«menejment» kafedrasi «IQTISODIYOT VA menejment» fanidan k u r s I s h I
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Yangi
5 KIRISH Bugun mamlakatimizda to‘qimachilik va tikuvchilik-trikotaj sanoati korxonalarining aksariyati «O‘zto‘qimachiliksanoat» aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiradi va ushbu uyushma birinchi marta Toshkentda Global Textile kunlarida bo‘lib o‘tdi, mahsulot eksporti 2.0 milliard dollarni tashkil etdi. Sohada sport mahsulotlari ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugun 20ta korxona ayollar kiyimlari, jumladan ko’ylak, palto, jaket va boshqa kiyimlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan. Milliy liboslar yaratish va ishlab chiqarish ham muhim yo‘nalishga aylangan. Mamlakatimiz hududlari va poytaxtimizda «O‘zto‘qimachiliksanoat» korxonalariga qarashli do‘konlarda kundalik kiyimlar, sport formasi, ro‘zg‘orga kerakli to‘qimachilik buyumlari, paypoq va boshqa turli mahsulotlarni arzon narxlarda xarid qilish mumkin. Zamonaviy liboslar yaratish uchun xorijlik dizaynerlarni jalb qilish va keyinchalik ularni mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish borasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda «O‘zto‘qimachiliksanoat» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston dizaynerlari va xorijiy davlatlardagi yetakchi moda hamda dizayn maktablari vakillari ishtirokida «Moda va dizayn – 2015» xalqaro festivali tashkil etildi. Unda Italiya, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlardan jahon moda sanoati vakillari qatnashdi. Festival doirasida «O‘zto‘qimachilisanoat» korxonalarining 160 dan ortiq dizaynerlari va mamlakatimizning taniqli dizaynerlik guruhlari tomonidan yaratilgan liboslar namoyish etildi. Chet el investitsiyalarini jalb qilish, yangi zamonaviy korxonalar tashkil etish va faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish mamlakatimizda yengil sanoat sohasini yanada rivojlantirish imkonini bermoqda O‘tgan yilning oxirida Toshkent viloyatidagi «Maksim Gold» mas’uliyati cheklangan jamiyati bazasida qiymati 7 million dollar bo‘lgan investitsiya ishi hayotga tatbiq etildi. Bu yerda yiliga 3,5 ming tonna kalava ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Andijon viloyatida ham qiymati 2,44 million dollarga teng loyiha amalga 6 oshirildi. Jizzax viloyatidagi «Do‘stlik» mashina-traktor parki bazasida esa yiliga 3,5 million dona tayyor mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. O‘tgan yili soha korxonalarida energiya sarfini kamaytirish va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirildi. Yengil sanoat korxonalari o‘z faoliyatida mahsulotlarni eksport qilishni kengaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Buning samarasida sohada eksport hajmining ortib borayotgani va ichki bozorlarimiz mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sifatli mahsulotlar bilan ta’minlanayotgani kuzatilmoqda. Jumladan, o‘tgan yili qiymati 1 milliard dollardan ziyod yengil sanoat mahsulotlari eksport qilindi. O‘tgan davrda eksportchi korxonalar soni 254 taga yetdi va bu «O‘zto‘qimachiliksanoat » korxonalari umumiy sonining 89 foizini tashkil qiladi. Bugungi kunda kompaniya korxonalari eksportga yetkazib berilayotgan tayyor buyumlar turini kengaytirish borasida ham samarali ishlarni amalga oshirayotir. Misol uchun, o‘tgan yilning yanvar-dekabr oylarida soha korxonalari eksport qilayotgan mahsulotlar tarkibiga bambukli, modal va aralash kalava, jakkard va ringel mato, yangi tur va modeldagi, turli rasmlar solingan tayyor tikuvchilik-trikotaj buyumlari kiritildi. Ayni paytda umumiy eksport hajmida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tovarlar ulushi 40 foizga yetdi. «O‘zto‘qimachiliksanoat» korxonalarining O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo kompaniyalari bilan yaqin hamkorligi samarasida jahon bozorida to‘qimachilik hamda tikuvchilik-trikotaj mahsulotlariga bo‘lgan talab inobatga olingan holda, eksport ko‘lamini kengaytirish ishlari amalga oshirilayotir. Tashqi savdo bozorlarini diversifikatsiya qilish, eksport qilinadigan tovarlar turini kengaytirish maqsadida soha korxonalari Xitoy, Rossiya, Belarus, Latviya, Koreya Respublikasi, Germaniya va boshqa davlatlarda o‘tkazilgan xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-yarmarkalarda ishtirok etdi. Keyingi yillarda zamonaviy bozor iqtisodiyoti asosida rivojlanayotgan bir qator mamlakatlarda yirik korxonalarning ichki bo’linmalari bajargan avvalgi ko’p funksiyalardan voz kechish va bu funksiyalarni kichik 7 korxonalarga berish jarayoni kuzatilmoqda. Aynan shu sabablarga ko’ra yirik sanoat korxonalari soni qisqarib, kichik korxonalar soni o’sib bormoqda. Bu jarayon bozor iqtisodiyotining dinamik, harakatchan, yangiliklarga hozirjavob tarzda o’sishiga tez moslashuvchan bo’lishni ta’minlaydi. Shunga muvofiq, O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar korxonalari bilan raqobatbardoshlik darajasi ortishiga imkon beradigan eng muhim omillardan biri kichik korxonalarning butun bir tarmog’ini vujudga keltirishga imkon beradigan shart-sharoitlarni yaratishdan iborat bo’lib, bunday korxonalar yig’indisi raqobatdoshli bozor muhitini yaratishga imkon beradi. Tikuvchilik sanoati oldiga qo`yiladigan masalalarni yechishda kiyimni amaliy va ilmiy jihatdan konstruktsiyalash ishlari yetakchi o`rin egallaydi, chunki loyihalashning ayni shu bosqichida kiyim va uning sifatiga qo`yiladigan barcha ijtimoiy va texnik-iqtisodiy talablar to`liq hisobga olinishi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling