Меҳнат хавфсизлиги ва атроф-муҳитни муҳофазаси


Trassa piketlari bo‘yicha nivelirlash


Download 1 Mb.
bet13/14
Sana15.01.2023
Hajmi1 Mb.
#1094497
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
praktika

Trassa piketlari bo‘yicha nivelirlash
Odatda piketlash jurnali milimetrli qog‘ozdan o‘lchami 10x15 sm qilib yasaladi. Daftardi o‘lchamiga ko‘ra 1:2000 masshtabda uning bir betiga 2 ta piket oralig‘i (200m) sig‘adi.
Tafsilotlarning shartli belgisi o‘rniga ularning nomini yozish mumkin. Piketlash daftarchasida masshtab doimiy bo‘lmasligi ham mumkin – tekis va tafsilotlar kam oddiy joyda masshtab kichik, aksincha tafsilotlar ko‘p murakkab joyda yesa yirik olinishi mumkin.
Trassa o‘qini joyga ko‘chirib piket, orqali ko‘ndalang qirqim nuqtalari va yegri chiziq bosh nuqtalarini rejala, mahkamlab chiqilgandan keyin trassa nivilirlab chiqiladi. Nivelirlash uchun aniq nivelir (НВ-1, Н-3, Н-3К, va h.k.) yoki tehnik nivelir (Н-10, 2Н-10Л, va h.k.), bir juft 3 yoki 4 m li buklanma shashkali reyka olinadi. Reykalar bir (qora tomon) yoki ikki (qora va qizil) tomonli bo‘lishi mumkin.
O‘rtadan nivelirlash usulida har bir stansiyada natija tekshirib boriladi. Piketlar bog‘lovchi nuqtalar hisoblanib, har ikkala qo‘shni piketlar orasiga, ulardan bir xil masofada, nivelir o‘rnatiladi. Asbob o‘rnatilgan yer stansiya deb ataladi. Nivelir stansiyasi PK0 va PK1 orasida olingan bo‘lsa, PK0 ga orqadagi va PK 1ga oldingi piket deyiladi. Bu piketlarda o‘rnatilgan reykalarga tegishlicha orqadagi va oldingi reyka deyiladi. Stansiyada dastlab piketlar nivelirlanadi va natija tekshiriladi, u to‘hri chiqsa, navbvtda, oraliq nuqta nivelirlanadi.
Ikki tomonli (qora va qizil) reykalar bilan har bir stansiyada nivelirlash quyidagi tartibda olib boriladi:
a) nivelirning ko‘rish trubasini orqadagi reykaga qaratib, reykaning qora tomonidan sanoq olinadi ;
b) nivelirning ko‘rish trubasini oldindagi reykaga qaratib, reykaning qora tomonidan sanoq olinadi ;
v) oldindagi reykani qizil tomonidan sanoq olinadi ;
g) nivelirning ko‘rish turbas orqadagi reykaga qaratilib, reykaning qizil tomonidan sanoq olinadi ;
Bu sanoqlar orqali nisbiy balandlik qiymati quyidagicha hisoblanadi:


Ikki marta hisoblab chiqarilgan qiymatlar o‘zaro teng bo‘lsa yoki ular orasidagi farq 4mm dan oshmasa, nivelirlash natijasi to‘g‘ri hisoblanadi. Agar shart bajarilmasa stansiyada reykalardan sanoqlar qaytadan olinadi. Shundan keyin nivelirni o‘rnidan qo‘zg‘atmasdan turib orqadagi reyka oraliqlariga biring‘ketin qo‘yilib uning qora tomoni bo‘yicha har bir nuqtadan bittadan sanoq olinadi. Olingan sanoqlar nivelirlash jurnaliga yozib boriladi. Va shu bilan ushbu stansiyada nivelirlash ishlari tugatiladi va keyingi nuqtaga o‘tiladi. Shu tarzda ketma-ket olingan stansiyalarda nuqtalar nivelirlanib, trassa oxirigacha boriladi.

Agar nivelirlash uchun bir tomonli reykalar olingan bo‘lsa, har bir stansiyada reykalardan sanoq nivelirni ikki gorizontida (asbob balandligini o‘zgartirib) olinadi.





Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling