Menejment haqida umumiy tushuncha
Download 20.42 Kb.
|
sasasasasasas
- Bu sahifa navigatsiya:
- Menejment
Menejment haqida umumiy tushuncha. Menejment (inglizcha management — boshqarmoq, idora qilmoq, tashkil qilmoq) — bu: — ishlab chiqarishni, tijoratni boshqarish bo‘yicha ma’lum maqsadlarni ko‘zlovchi amaliy faoliyat; — boshqaruv nazariyasi fani boshqaruv tamoyillari, usullari, vositalari va shakllarining majmuasi; — mamlakatimizning hozirgi zamon amaliyotida korxona, aksiyadorlik jamiyatining rahbarlik qiluvchi tarkibidir. Menejment tushunchasi hayotimizga mustahkam kirib kelgan va o‘zbekcha ishga doir faoliyat uchun odatiy bo'lib qolgan. Ammo shuni hisobga olish joizki, gap yangi falsafa haqida ketmoqda, bunda qadriyatlar va ustuvorliklarning yangi tizimlari amalda bo‘ladi. Shu munosabat bilan menejment atamasining ma’nosi ustida batafsilroq to‘xtash darkor. Ba’zi bir mualliflar o‘zbekcha boshqaruv so‘zi va inglizcha menejmentni sinonimlar deb hisoblaydilar. Haqiqatda esa ularning mazmuni birmuncha farqlanadi. Menejment atamasini qo‘llab turib biz xalqaro amaliyotda o‘rnashib qolgan tendensiyaga rioya qilamiz, unga ko‘ra uning ostida hodisa va jarayonlarning butunlay ma‘lum doirasi ko‘zda tutiladi. Aslida esa boshqaruv atamasi menejment atamasining qanoatlantiruvchi o‘rinbosari bo‘lmaydi, chunki keyingi holda gap zamonaviy tashkilot vositasi va doirasida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish haqida ketadi. Menejment – rejalashtirish, tashkillashtirish, tashkilot resurslarini boshqarish va nazorat qilish orqali tashkilot maksadlariga samarali erishish. Ushbu ta’rifda ikkita asosiy g‘oya yotadi: 1) boshqarishning asosiy vazifalari, aynan, rejalashtirish, tashkillashtirish, nazorat va liderlik; 2) tashkilot maqsadlariga samarali erishish. Boshqarishning asosiy vazifalarini bajarish menejerlardan turli hil qobiliyat va bilimni ishlatishni talab etadi. Tashkiliy maqsadlarga erishish uchun resurslardan foydalanish jarayoni 1.1 rasmda ko‘rsatilgan. Ba’zi bir tadqiqotchilar menejmentning yana boshqa vazifalarini ajratishadi, aynan, kadrlarni tanlash, kommunikatsiya qilish va qarorlar qabul qilish. Download 20.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling