12
DO'ST
Ko'rganda holim so'rguchi,
Orqamda tog'im - turguchi,
Jismimda jonim bo'lguvchi,
Do'sti - qadrdonim mening.
Fayzi
misoli oftob,
Suvrati
oliyjanob,
To'g'ri so'z,
to'g'ri javob,
Do'sti - qadrdonim mening.
Dardima malham izlagan,
Yomonni mendan gizlagan,
Ham senlab, ham sizlagan,
Do'sti - qadrdonim mening.
Boshima kelsa balo,
Ming turli g'avg'o
- mojaro,
Barchasiga rahnamo,
Do'sti - qadrdonim mening.
To'y - hashamda bosh bo'lib,
Hamdam - u sirdosh bo'lib,
Bir umr yo'ldosh bo'lib.
Do'sti - qadrdonim mening.
Do'sti - qadrdonim mening ...........
13
Axli ag'yorlar yashang,
Pashshadan, fillar yasang .................
Muhammad
Yusuf
LOQAYD
Qo'ydim dunyo
ishlarin,
Qarindosh-u
heshlarim,
Endi o'tar
bemalol
Erta, kunduz, kechlarim.
Menga bog'liq
g'iybatlar
Yaxshi-yomon
illatlar,
Ta'sir qilmas endi hech
Allambalo kulfatlar.
Men o'zimni o'ylayman,
Rosti-yolg'on so'ylayman,
Yolg'on qo'shiq kuylayman,
Adolatni suymayman.
Hayot sendan xafaman,
Boshqa ermak topaman,
Ishim bo'lmas sen bilan
Darvozamni yopaman.
Qo'ydim dunyo ishlarin,
Qarindosh-u heshlarim,
Endi o'tar bemalol
Erta, kunduz, kechlarim.
Do'stlaringiz bilan baham: