161. Strategik menejment.
162. Nizo va stresslarni boshqarish.
163. Menejmentda axborotlar va kommunikatsiya.
Boshqaruv vazifalarini bajarish, yakka shaxslar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorliklar, kommunikatsiya va axborotlarni almashtirish vositasida amalga oshiriladi. Axborot va kommunikatsiya tushunchalari o‘zaro bog‘langan, ammo kommunikatsiya o‘z ichiga nimani (axborotni) uzatilishi va u qanday uzatilishini oladi. Har qanday rahbarning faoliyati quyidagi operatsiya va tadbirlarni bajarilishi bilan bog‘liqdir: — axborotlarni olish, tekshirish va ishlab chiqish; — qarorlar ishlab chiqish va amalga oshirish; — ularni bajarilishini nazorat qilish va tuzatishlar kiritish; — bajarilgan qarorlar bo‘yicha ma’lumotlarni tizimlashtirish va saqlash. Kommunikatsiyalar istalgan javobni olish maqsadida takliflar, fikrlar, luqmalar yoki hissiyotlarni og‘zaki va boshqacha shaklda (yozma shakl, imo-ishora, biror vaziyatda turish, oxirigacha aytmaslik va h.k.) uzatish yoli bilan amalga oshiriladi. Kommunikatsiyada uning ishtirokchilari ko‘rish, eshitish va his qilishga qodir bolishlari hamda ma’lum ko'nikmalarga va o‘zaro tushunishning ma’lum darajasiga ega bolishlari kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |