Men Yaxshilikov Diyorbek Nurali o’g’li O’zbekiston Finlandiya pedagogika instituti direktorining 023 yil fevraldagi 206 bm buyrug’i asosida haftalik malakaviy amalyot o’tash uchun


Download 15.5 Kb.
Sana19.02.2023
Hajmi15.5 Kb.
#1213919
Bog'liq
Diyorbek Hisobot (2)


O’zbekiston – Finlandiya pedagogika institute Aniq – tabiiy fanlar va Jismoniy madanyat fakulteti jismoniy madanyat yo’nalishi 128 – guruh talabasi Yaxshilikov Diyorbek Nurali o’g’lining malakaviy amalyoti bo’yicha
Hisoboti
Men Yaxshilikov Diyorbek Nurali o’g’li O’zbekiston – Finlandiya pedagogika instituti direktorining 2023 – yil 6 – fevraldagi 206 BM buyrug’i asosida 2 haftalik malakaviy amalyot o’tash uchun 06.02.2023 – yildan 18.02.2023 – yilgacha Samarqand shahri spetamen shoh ko’chasi 68 – umumiy o’rta ta’lim maktabiga keldim.
Maktab shart sharoitlari bilan tanishdim axborot resurs markazi o’quv xonalar 68 – maktab jamoasi bilan tanishdim. 68 – maktab qo’ng’iroqlari jadvali bilan tanishdim va amalyot o’tash uchun shu qo’ng’roqlar jadval asosida xarakatlandim 68 – maktabda darslar 2 smenadan tashkil etilgan bulib dars tahlili va kuzatuvlarini jadval asosida amalga oshirdim.
Taqsimotga ko’ra 6 ‘’a’’ sinfga biriktirildim va reja asosida malakaviy amalyot ishlarini olib bordim. Jumladan 6 ‘’a’’ sinf bilan tanishdim va menda rahbarlik ko’nikmalari shakllanishi uchun o’qituvchi Amirov Anvar bilan birgalikda sinf hujjatlari va ma’naviyat soati mavzusida ishladik va ma’naviyat soatlarini reja asosida o’tdik. Ikki hafta davomida o’quvchilarga ertalabki gimnastika mashg’ulotlarini tashkil etdik, 8 ta dars mashg’ulotlarini tahlil qilib bordim va mashg’ulotlarga to’liq qatnashdim. Meyoriy hujjatlardan nusxa olib amalyot davomida foydalandim, jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi O’tkirboyev Shohruh bizga mashg’ulot o’tash metodikasi va meyoriy hujjatlari to’risida amaliy yordam ko’rsatti. Mashg’ulot jarayonida psixolok, fizialogik va anatomik o’zgarishlar haqida o’qituvchilardan ko’nikma tavsiyalar oldim.
Malakaviy amalyotim jarayonida jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi bilan birgalikda 1 ta dars mashg’ulotini olib bordim. Men mashg’ulot jarayoniga qatnashib metodik uslublarni o’rgandim. Amalyot jarayonida amalyot rahbarim Amirov Anvar bilan hujjatlar ustida ishladim, men qiziqtirgan savollarning barchasiga to’liq javob oldim.
O’quv bo’limi tomonidan menga biriktirilgan o’qituvchim bilan birga reja asosida ish olib bordim. Bu yerdagi barcha hujjatlar bilan to’liq o’rganib chiqdim. Amalyot jarayonida jismoniy tarbiya fani o’qituvchisini meyoriy hujjatlarni to’liq o’rganib chiqdim.
Menga biriktirilgan Amirov Anvar bilan amalyot davomida 6 ‘’a’’ sinfdagi barcha bolalarni qiziqqan sport turi bilan muntazam tarzda shug’illanib yuqori natijalarni egallab kelmoqda, bundan tashqari o’zi qiziqqan fanlarda muntazam tarzda to’garaklarga qatnashib kelmoqda.
Ikki haftalik amalyot davomida 68 – maktab o’quvchilar o’rtasida ‘’Valebool’’ sport turidan musobaqa o’tkazdik. Musobaqa juda ko’tarinki ruhda va kutilmagan natijalarga boy tarzda o’tdi.
Ikki haftalik malakaviy amalyot jarayonida rejada ko’rsatilgan barcha hujjatlar va pedagogik ko’nikmalarga ega bo’ldim.

Aniq – tabiiy fanlar va jismoniy


Madaniyat fakulteti Jismoniy
Madanyat yo’nalishi
128 – guruh talabasi Yaxshilikov Diyorbek Nurali o’g’li
Download 15.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling