117. Boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilish
Boshqaruv xodimlari mehnatini shunday tashkil etish kerakki, u ilm-fan yutuqlari va ilg‘or tajriba, xo‘jalik yuritishning ilg'or shakllaridan foydalanish, texnik vositalarni qollashga asoslanadi. U xizmatchilarni bir-birlari va ishchilar bilan hamda ishlab chiqarish (tijorat)ni boshqarish va muh andislik-texn i к va iqtisodiy ta’minlash vazifalarini amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan texnik vositalar bilan o‘zaro hamkorligini yaxshiroq o‘rnatish va muntazam ravishda takomillashtirishga imkon yaratadi. Mehnatni ilmiy tashkil etishning maqsadi ishlovchilarning sog‘liklarini saqlab qolgan holda mehnat unumdorligini oshirishdan iboratdir..
Do'stlaringiz bilan baham: |