83. Boshqaruvning matritsa tuzilmasi.Boshqaruvning matritsa tuzilmasi — boshqaruvning tashkiliy tuzilmasining zamonaviy samarali turi bo‘lib, u ikkita tuzilmalar;— to‘g‘ri chiziqli va dasturiy maqsadni birga olib borish yo‘li bilan yaratiladi. To‘g‘ri chiziqli tuzilmaga muvofiq (vertikal bo‘yicha) tashkilot faoliyatining ayrim sohalarini boshqarish amalga oshiriladi; ishlab chiqarish, sotish, ta’minot, dasturiy-maqsadli tuzilmaga muvofiq (gorizontal bo‘yicha) dastur (loyihalar)ni boshqarish.Boshqaruvning matritsa tuzilmasida dastur (loyiha) rahbari to‘g‘ri chiziqli rahbarlarga ham bo‘ysunuvchi mutaxassislar bilan ishlaydi. U aniq dastur bo‘yicha nima va qachon qilinishi lozimligini belgilaydi. To‘g‘ri chiziqli rahbar esa u yoki bu ishni kim va qachon bajarishi kerakligini hal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |