Materiallarga bolgan talabni rejalashtirish (MRP I)
Material Requirement Planning (MRP I) standarti XX asrning 70 yillarida paydo bolgan, u materiallarga (tovar) bolgan talabni rejalashtirish vazifalarini yechishga, ishlab chiqarish zahiralarini boshqarishga imkon berdi, xususan:
komplekt mahsulotlar, ashyo va materiallar, detallar, yigma birliklarga bolgan talab grafigini hisobga olish;
omborda materiallar zahirasini meyorlashtirish;
material (tovar) va komplektlar yetkazilishiga tashqi buyurtmalarni shakllantirish;
ishlab chiqarish va savdo rejalarinimaterial va hokazolarga bolgan talabni qondirishni hisobga olib yaxshilash.
Material (tovar) va komplektlarga bolgan aniq talabni hisoblash mavjud zahiralarni, tugatilmagan ishlab chiqarish hajmi, ochiq buyurtmalar, ishlab chiqarish ritmi va tayyor mahsulotni sotishni taminlash uchun zahira mahsulotlarni saqlash darajasini inobatga olib amalga oshiriladi. Odatda, MRP sinfi axborot tizimlari malumotlarni markazlashtirib qayta ishlashdan foydalanadi. MRP sinfi axborot tizimining sxematik ishlashi 15.2-rasmda tasvirlangan.
MRP axborot texnologiyasining asosiy kamchiligi ishlab chiqarish kuchini hisobga olmasligidir.
Ishlab chiqarish kuchiga bolgan talabni rejalashtirish (CRP)
Capacity Resource Planning (CRP) usuli tayyor mahsulotni chiqarish rejasini amalga oshirish uchun zarur bolgan ishlab chiqarish kuchiga bolgan talabni rejalashtirish maqsadida taqdim etilgan. Sxematichno funksionalnost informatsionnix sistem klassa CRP sinfi axborot texnologiyalarining sxemali ishlashini 15.3.- rasmda tasvirlangan kabi qollash kerak. Hisob-kitobda ishchi markazlarning rejali yuklanishini balanslash (optimalllashtirmasdan) amalga oshiriladi.
Xom-ashyo resurslarini rejalashtirishning yopiq davri (CL MRP)
Ishlab chiqarish va zahiralarni boshqarish Amerika jamiyatining American Production and Inventory Control Society (APICS) belgilashicha, xom-ashyo resurslari va ishlab chiqarish kuchini rejalashtirishning yopiq davri tizimi Closed Loop MPR ishlab chiqarishning asosiy kalendar rejasini (MPS) mustahkam rejalashtirish va ishlab chiqishni taminlash bilan xomashyoga bolgan talabni rejalashtirish atrofida sigimga bolgan talabni hisobga olib qurilgan (CRP). CL MRP axborot texnologiyalari taminot-ishlab chiqarish - sotishning yopiq zanjirida qarorlarni qollab quvvatlaydi, biroq xojalik bozor mexanizmlariga yonaltirilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |