborot summalari bir – biriga o’zaro teng keladi. Balansda esa balans va ko’zda tutilmagan hisob raqamlarning aktiv va passiv qoldiq summalari aks ettiriladi va kunning oxirida aktiv va passiv summalar bir – biriga o’zaro teng kelishi zarur.
Balans kunning oxirida bosh buxgalter tomonidan Boshkitobning barcha hisob raqamlari bo’yicha nazoratdan o’tkazilgandan keyin imzolanadi va shundan so’ng bankboshqaruvchisi ko’rib chiqib imzo qo’yadi. Balansning bir nusxasi kunlik buxgalteriya hujjatlar jildigatikib boriladi, ikkinchi nusxasi maxsus oylik jildda tikib boriladiva oy so’ngida belgilangan tartibda bank arxiviga topshiriladi.
Bank buxgalteriyasi bosh kitobida bankning barchaoperatsiyalari umumlashtirilgan holda, yordamchi kitobda esaushbu ko’rsatkichlar yoyib aks ettiriladi. Banklarda buxgalteriya hisobini yuritishda asosiy e’tiborhisob– kitob operatsiyalari, qimmatliklarning but saqlanishihamda ularning magsadli va samarali foydalanishi ustidannazorat o’rnatishga qaratiladi.
Bank buxgalteriya ma’lumotlari kredit resurslarini samaraliva maqsadli foydalanishda, ma’lum operatsiyalar ustidan tahlilishlarini amalga oshirishda hamda bank faoliyatini boshqaribturishda muhim manba bo’lib hisoblanadi. Bank bo’liminingboshlang’ich buxgalteriya hisobi yordamchi kitobda aksettiriladi, ushbu kitobda barcha mablag’lar o’zining tashkiltopish nuqtayi nazaridan alohida–alohida hisobvaraqalardayuritiladi.

Download 2.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling