Mendan nima qolar, ikki misra she'r
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hammada ham yurak bor, lekin Qalb - har kimda ham bolavermaydi !
- Dunyoni qizganma mandan
1 I ~ fasl Mendan nima qolar, ikki misra she'r, Odamlar ortimdan nima desa - der ……..................... Muhammad Yusuf Hammada ham yurak bor, lekin Qalb - har kimda ham bo'lavermaydi !............... Muallif 2 3 XAYQIRIQ Agar Mendan so'rasangiz dard Ko'ngli toza, a'moli begard, Qalbi ummon kabi lojuvard Insonni sevaman, insonni do'stlar. Savob ishning salmog'in bilgan Yaxshi yashab, yaxshi ish qilgan. Iymoni but, qalbi xotirjam Vijdonni sevaman, vijdonni do'stlar. Musibatda boshin egmagan, Kuragi hech yerga tegmagan, Karvonini yovga bermagan Sarbonni sevaman, sarbonni do'stlar. Elu-yurtga bo'lolgan tirgak, Qalbi yoniq, kuyuk, jonsarak, G'anim uchun dahshat, dovyurak O'g'lonni sevaman, o'g'lonni do'stlar. Tamaddunning asl ma'nosi, Odam Atoning Havo momosi, Muhabbatning ilk intihosi Janonni sevaman, janonni do'stlar. Xar bandaga umr berguchi Amallaring tergab turguchi, Qiyomatda ajr qilguchi Raxmonni sevaman, Raxmonni do'stlar. Ollohni sevaman, Ollohni do'stlar.................. 4 Dunyoni qizg'anma mandan .....……….. Abdulla Oripov SHUKRONA Har kas-u, nokasga egmadim boshim, Har nomard ko'rmadi ko'zdagi yoshim, Tugab borganda ham so'nggi bardoshim, Men boshimni baland tutganman Chun, Ollohdin madad kutganman! Qilganda xiyonat eng yaqin kishim, Tuhmat to'qmog'idan singanda tishim, Alam , iztirobdan yonganda ichim, Men boshimni baland tutganman Chun, Ollohdin madad kutganman! Qarindoshu-xeshlar o'girganda yuz, "Xaq" deb xayqirganim ketganda bejiz, Muhabbat quyoshi ham botganda izsiz, Men boshimni baland tutganman Chun, Ollohdin madad kutganman! Yana Olloh, yana, O'zingga shukur, Har nedan buyuksan, har nega zikr, Solsang ham boshimga ming bitta jabr, Men boshimni baland tutgayman Chun, O'zginangdan madad kutgayman!... Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling