Menejment axborot tizimlari. Reja Menejmentda axborot tushunchasi Menejment texnikasi tushunchasi va tasnifi


Download 238.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana14.04.2023
Hajmi238.06 Kb.
#1357164
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Menejment axborot tizimlari Reja Menejmentda axborot tushunchas

Iqtisodiy axborot menejmentda asosiy rol o'ynaydi. 
Axborot tizimlari murakkab axborot tuzilmalari bo‘lib, u 
turli hujjatlarni, axborot oqimi, aloqa kanallari, texnik 
vositalar, avtomatlashtirilgan menejment tizimlarini o'z 
ichiga oladi. Rahbar qabul qilgan boshqaruv qarorlari va 
uning ma’nosi axborot xizmatlariga bog'liq. 
Kommunikatsiya jarayoni - bu ikki va undan ortiq 
odamlar o'rtasidagi axborot almashish jarayonidir. 
Kompyuterlar nafaqat ishlab chiqarishni boshqarish 
uchun, balki iqtisodiyotning barcha jabhalariga kerak.
Nazorat savollari 
1. Axborot nima va uning qanday turlari mavjud? 
2. Qanday axborotlar ichki va tashqi axborot 
deyiladi? 
3. Axborotlar bilan ishlashda qanday muammolami 
hal etish lozim? 
4. Axborot tizimini loyihalashtirish jarayoni qanday 
vazifalarni amalga oshiradi? 
5. Menejment texnikasi nima? 
6. Menejment texnikasining qanday turlari mavjud?


Statistika axborot tizimlari. 
Reja 
1.Davlat statistikasi va uning vazifalari 
2.Axborotlarni elektron usulda ishlab 
chiqish 
3.Axborot xizmati ko‘rsatish vazifalarini 
yechishni tashkil qilish 
4. Iqtisodiy tahlil vazifalarini yechishni tashkil 
qilish 
Tayanch iboralar: statistikasi, teskari aloqa
turli-tumanligi, 
ommaviyligi, 
tarmoqlar 
statistikasi, Olimp dasturiy vositasi… 
 
Iqtisodiyotni boshqarish tizimida davlat 
statistikasining vazifalari, ularning xizmatlari va 
tashkil qilinishi 
Davlat statistikasi — mamlakat iqtisodiyotini 
boshqarish tizimidagi eng muhim bo‘g‘inlardan biri. 
U jamiyat hayotidagi ommaviy hodisalarni o‘rganish, 
ularning 
murakkab 
o‘zaro 
aloqalari 
va 
hamkorliklarini aniqlash, iqtisodiy faoliyat yuritish 
hamda rivojlanishga ilmiy asosda baho berishga 
qaratilgan. 
Davlat statistikasining asosiy vazifalari 
quyidagilar: 
— 
iqtisodiyotning barcha sohalari va ularga 
tegishli korxonalarning faoliyati haqidagi statistik 
axborotlarni yig‘ish, ishlab chiqish va turli 
foydalanuvchilarga taqdim etish; 


— 
hozirgi 
zamonaviy 
bosqichda 
jamiyat 
ehtiyojlari hamda xalqaro andozalarga mos keluvchi 
ilmiy asoslangan statistik uslubiyotlarni ishlab 
chiqish; 
— 
barcha rasmiy statistik axborotlar to‘liqligi va 
ilmiy asoslanganligini kafolatlash; 
— 
iqtisodiyotni 
boshqarish 
idoralarining 
statistik 
faoliyatini 
muvofiqlashtirish va ular 
tomonidan 
sohaviy 
(muassasaviy) 
statistik 
kuzatishlarni o‘tkazishini ta’minlash; 
— 
barcha 
foydalanuvchilarga 
mamlakatning 
ijtimoiy-iqtisodiy holati, iqtisodiyotning sohalari va 
sektorlari haqidagi rasmiy ma’lumotlarni tarqatish 
yo‘li bilan ochiq statistik axborotlarga teng kirishni 
taqdim etish. Davlat statistikasi mamlakatda statistik 
axborot tizimini yaratish uchun baza bo‘lib xizmat 
qiladi. Davlat statistika idoralari o‘z faoliyatini 
O‘zbekistonda hisob va statistika tizimida iqtisodiy 
rivojlanishning davlat tomonidan boshqarilishiga 
rioya qilgan holda amalga oshiradi. O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi boshqaruv 
idoralariga iqtisodiyot sohalari hamda ularga qarashli 
korxonalar va tashkilotlar faoliyati haqidagi barcha 
zarur statistik axborotlarni bergan holda, ularga 
nisbatan teskari aloqa vazifasini bajaradi. 
Boshqaruv 
obyektlari 
deganda, 
tizimning 
me’yoriy faoliyat yuritishi uchun muntazam nazorat 
qilish va tartibga solishni talab qiladigan element 
tushuniladi. 
Iqtisodiyotning 
sohalari, 
ularning 
korxonalari va tashkilotlari boshqaruv obyektlari 
sanaladi. 


Obyektlarni boshqarish uchun boshqaruvchi 
tizim (boshqarish subyekti) yaratiladi. Bu hol ularni 
o‘z vaqtida me’yoriy faoliyat yuritishga olib kelishni 
ta’minlaydi. 
Boshqaruv 
idoralari 
boshqarish 
obyektlariga 
davlat 
statistika 
idoralari 
orqali 
to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa (vazifalar) va teskari aloqa 
(hisobot) vositasida ta’sir qiladi. 
Davlat statistika idoralari, davlat boshqaruvi 
idoralarini iqtisodiyot sohalarining faoliyati haqida 
xabardor qilib, boshqaruvchi axborot qabul qilingani 
va boshqaruv obyektlarining haqiqiy holatidan kelib 
chiqqan 
holda 
qayd 
etilgan, 
mo‘ljallangan 
harakatlarida 
aks 
ettiriluvchi 
muhim 
signal 
vazifalarini bajaradi. 
Statistik axborot tizimi murakkab tizimlarning 
oldiga qo‘yiladigan quyidagi barcha talablariga 
javob beradi: 
— 
umumiy maqsadga erishish uchun tizim 
elementlarining muvofiq o‘zaro hamkorligi nuqtayi 
nazaridan birligi; 
— 
katta o‘lchamlilik; 
— 
holatning murakkabligi va boshqalar. 
Davlat statistika idoralari o‘z ishini umumiy 
tamoyillar, davlat statistikasining yagona uslubiyati 
va ularni tashkil qilinishi asosida bajaradi. Ularning 

Download 238.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling