28. Menejmentda maqsadlar turlari.
Maqsadlar — aniq yakuniy holatlar bolib, u yoki bu subyekt (tashkilot, jamoa, inson)ning faoliyati unga erishishga qaratiladi. Maqsadlar tashkiliy munosabatlarni belgilaydi, ularga motivatsiya va nazorat tizimlari asoslanadi. Maqsadlarning ikkita asosiy turlari mavjud: uzoq va qisqa muddatli. Odatda bir yil yoki kamroq muddatda erishiladigan maqsadlar qisqa muddatli, uch yil yoki ko'proq muddatda erishiladigan maqsadlar uzoq muddatli deb hisoblanadi.
29. Menejmentda motivatsiya va nazorat.
Motivatsiya — o‘zini va boshqalarni maqsadlarga erishish uchun faoliyatga undash jarayonidir. Rahbarlar doimiy ravishda xodimlarni, ular buni his qiladilarmi yoki yo‘qmi, undaydilar. Qadimgi vaqtlarda buning uchun qamchi va qo‘rqitishlar, tanlab olinganlar uchun mukofotlar xizmat qilgan. Boshqaruvning motivatsiya usullarini quyidagilarga ajratish mumkin: — iqtisodiy motivatsiya usullari — ish haqi, mukofot, imtiyozli foizlar, foydalarda ishtirok etish, aksiyalar paketi, qo‘shimcha ish haqi va boshqalar; — ijtimoiy motivatsiya usullari — ijtimoiy tan olinish, tashakkurnoma, qoyil qolish, ilohiylashtirish, nafratlanish va h.k.; — psixologik motivatsiya usullari - shaxs ahamiyatini his qilish, befarqlik, zararlilik, keraksizlik va boshqalar; — hukmronlik motivatsiya usullari — lavozimini oshirish, qo‘shimcha vakolatlar berish va boshqalar; — ijtimoiy psixologik motivatsiya usullari - ijtimoiy faollikni oshirish, tajriba almashtirish, tanqid, ishga doir boshqaruv, kasbiy etika va h.k.;
Do'stlaringiz bilan baham: |