54
NOZANIN
Ul
nozanin zor ayladi,
Ko'nglimni abgor ayladi,
Ishqing mani xor ayladi,
Hey nozanin, hey nozanin.
Ey nozanin zor aylama,
Ko'nglimni abgor aylama,
Ishqing bilan xor aylama,
Hey nozanin, hey nozanin.
Nadan sani ozorlaring,
Tong otguncha xummorlaring,
Bug'sin
mani zulf torlaring,
Hey nozanin, hey nozanin.
Hey nozanin ozorlama,
Tong otguncha xummorlama,
Ulug'bekdan hech
orlama,
Hey nozanin, hey nozanin.
Ul nozanin zor ayladi,
Ko'nglimni abgor ayladi,
Ishqing mani xor ayladi,
Hey nozanin, jon nozanin.
Boqqil manga jon nozanin .........
55
O'YNA GULIM
(Yalla)
O'yna gulim o'yna, qoshingni qoqib o'yna
Davradagi yigitlarning ichini yoqib o'yna.
Osmondagi oymisan,
Uzuki go'zzina joymisan,
Muncha jafolar qilding
San hammadan boymisan.
Oy ham senga mahliyo,
Ko'yingda sochar ziyo.
Labingdan bir o'pmasdan
O'lib
getarmanmi - yo.
Endi sanga boylandim,
Uylanmaka shaylandim,
Vox - netarman yoronlar
Man Majnuna aylandim.
O'yna gulim o'yna, qoshingni qoqib o'yna
Davradagi yigitlarning ichini yoqib o'yna.
O'yna gulim, o'yna ..........
56
LAPAR
(Xorazmcha)
Olma-anor dasammi, go'zzini xumor dasammi,
Uyqudan uyg'on hay yorim, bog'larda bahor dasammi.
Yopdan suvlar aqodi
Kandr-qamish balqodi.
Bizing qalam-qosh
yor-yey
Yurak -bag'rim yaqodi.
Olma oqib galadi-yey
Suvlar balqib galadi.
Bizing qalam-qosh yor-yey
Jonlar olib galadi .
Sunbul soching qarodur
Yurakkinam yarodur,
Bizing qalamqosh yor - ey
Hamma yordan a'lodur.
Olma-anor dasammi, go'zzini xumor dasammmi,
Uyqudan uyg'on, hay yorim, bog'larda bahor dasammi ?
Do'stlaringiz bilan baham: