Mendan sizni nima qiynaydi? – deb so’rasangiz, farzandlarimizning ta’lim-tarbiyasi deb javob beraman


Download 1.75 Mb.
Sana02.01.2022
Hajmi1.75 Mb.
#198667
Bog'liq
1-slayd

  • Mendan sizni nima qiynaydi? – deb so’rasangiz, farzandlarimizning ta’lim-tarbiyasi deb javob beraman.
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev.

Doimo dolzarblikga ega bo’lgan tarbiya masalasi O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarda namoyon.

“Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish

Aynan yoshlarning ma’naviyatini, kelajakda milliy ruhda voyaga yetuvchi millatning ertasi bo’lishini ko’zlagan holda 2020-yil 6-iyul, 422-sonli O‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. Ushbu hujjatdan ko’zlangan asosiy maqsad, Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning ongiga umuminsoniy qadriyatlar va yuksak ma’naviyatini yanada chuqur singdirish, ularni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etish.

“Faxriy murabbiy” ordeni

  • O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2020-yil 9-iyundagi “Faxriy murabbiy” ordeni to‘g‘risida 622-sonli Qonuni bilan tasdiqlandi, bu esa soha vakillarini yanada o’z ustilarida tinimsiz ishlashlari va yoshlar bilan hamkorlikda samarali ustunvor vazifalarni bajarishga olib keladi. Har bir yuksak pedagogik madaniyatga ega o’qituvchi yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni yot g‘oyalardan asrash, adashganlarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, yosh avlod vakillarida faol fuqarolik pozitsiyasi va mafkuraviy immunitetni, tashabbuskorlik, fidoyilik va axloqiy fazilatlarni shakllantirishga munosib hissa qo‘shish, shuningdek o‘zining chuqur bilimi va boy hayotiy tajribasi bilan yordamga muhtoj hamda og‘ir ahvolga tushib qolgan yoshlar va oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ish bilan ta’minlash hamda tadbirkorlikga o‘rgatish, buning uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida barchaga shaxsiy namuna ko‘rsatish ham bo’lajak o’qituvchilarimizda shaxsan o’zini anglashi va ma’nan tarbiyalanishi, o’ziga hos fazilatlarni rivojlantira olishga qodir ekanligini anglatadi.

“Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari”

  • 2020-yil 10-iyunda 369-sonli “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari” to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga ko’ra, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini samarali tashkil etish, bu boradagi ishlarga vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini faol jalb etish, shuningdek, harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazishda sog‘lom raqobat muhitini yaratishdan iborat bo’lib, ushbu vazifalarni pedagogik madaniyatga ega bo’lgan o’qituvchilar oqilonalik bilan bajarishlari mumkindir.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling