Menejment fanining mazmuni va mohiyati Menejment
Menejment fani foydalanadigan usul (metod)lar
Download 79 Kb.
|
Menejment predmeti, maqsad va vazifalari
1.3. Menejment fani foydalanadigan usul (metod)lar
Menejment fani voqelikni bilishga bag’ishlangan umumfalsafiy usullarni qo’llaydi. Eng avvalo, boshqaruvchi ob'ektni aks ettiruvchi, uni talqin etishga yordam beruvchi ma'lumot (fakt)lar jamlab baholanadi. Bu ma'lumotlar mikro, mego va makro darajadagi voqelikka oid bo’lishi mumkin. Bu boshqaruvni idrok etishdagi empirik bosqich hisoblanadi. Boshqarishning sir-asrorlarini ilmiy asosda o’rganish, tahlil qilish maqsadida bu fan quyidagi uslublardan foydalanadi (2-jadval). 2-jadval. Menejment fanining tahlil usullari
Ilmiy jihatdan asoslangan boshqaruv qayd qilingan usullarning hammasidan uzviy bog’liqlikda foydalanishni taqozo etadi. Menejment fani boshqarish to’g’risidagi bilimlar majmuidir. U ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir. Menejment, dastavval iqtisodiy nazariya bilan yaqindan bog’liqdir. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy metodlarni qo’llab, har bir xodimga va jamoaga ta'sir ko’rsatishga asoslanadi. Menejment makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, istiqbolni belgilash, mehnat iqtisodiyoti kabilar bilan chambarchas bog’liqdir. Menejment fani boshqarishning umumiy qonuniyatlarini, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo’lgan axborotlarni idrok qilish va qayta ishlash jarayonlarini o’rganuvchi kibernetika fani bilan uzviy bog’langandir. Asosiy adabiyotlar Download 79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling