Men Shukrullayev Shahzod Shuxrat o‘g‘li 2023 yil 29 maydan 2023 yil 15 iyulgacha Toshkent moliya institutidan biriktirilgan amaliyot rahbarim Abdunazarov Sh


Download 2.34 Mb.
bet1/11
Sana24.10.2023
Hajmi2.34 Mb.
#1718564
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
shaxzod asaka



Kirish.
Men Shukrullayev Shahzod Shuxrat o‘g‘li 2023 – yil 29 – maydan 2023 – yil 15 – iyulgacha Toshkent moliya institutidan biriktirilgan amaliyot rahbarim Abdunazarov Sh. tomonidan amaliyot o’tash uchun zarur bo’ladigan barcha topshiriqlarni oldim va shu kuni “Asaka bank” ATB Qarshi filialiga yetib keldim. Bankdan menga amaliyot rahbar etib Xudoyberdiyeva Dilnoza tayinlandi. Amaliyot davomida o’quv jarayonida olgan nazariy bilimlarimni chuqurlashtirish va mustahkamlash, hamda hisobot ishlarini zaruriy ma’lumotlarni to’pladim va tizimlashtirdim.
Banklar faoliyatini huquqiy jihatdan O’zbekiston Respublikasining 25.04.1996 – yilda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi qonuni (2019 – yil 5 – noyabrdagi O’RQ – 580 – sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan) orqali tartibga solinadi.
Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Kreditlar ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini qo’llab – quvvatlashda zarur manba hisoblanadi.”
Bank – bu kredit – moliya muassasasi, bo’sh pul mablag’larini to’plash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob–kitoblarini amalga oshirish, pul va turli qimmatbaho qog’ozlar chiqarish, oltin va chet el valutalari bilan bog’liq operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shug’ullanadi.Bank ishining asosiy yo’nalishlari depozit (omonat) qabul qilish, kreditlar berish va mijozlarga kredit – hisob xizmati ko’rsatishni amalga oshirish hisoblanadi. Bank qimmatbaho qog’ozlarni saqlash, saqlashga o’tkazilgan qimmatbaho qog’ozlarni joriy boshqarish, birja topshiriqlarini bajarish, seyflarni ijaraga berish kabi pulli xizmatlar ham ko’rsatadi. Turli iqtisodiy xizmatlarni amalga oshiruviga ko’ra hozirgi vaqtda bankning quyidagi asosiy turlari faoliyat ko’rsatadi: markaziy (emissiya) banki va tijorat banki.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O’zbekiston bank tizimi ishonchliligi va barqaror rivojlanishini ta’minlash hamda tashqi inqiroz holatlarining salbiy ta’siriga uchramaslikning oldini olish muhim ahamiyatga egadir. Shunga qaramasdan, hozirgi kunda banklarda bozor talablariga mos keluvchi xizmat turlarini tadbiq qilish, mijozlarning talab va takliflarini hisobga olish, ularga xizmat ko’rsatishning yangi usullarini joriy etish, yangi kredit vositalarini qo’llash, turli kredit institutlarini tashkil etish bilan bog’liq islohotlarni yanada jadaddashtirish zarurligini yuzaga keltirmoqda. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini yuqori va barqaror sur’atlarda o’sishini va raqobatbardoshligini ta’minlash mamlakat bank tizimining va uning muhim tarkibiy qismi bo’lgan tijorat banklari faoliyatining barqarorligini ta’minlash zaruriyatini yuzaga keltiradi.
Mamlakatimizda faoliyat yuritayogan tijorat banklarining bajarayotgan operatsiyalari va ko’rsatayotgan xizmat turlari hamda ajratayotgan kreditlari iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyatiga ega. O’z navbatida, iqtisodiyotda tarmoqlarini rivojlantirishda bank tizimi asosiy bo’g’indir.
Bunda bank tizimini qo’llab – quvvatlash va rag’batlantirishga qaratilgan, uzoqni ko’zlab amalga oshirilgan siyosat o’z natijalarini berdi. Tijorat banklarida naqd va naqdsiz pul muomalasi hamda hisob – kitoblarni unifikatsiyalangan shaklda tashkil etish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantiruvchi kredit tizimini yo’lga qo’yish, istiqbolli loyihalarni moliyalashni kengaytirish borasidagi say–harakatlar ayniqsa global iqtisodiy inqiroz sharoitida o’zini to’la oqladi.
“Bank tizimi va kapital bozorini rivojlantirish uchun bu yil keskin choralar ko’rishimiz lozim. Bank tizimida tadbirkorlarni qo’llab – quvvatlaydigan “loyihalar fabrikasi” faoliyatini yo’lga qo’yishimiz lozim. Banklarimiz xalqaro moliya bozorlariga chiqib, arzon va uzoq muddatli resurslar olib kelishi zarur. Davlat ulushiga ega bo’lgan banklar bosqichma–bosqich strategik investorlarga sotiladi. Bank sohasidagi islohotlarning asosiy maqsadi – tijorat banklarini “mijoz uchun ishlash”ga o’rgatishdan iboratdir. Soha uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash maqsadida shuningdek, davlat banklarida zamonaviy bank amaliyoti, menejmenti va xizmatlarini joriy qilish uchun rahbarlik lavozimlariga xorijiy yetakchi moliya institutlarining malakali mutaxassislarni jalb etish boshlandi va bu jarayon izchil davom etadi.
Banklarda axborot texnologiyalarini keng tatbiq etish orqali, ularning dasturiy ta’minotlarini tubdan yangilash lozim. Aholida bank tizimiga nisbatan ishonchni shakllantirish va banklar faoliyatiga chetdan aralashishga chek qo’yish kerak”.
Banklar oldiga mamlakatimiz kompaniyalarining tashqi savdo operatsiyalari bo’yicha xalqaro andozalar darajasida xizmat ko’rsata oladigan, O’zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni, ilg’or texnologiyalarni jalb etishga qodir bo’lgan moliya muassasasi yaratish vazifasi qo’yilgan. Bank bozor o’zgartishlarini amalga oshirishda faol yetakchilik qilib kelmoqda. Loyihalarni moliyalash, universal tijorat, investitsiya va jamg’arma banklari funksiyalarini eng maqbul tarzda uyg’unlashtirib ishlayotgan “Mikrokreditbank” O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli kirib borishiga yordam bermoqda.
Bank xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va eksport–import agentliklari ajratayotgan kredit yo’nalishlaridan foydalanish maqsadida korporativ xizmatlar ko’rstib, ular bilan aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash borasida aniq maqsadli siyosat yuritmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatlarda bank tizimi muhim ro’l o’ynamoqda. Albatta, bank tizimi rivojlangan mamlakatning o’zi ham rivojlangan bo’ladi. Bank tizimi mamlakatning iqtisodiyotini rivojlantirishga asosiy turtkilardan biri bo’ladi desak adashmagan bo’lamiz. Hozirgi kunda mamlakatimizda tadbirkorlikka katta e’tibor qaratilmoqda va tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bunda bank tizimi ham katta ro’l o’ynaydi ya’ni bank tizimini isloh qilish, rivojlantirish natijasida tadbirkorlarga keng imkoniyatkar beriladi.


Download 2.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling