Menejment axborot tizimlari. Reja Menejmentda axborot tushunchasi Menejment texnikasi tushunchasi va tasnifi
Download 238.06 Kb. Pdf ko'rish
|
Menejment axborot tizimlari Reja Menejmentda axborot tushunchas
asosiy vazifasi — mamlakatda hisob va statistika
ishiga markazlashtirilgan holda rahbarlik qilishdir. Davlat statistika idoralari mamlakatning barcha ma’muriy-hududiy tuzilmalarida mavjud. Bu idoralar minglab sanoat korxonalari, qurilish, qishloq xo‘jalik korxonalari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, o‘n minglab madaniy, maishiy va boshqa muassasa hamda tashkilotlardan kelib tushgan statistik axborotlarni yig‘adi va qayta ishlab chiqadi. Statistik axborotlar turli-tumanligi, ommaviyligi va kelib tushishining davriyligi bilan farqlanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan obyektlardan kelib tushgan barcha statistik hisobotlarni ishlab chiqish yiliga bir necha milliard hisoblash operatsiyalarini bajarishni talab qiladi. AEICHdan foydalanish, asosan, tizimli xarakterga ega, bu bir qator sabablar bilan belgilanadi: Birinchidan, tartibga soluvchi vazifalarni yechishda turli darajadagi hisoblash qurilmalari ishtirok etadi. Ikkinchidan, AEICHning faoliyat yuritish texnologiyasi statistik hisobotlar quyi darajadagi korxonalar va tashkilotlardan birlamchi hisobotlarni kelib tushishidan boshlab, yuqori darajada yig‘ma hisobotlarni (jadvallarni) ishlab chiqishiga qadar bo‘lgan barcha bosqichlarini qamrab oladi. Bunda har bir keyingi darajadagi texnologiya oldingi darajadagi texnologiyaning mantiqiy davomi bo‘ladi. Pochta hisoboti uchun tizimli AEICHdan foydalanishning namunaviy texnologik tadbirlari misolida tartibga soluvchi statistik vazifalarni yechish texnologiyasini namoyish qilamiz. 1- tadbir . AEICHni ishlashga tayyorlash Magnitli diskka (MK) dasturlar va AEICH axborot fondining barcha elementlari (kategoriyalar, lug‘atlar, ma’lumotnomalar va boshqalar) bilan kutubxona to‘plamini kiritish yuz beradi. Zarur paytda axborot fondining ayrim elementlariga tuzatishlar kiritish tadbiri bajariladi. 2- tadbir. Dastlabki axborotni ishlab chiqishga tayyorlash Birlamchi statistik hisobotlarni ko‘zdan kechirish va shakllarini tayyorlash, bu hisobotlarning dastlabki ma’lumotlarini magnitli manbalarga ko‘chirish amalga oshiriladi. 3- tadbir. Dastlabki axborotlarni kiritish va yozish Birlamchi statistik hisobotlar ma’lumotlari kompyuterga kiritiladi, xatolar bayonnomasi tuziladi va kiritilgan axborotlarga tuzatishlar kiritish bilan nazoratning barcha turlari amalga oshiriladi. Keyin u katalog ma’lumotlari bilan yagona massivga birlashtiriladi va arxivni tashkil qilish uchun nusxalar ko‘chiriladi. 4- tadbir. Yig‘ma jadvallarni ishlab chiqish, nazorat qilish, tuzatish kiritish va chop etish Magnitli diskda oraliq yakuniy raqamli matritsalarni shakllantirish va yig‘ma jadvallarni dastlabki chop etish yuz beradi. Jadvallar nazorati o‘tkaziladi, birlamchi ma’lumotlarga tuzatishlar kiritilgan hollarda ayrim jadvallarni qaytadan hisoblash, nazorat qilish va chop etish bajariladi. Keyin yig‘ma jadval chop etiladi. 5- tadbir . Materiallarni yuqori darajaga uzatish uchun tayyorlash Oraliq yakuniy raqamli matritsalar ko‘rinishidagi yoki 3- va 4- tadbirlarni amalga oshirish jarayonida olingan yig‘ma jadvallar ko‘rinishidagi yuqori darajaga uzatiladigan to‘plamlarni magnitli manbalarga kiritish hamda uzatilayotgan axborotlar haqidagi ma’lumotnomalarni chop etish amalga oshiriladi. Keyin, chiquvchi to‘plamlarga ega magnitli manbalar, chiquvchi jadvallarning yakuniy chop etilishi hamda topshirilayotgan axborotlar haqidagi nazorat va ma’lumotnomali xabarlar yuqori darajaga pochta orqali jo‘natiladi. Bir qator AEICHlar uchun, yana hisobot beruvchi obyektlarning belgilangan doirasi bo‘yicha birlamchi hujjatlar shakllari ham jo‘natiladi. 6- tadbir. Past darajada olingan yig‘ma ma’lumotlar massivlarini birlashtirishga tayyorlash Olingan magnitli manbalarning har biri uchun navbati bilan kelib tushgan axborotlar haqidagi ma’lumotnomali xabarlar beriladi. Jadvallarning balansli hamda mantiqiy bog‘lanishi nazorati va zarur paytda har bir birlashtirilgan hudud bo‘yicha tuzatishlar kiritish hamda ularni qayta yozish amalga oshiriladi. 7- tadbir. Ma’lumotlarni jamlamagan holda manbalarni birlashtirish orqali jadvallarning dastlabki jamlanishi Bunda bir qator AEICH uchun kataloglarni ishlab chiqish qismlari (vazirliklar, muassasalar, sohalar va boshqalar) bo‘yicha shakllantirish, ishlab chiqishning barcha qismlari bo‘yicha yig‘ma jadvallarni hisoblash va chop etish, bu jadvallarning balansli va mantiqiy bog‘lanishini nazorat qilish yuz beradi. Zarur paytda ularga tuzatishlar kiritish va qayta chop etish, umuman, hududlar bo‘yicha yig‘ma jadvallarni shakllantirish va chop etish, mashina manbalaridagi yig‘ma axborotlar tuzilishi haqida axborot beruvchi ma’lumotlarni berish amalda bajariladi. 8- tadbir. Yig‘ma jadvallar, markazlashtirilmagan hisobotlarni ishlab chiqish va olish Bu tadbir respublika darajasidagi ko‘pgina AEICHda bajariladi va hisobotlari statistika idoralarida markazlashtirilmagan bir qator vazirliklardan yig‘ma jadvallar qabul qilishni ko‘zda tutadi. Bu holda quyidagilar amalga oshiriladi: vazirliklar bo‘yicha yig‘ma yakunlarni qabul qilish, ularni kompyuterga kiritishga tayyorlash, nazorat qilish va tuzatish kiritish bilan yozish hamda yig‘ma jadvallarni mashinada bosib chiqarish. Markazlashtirilmagan vazirliklar bo‘yicha bu tadbirlar natijasida olingan axborotlar mashina manbalariga kiritiladi, ulardan yuqorida bayon qilingan 7-tadbirni bajarishda pastki darajada olingan manbalar bilan bir qatorda foydalaniladi. 9- tadbir. Mahalliy rahbarlik idoralari uchun jadvallarni olish Operatsiya viloyat, tuman yoki birlashma darajasida bajariladi. Birlashma darajasi axborotlarni tizimli ishlab chiqish talablarini qondiruvchi hisoblash texnikasining zarur vositalari bo‘lmagan bir qator statistika hududiy (tuman) idoralar uchun tashkil qilinishi mumkin. Bu darajada mahalliy rahbar idoralar uchun maxsus (markazlashtirilgan ishlab chiqarish kirmaydigan) jadvallarning ma’lumotlarga ega oraliq raqamli matritsalari shakllantiriladi va ularni chop qilish amalga oshiriladi. Ko‘pgina AEICHda yig‘ma jadvallarni olish (masalan, ma’muriy tumanlar bo‘yicha) va bosib chiqarish maqsadida 3-tadbirni amalga oshirish jarayonida dastlabki ma’lumotlar massivi ko‘rinishida tayyorlangan birlamchi hisobotlarni qo‘shimcha ishlab chiqarish o‘tkaziladi. Maxsus yig‘ma jadvallar, qo‘shimcha ishlab chiqish natijasida olingan yig‘ma jadvallar mahalliy rahbar idoralariga beriladi. Download 238.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling