- Xodimlarni tanlay bilish va ulardan samarali foydalanishni ta'minlay olish;
- Qo’l ostidagilarni mehnatga o’rgatish va tarbiyalashni bilish; jipslashgan jamoani vujudga keltira olish; maqsad sari intiluvchanlik;
- Kutilmagan vaziyatlarda boshqarish qobiliyatini yo’qotmaslik.
- "Yomon korxona yoki tashkilot yo’q, lekin yomon rahbarlar bor". Bu ibora shuni bildiradiki, yomon ishlab turgan korxonaga jamoani yaxshi boshqaradigan, tashkilotchilik qobiliyati yuqori, mehnatsevar, talabchan, bilimdon rahbar qo’yilsa, u korxonani tezda yaxshi korxona safiga qo’shadi.
Agar ishlab turgan korxonaga tasodifan tashkilotchilik qobiliyati past rahbar kelib qolsa, u korxona asta-sekin tanazzulga yuz tutadi. 5. Boshqarish samaradorligini ta'minlay olish - Boshqarishni kollegial tarzda tashkil qila olish qobiliyati;
- Ish haqida qisqa va aniq gapirish qobiliyati;
- Ishga oid xat, buyruq, farmoyishlar yoza bilish turli manbaalardan ish uchun zarur axborotlarni olish qobiliyati;
- Rahbarlarni va qo’l ostidagilarni tinglay bilish qobiliyati;
- Asoslangan qarorlarni mustaqil va tez qabul qila bilish qobiliyati;
- Rejalarni bajarishdan xodimlarning moddiy va ma'naviy manfaatdorligini ta'minlash qobiliyati;
- Boshqaruv organi qarorlarini bajarish ustidan nazoratni ta'minlay bilish;
- Boshqarish strukturasini takomillashtirib borish qobiliyati va hk.
Rahbarning sifat xislatlarini belgilovchi mezonlar ko’p. Biroq quyidagi ijobiy xislatlar ular orasida alohida mavqega ega: - Dovyuraklik - bunday rahbarda mardonavorlik, botirlik, dadillik mavjud bo’ladi. Ular omadsizlikdan qo’rqmaydi. Qo’rquv ularni jasoratga chorlaydi va zafarlarga olib keladi. Har bir yangi harakatni taraqqiyotga va hayotiy tajribalarga erishtiradi.
- Sabrlilik - bunday rahbar muvaffaqiyatga birdaniga erishish mumkin emasligini yaxshi tushunadi. Unga faqat bardosh va sabr-toqatli bo’lib, sabot-matonat bilan qiyinchiliklarni engish orqali erishish mumkinligini biladi.
- Yaxshi niyatlik - bunday rahbar xayrixoh va iltifotli bo’ladi, kishilarga nisbatan doimo yaxshi niyatda bo’ladi. O’zidagi qanoatsizlikni g’irrom raqobatchilik yo’li bilan emas, balki xayrixohlik yo’li bilan bartaraf qilishga harakat qiladi. Uning hayotidagi shiori hasad emas, balki: "Birni ko’rib shukr qil, birni ko’rib fikr qil" - degan shiordir.
- Sog’lom shubhalilik - bunday rahbar ko’pincha "har narsada shubhada bo’l" degan shiorga amal qilsa-da, biroq nosog’lom shubha - bu xoin, u kishilarni urinib ko’rishdan qo’rqitib, erishishlari mumkin bo’lgan narsalardan mahrum etilishini yaxshi biladi. Shu bilan bir qatorda ular o’z kuchiga ishonish, unga sog’lom shubha bilan qarash ishchan mas'uliyatli qarorlarni qabul qilishga chorlashini, ularni bajarish yo’lida kishi kuchiga kuch qo’shishni yaxshi tushunishadi.
- Kamtarinlik - bunday rahbar kamtarlikning deyarli har doim iste'dodga to’g’ri mutanosib ekanligini, kamtarlikni etishmasligi esa nodonlikning darakchisi ekanligini yaxshi tushunadi.
- Samimiy xushmuomalalik - bunday rahbar sofdil, ochiq ko’ngil bo’ladi, chin yurakdan gapiradi. Qo’l ostidagilarga sadoqat bilan ixlos qo’yib xizmat qiladi. Ular samimiylikning og’ir va juda nozik masala, u aql va chuqur ma'naviy odobni talab etishini, shuningdek, kimki o’zgalar bilan nosamimiy munosabatda bo’lishga odatlangan ekan, u pirovard natijada o’z-o’ziga ham samimiy bo’laolmay qolishini yaxshi tushunishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |