Men yoshligimdan rassomchilik yo'nalishiga qiziqib kelganman va kelajakda rassom bo'lishni o'z oldimga maqsad qilganman
Download 41.54 Kb.
|
ESSE2
Men yoshligimdan rassomchilik yo'nalishiga qiziqib kelganman va kelajakda rassom bo'lishni o'z oldimga maqsad qilganman. Maktab davrida bir necha marta tuman,viloyat va respublika tanlovlarida ishtirok etib faxrli o'rinlarni qo'lga kiritdim. 2018-yilda viloyatimizda joylashgan O’zbekiston Badiiy Akademiyasi tasavvufidagi Buxoro ixtisoslashtirilgan san'at maktab-internatiga imtixon asosida o'qishga kirdim. U yerda akademik tasviriy san'at yo'nalishida ta'lim oldim. Ko'plab ijodkorlarning ijodi,hayoti va asarlarini, san'at tarixi va madaniyatlarini o'rgandim. 2020-yil dekabrda Shvetsariya elchixonasi homiyligida Bonum Factum Galleriyasi(“Art-Residence” Bukhara) tomonidan o'tqazilgan "Ko'chalar" deb nomlangan ko'rgazmada o'z asarlarim bilan faol ishritok etdim. Hozirda yosh ijodkor sifatida o'z ustimda ishlab ijodiy asarlar yaratmoqdaman. Malumingizki, biz o’rta asrlarda dunyo amaliy va tasviriy san'atiga katta tasir biri ko’rsatganmiz. Afsuski o'zbek xonlarimizning davlatni yaxshi idora qila olmaganlari, dini mutaasiblik,ichki uruhslar sababli biz turkiston ahli Chor Rossiyasiga qaram davlatlardanbiri bo’ldik. O’z tasviriy va amaliy san’atimizda rivojlanish kuzatilmadi. Mustaqillik yillarida san'atga e'tibor berilmoqda lekin asosiy bilimlarning kamligi uchun haliga san’atimizda o’sish bo’lmadi. Bizning qardosh xalqimiz Turkiya esa o’z mustaqilligini saqlab qoldi va zamonaviy san’atga e’tiborini kuchaytirdi. O’tgan asrda bir qator rassomlar Usman Hamdi,Ahmad Posho,Ho’ja Ali Rizo, Hikmat Onet,Turgut Zaimlar turk tasviriy san’atiga rivojiga o’z hissalarini qo’shdilar. Ularning “Toshbaqa boquvchi”, “ Qur’on o’qiyotgan ayol”,”Eldem Honim” va boshqalar dunyoga ularning san’atini ko’rsatmoqda. 1987-yildan beri o’tqazilayotgan Istanbul biennalisi va unda qatnashgan dunyoga taniqli haykaltaroshlar Anish Kapoor, Ardian Villar, Pedro Gomez-Egana keyingi avlod ijodkorlarining rivojlanishiga yordam beradi. Biz kabi yosh ijodkorlar o’z ustimizda chuqurroq izlanishlar olib borishimiz va dunyoqarashimmizni boyitish uchun o’tqazilayotgan Turkiya grandlari katta ahamiyatga ega.Rivojlangan yevropa davlatlaridan qolishmaydigan bilimlar, zamonaviy san’at muzeylari, biennalilar va islomiy an’analar chambarchas bog’langan muhit biz uchun katta imkoniyatlarni ochib beradi. Umid qilamanki bu grandlar hayotimda va ijodimda katta tasir o’tqazadi . Anvar Choriqulov Download 41.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling