Menejment haqida umumiy tushuncha


Menejmentning asosiy vazifalari


Download 20.42 Kb.
bet2/3
Sana17.01.2023
Hajmi20.42 Kb.
#1097157
1   2   3
Bog'liq
sasasasasasas

Menejmentning asosiy vazifalari
Rejalashtirish
Menejment kompaniya kelajakda bo‘lishni xoxlagan «joyni» va uni u erga olib boradigan «marshrut»ni belgilaydi. Rejalashtirish ostida biz kelajakda tashkilot faoliyatining natijalari va maqsadlarni aniqlash, shuningdek, vazifalarni belgilash va ularni hal qilish uchun zarur resurslarni baholashni tushunamiz. Rejalashtirishning cheklangan tarkalishi, shuningdek, uning etarlicha yukori darajada ishlangan bo‘lmasligi tashkilot foalityatining samarasi pasayib ketishiga olib keladi.


Tashkillashtirish
Rejalashtirishdan so‘ng tashkillashtirish keladi, ya’ni rejani bajarish uchun foydalaniladigan usul va vositalar haqida qaror qabul qilish. Tashkillashtirish ish vazifalarini belgilash, ularni tashkilot bo‘limlarida aniqlashtirish va ular o‘rtasida resurslarni taqsimlash.
Liderlik
Liderlikni menejmentning vazifalari sifatida ahamiyati muntazam oshib bormokda. Liderlik (boshqarish) ostida tashkilot maqsadlariga erishishga ishchilarni motivatsiya qilish uchun menejer ta’siridan foydalanish tushuniladi. Samarali boshqarish tashkilotning barcha hodimlari uni maqsadlari, qadriyatlari va madaniyatini bo‘lishishadi, umumiy faoliyat bilan yukori natijalarga erishishga harakat kilishini nazarda tutadi. Kuyilgan vazifalarni echishga bevosita menejerga bo‘ysingan hodimlarni, hamda butun bo‘lim va filiallarni motivlashtirish zarur. Bizning noaniqlik, kompaniyalarni «soddalashtirish», xalkaro rakobat va ishchi kuchi turlarini kupayishi asrida menejmentni korporativ madaniyatni shakllantirish, muammolarni echish va ishchilarni tashkilot maqsadlariga erishish uchun motivlashtirish – biznes muvaffaqiyatining kritik muhim omilidir.
Nazorat
Nazorat – boshqaruv jarayonining to‘rtinchi vazifasidir. Nazorat degani ishchilarning harakati, tashkilotni tanlangan yo‘nalish bo‘yicha aniq rioya qilishi va qo‘yilgan maqsadlarga erishishini kuzatish, shuningdek, zarur o‘zgartirishlarni kiritishdir. Ishchilarni mustaqillik darajasini oshishi va boshqaruv taqsimlanishining yangi tendensiyalari an’anaviy nazorat shakllari o‘rniga ishchilarni ish bajarilishini o‘zlari kuzatishi va qilingan hatolarni o‘zlari menejerga ko‘rsatmalar olish uchun murajat qilmasdan tug‘irlashlariga olib keldi.
Ishchilarga qat’iy cheklanmalar qo‘ymasdan menejerlarga nazoratni amalga oshirishga zamonaviy axborot texnologiyalari yordam beradi.
Holat shuni taqazo qilsa, axborot texnologiyalari qo‘l ostidagilarni erkinligini cheklash uchun qo‘shimcha vosita bo‘lishi mumkin.

Download 20.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling