«menejment» kafedrasi «IQTISODIYOT VA menejment» fanidan k u r s I s h I
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Yangi
10 1.3. Material tanlash va asoslash. Erkaklar kiteli uchun ishlatiladigan gazlamalar sarja yoki polotno o‘rilishida to‘qiladi. Teskari tomonida suv o‘tishiga qarshilik ko‘rsatuvchi plyonkasi bo‘ladi. Bu guruhchaga yana bir qancha “kostumbop” gazlamalar ham kiradi. Kiyimbop gazlamalar guruhining maxsus guruhchasiga kiruvchi gazlamalar ham sidirg‘a rangda ishlab chiqariladi. Yuza zichligi 220—320 g/m 2 , eni 65—105 sm. Ular maxsus kiyimlarni tikishda qo‘llaniladi. Gazlamalar maxsus diagonal, kitellar uchun, sport kiyimlari uchun, kiyimbop va hokazo gazlamalar deb ataladi. Uchinchi maxsus guruhchaga, asosan, “triko” va “jins” gazlamalari kiradi. Polister viskoza gazlamasining afzalligi shundaki, u yo‘l-yo‘l yoki katak ko‘rinishda bo‘ladi. Bu turli rangli iplarni ishLatish yoki aralash o‘rilishlarda to‘qiLishi sababli hosil qilinadi. Ular uncha qimmat bo‘lmagan erkaklar kostum va shimlarini tikishda ishlatiladi. Har xil kiyimlar tikishda issiq saqlovchi qistirmalar sifatida momiq ishlatilishi mumkin. Jins gazlamalari sarja o‘rilishida tandasida rangli iplardan, arqog‘ida esa xom iplardan to‘qiladi. Bu gazlamaning g‘ijimlanmasligini va kiyimning shaklini saqlash xususiyatini ta’minlash uchun unga yuvilib ketmaydigan appret bilan ishlov beriladi. Ayrim artikullarining tolali tarkibiga lavsan tolasi qo‘shiladi. Jins gazlamasi yoshlar sport kiyimlari, kurtkalar, shimlarni tikishda keng qo‘llaniladi. Qishki guruhcha movut, zamsha, velveton gazlamalaridan iborat. Bu gazlamalarni klassik gazlamalar jumlasiga kiritish mumkin. Ularning sirtida zich joylashgan taralgan tuki bo‘ladi. O‘rilishi — kuchaytirilgan satin. Movut to‘q ranglarga bo‘yalgan holda pardozlanadi. Velvetonning yuza zichligi 370—400 g/m 2 . Tandasida pishitilgan ip (29,4 teks x 2 — 15,4 teks x 2), arqog‘ida esa yakka (50—58,8 teks) iplar ishlatiladi. 11 2-Rasm. Erkaklar kiteli uchun Polister Viskoza materiali. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling