114. Ishbilarmonlik etikasi.
Nutq madaniyati. Ishbilarmonlik etikasi — yaxshilik va yomonlik, ma’naviylik va axloqiylik, insonni jamiyatdagi ma’lum o‘rni, hayoti va faoliyatining ma’nosi haqidagi tushunchalarga mos keluvchi inson xulqining ta’limi va amaliyotidir. Ishbilarmonlik etikasi o‘z ichiga menejer, har qanday ishbilarmon kishi qo‘yilgan maqsadlariga erishish uchun suyanadigan ideallarni oladi. Ishbilarmonlik etikasi faoliyatining u yoki bu sohasida tavakkalli, novatorli, halol, omilkor va qonuniy biznesni olib borishga asoslanadi. Tadbirkorlik faoliyatining xili va uning alohida turlaridan qat’i nazar, ishbilarmonlik etikasi, ya’ni milliy etnik an’analari va undan kelib chiquvchi qoidalarni hisobga olishi kerak. Nutq madaniyati - kishining o‘qimishliligi, tarbiyaliligi va umumiy madaniyatining ko‘rsatkichlaridan biridir. Firmaning muvaffaqiyatli faoliyati, uning imidji ma’lum darajada uning rahbarlari va xodimlari qanchalik to‘g‘ri tilda so‘zlashishlariga, ular yozishmani qanchalik savodli va adabiy tilda olib borishlariga bog‘liqdir. Inson nutq madaniyatining umumiy alomatlari mavjud: nutqning to‘g‘riligi; tilning boyligi (o‘ziga xosligi); qisqalik; ravshanlik va aniqlik; jo‘shqinlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |