Менежмент фанининг умумий тавсифи ва асосий тушунчалари


Menejmentning obyekti va subyekti va ularning o’zaro aloqadorligi


Download 1.23 Mb.
bet2/4
Sana10.03.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1256665
1   2   3   4
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint

Menejmentning obyekti va subyekti va ularning o’zaro aloqadorligi

  • Korxona va tashkilotlarda menejment mehnati hamkorlik bilan uzluksiz bog’liqdir. Har qanday boshqaruv tizimi qo’yilgan, ular yechishi kerak bo’lgan masaladan qat’iy nazar ikkita tizimni birlashishini bildiradi: boshqariluvchi (boshqaruvni obyekti) va boshqaruvchi (boshqaruvni subyekti). Menejment obyekti deganda, ishlab chiqarish jarayonlari elementlari majmuasini tushuniladi. Bunga texnik, iqtisodiy va ijtimoiy elementlar kiradi. Техnik elementlar o’z ichiga asosan texnikasini, ishlab chiqarish texnologiyasini, iqtisodiy elementlar-rejalar, moliya, moddiy rag’batlantirish, ijtimoiy elementlar – hodimlar va ular o’rtasidagi munosabatdir. Bu esa bir butun tartibga solingan o’zaro bog’liq elementlar birlashmasi bo’lib, tizimni tashkil qiladi. Menejment sohasida odamlarni murakkab va ko’p qirrali mehnat faoliyatini ikki yirik turga ajratish mumkin: ishlab chiqarish jarayonini bevosita amalga oshiruvchi mehnat va ushbu jarayonlarni boshqarishga yo’naltirigan faoliyat.

Menejmentning asosiy tamoyillari

  • Tamoyil – bu faoliyat yuritishning asosiy qoidasi, yetakchi g’oyadir. Menejment tamoyillari deganda, korxonaga rahbarlik qilishda asoslaniladigan asosiy qoida, yo’l yo’riq, xulq me’yorlari tushuniladi. Menejment tamoyillari iqtisodiyot qonunlari ta’siri natijasida menejment usullariga bog’liq hodisalar mohiyatini aks ettiradi. Boshqaruv mexanizmi sxemasini quyidagicha ifodalash mumkin:
  • Qonunlar – tamoyillar – usullar – uslublar
  • Menejment tamoyillari o’zaro bog’liq va birgalikda qo’llanilishi lozim. Menejmentning asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi:

Boshqaruvda yakkaboshchilik va kollegiyalik tamoyili

  • Yakkaboshchilik tamoyili bevosita ishlab chiqarishda korxona hodimlari a’zolarining yagona rahbar buyruqlariga qat’iy bo’ysunishini talab qiladi. Yuqori darajadagi rahbar quyi bo’g’in rahbar vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etmasligi lozim. Bu tamoyilni amalga oshirishning asosiy sharti har bir ijrochining huquq, burch, majburiyatlarini qat’iy belgilab qo’yishdir. Yagona boshchilik kollegiallik, qabul qilinadigan qarorlaroshkoraligi bilan qo’shib olib borilishi kerak. Kollegiallik intizom, rahbar, yagona shaxs idorasiga so’zsiz bo’ysunish bilan birga amalga sohishi kerak.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling