86. Boshqaruvning kombinatsiyalashtirilgan tuzilmasi. Boshqaruvninkombinatsiyaiashtirilgan tuzilmasi bitta tashkilot doirasidagi bo‘linmalar ishi xususiyatlari bilan belgilanadigan, to‘g‘ri chiziqli vazifaviy va boshqa tashkiliy tuzilmalar yig‘indisidan iboratdir. Bunda tashkilot ushbu vaziyat uchun yaxshiroq to‘g‘ri keluvchi shaklni o‘z ichiga oladi. Masalan, firmaning bitta bo‘limida mahsulotli, boshqasida vazifali, uchinchisida matritsa tuzilmadan foydalanish mumkin. Qoidaga ko‘ra, boshqaruvning yuqori darajasi to‘g‘ri chiziqli vazifaviy tuzilma bo‘yicha quriladi. Boshqaruvning quyi darajasi odatda boshqaruvning to‘g‘ri chiziqli tuzilmasi bo‘yicha quriladi. Bunda tashkilotlar boshqaruv tuzilmalarining egiluvchanligi, ularning turli-tumanligi asosan boshqaruvning o'rtacha darajasi bilan belgilanadi. Tashkilotlardagi boshqaruvning yuqori va quyi darajalari o'zgarishlarga nisbatan konservativroqdir
Do'stlaringiz bilan baham: |