Menejement rivojlanishining tarixiy shart – sharoitlari


Tashkilotlarni strategik boshqarish


Download 381.5 Kb.
bet66/111
Sana02.01.2022
Hajmi381.5 Kb.
#195814
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   111
Bog'liq
Menejement rivojlanishining tarixiy shart – sharoitlari

96. Tashkilotlarni strategik boshqarish.Strategik boshqaruv — strategiyani, ya’ni tashkilot rivojlanishining asosiy yo‘nalishini sifatli ishlab chiqish va uning resurslarini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish, istiqboldagi raqobat afzalliklarini ta’minlash va maqsadlarga erishish uchun tashqi muhit o‘zgarishlariga mutanosib javob berish asosida amalga oshirish bo‘yicha faoliyatdir.Strategik boshqaruvni dinamik tizim, beshta o‘zaro boglangan boshqaruv jarayonlari majmuasi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Bu jarayonlar mantiqan bir-birlaridan kelib chiqadilar (yoki keyin keladilar), bunda barqaror teskari aloqa va har bir jarayonni qolganlariga va ularning majmuasiga ta’siri mavjud boladi.Tashkilot a’zolari harakatini yo‘naltiruvchi ko‘zga ko‘rinmas dastaklarni o‘rnatuvchi tashkiliy madaniyat mohiyati bo‘yicha tashkilotning yuragi hisoblanadi. Bunday tashkilot tashqi ta’sirlarga javob berishi lozimligi, mumkinligi, tashkilotda o‘zini qanday tutish kerakligi, tashkilotni faoliyat yuritishining ma’nosi nimadan iboratligiga nisbatan barqaror me’yorlar, tasavvurlar, tamoyillar va ishonchlardan vujudga keladi. Strategiyani amalga oshirish bosqichida uning tashkiliy madaniyatini o‘zgartirish, uni tanlangan strategiyaga moslashtirishga asosiy harakatlarni yo‘naltirish kerak.

Download 381.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling