Qistirmalar yordamida karies natijasida buzilgan toj qismining anatomik shakli tiklanadi. Qistirmalar uchun material sifatida quyidagi materiallar ishlatiladi
Download 1.93 Mb.
|
otp ppt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qistirmalar yordamida karies natijasida buzilgan toj qismining anatomik shakli tiklanadi.
- Qistirmalar uchun boshliqlarni shakllantirishni asosiy qoidalari
- Ushbu masalalarni yechishda quyidagilarni yodda saqlash lozim
- Vkladkalarni quyidagi turlari mavjud: * inlay * onlay * overlay * pinlay
- Overlay
Fakultet: Stomatologiya Gruppa: 310B Tayyorladi: Qurbonov D.D. Toshkent davlat Stomatologiya instituti Mavzu: Qistirmalar ishlab chiqarishning klinik va laborator bosqichlari. Qistirmalar tayyorlashning bevosita va bilvosita usullari. Ikkala usulning qiyosiy xususiyatlari.Qistirmalar yordamida karies natijasida buzilgan toj qismining anatomik shakli tiklanadi.Qistirmalar uchun material sifatida quyidagi materiallar ishlatiladi:
Estetik jihatdan olin qaralganda, chinni va kompozitsion polimerlar oldingi tishlarning nuqsonlarini protezlashda qulay, albatta.Qistirmalar uchun ishlatiladigan materiallar umumtibbiy, fizikaviy, texnikaviy va texnologik talablarga javob berishi lozim. Ularning fizikaviy va texnikaviy xossalariga kora, inson organizmi uchun xavf tugdurmaydigan va ayni paytda tishning qattiq toqimasiga mos kelishi bilan birga yedirilishga ham chidamli bolishi va chiroyli jilvalanishi lozim. Ayniqsa oldingi tishlarda estetik talabarga javob berishi juda muhim orin tutadi.Qistirmalar uchun boshliqlarni shakllantirishni asosiy qoidalariBoshliqlarni shakllantirishda quyidagilar zaruriy omil xisoblanadi :
Ushbu masalalarni yechishda quyidagilarni yodda saqlash lozim:Emal va dentin chegarasini charxlash tish toj qismida pulpaga tasir korsatuvchi jarayon xisoblanadi. Shu sababli qistirma uchun boshliq tayyorlashda pulpa ustida dentinning yetarlicha qalin va tekkis qavatini qoldirish maqsadida tish pulpa boshligi topografiyasi orqali uning devorchalari qalinligini aniq bilish lozim. Shuningdek tish toj qismida boshliq devorchasining qalinligi minimal bolgan va tish toj qismi uchun xavfli bolmagan joyni tanlash kerak boladi.Tish toj qismini qistirma yordamida tiklashda, avvalo, uning uchun bo‘shliq tayyorlash zarur. Nuqsonning tish toj qismida joylashishiga ko‘ra, Blek tasnifi eng ko‘p tarqalgan tasnif hisoblanadi va u 5 sinfga bulinadi.1-sinf toifasidagi nuqsonlar deganda, molyar va premolyar tishlarning fissuralari va tabiiy chuqurchalarida vujudga keladigan bo‘shliqlar tushuniladi. Ana shu bo‘shliqlardagi barcha devorlarning saqlanib qolishi aynan ular uchun xos bo‘lgan jihatdir.2-sinf toifasiga kiruvchi nuqsonlar molyar va premolyar tishlarning chaynov yuzasida joylashgan bo‘lib, ular kelgusida chaynov yuzasidan yon tarafga tarqaladigan bo‘shliqlardan iborat. Nuqsonlarning bunday joylashishida tishlar orasidagi aloqa buziladi va bu holat, o‘z navbatida, parodontning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.3-sinf toifasidagi nuqsonlar oldingi tishlarning aproksimal yuza qismida joylashgan bo‘lib, bu sinf bo‘shliqlari uchun o‘tkir kesuvchi qirra va uning burchaklarining saqlanib qolishi xarakterlidir4-sinf bo‘shliqlariga oldingi tishlarning kesuv qirralarida paydo bo‘ladigan qisman yoki to‘liq zararlanishi kiradi. Bunday bo‘shliqlarda tish shaklini oddiy plomba bilan tiklashga kamdan-kam hollardagina muvaffaq bo‘linadi .5-sinf toifasidagi nuqsonlarga milk oldi qismida, tish buyni yaqinida joylashgan karioz bo‘shliqlar kiradi va bunday bo‘shliqlar tishni aylanasiga qamrab olishi bilan xarakterlidir.Maxsus qo‘llanmalarda keltiriladigan boshqa tasniflar ham mavjud. Agar amaliyotda tish yuzasi nomlaridan qisqartirilgan holda foydalanilsa oson bo‘ladi, masalan: O-okklyuzion yuzadagi bo‘shliq, M-medial jipslashuv yuzasi, D-distal jipslashuv yuzasi, P - buyin oldida, MO-okklyuzion yuzadagi bo‘shliqning medial sohaga o‘tishi bilan va h.kVkladkalarni quyidagi turlari mavjud: * inlay * onlay * overlay * pinlayInlay Tish ichida joylashgan va do'mboqlarga ta'sir qilmaydigan oddiy, bir yoki bir nechta yuzalarni tiklaydi. Bu unchalik mashhur emas, chunki u kichik nuqsonni yopishi mumkin va bu holda u plomba ashyosini o'rnatishga ustunlik beriladi. U bilan ishlaganda vaqt tejaladi.Onlay Agar zararlangan tishning yuzasi karies tomonidan sezilarli darajada shikastlangan bo'lsa va tishning chaynash qismining markaziy va lateral zonalarida (yuqori tomonida) bo'shliqlar aniqlansa, davolash onlay yordamida amalga oshiriladi. Inley bilan solishtirganda, onlay ko'proq tish yuzasini qoplaydi va keyingi asoratlarni oldini oladi..Onlay vkladkalar tishning chuqur to'qimalariga joylashtiriladi va tish yuzasining chaynash jarayonida bevosita ishtirok etadigan qismini qoplaydi. Onlay vkladka oziq-ovqat chiqindilarining bo'shliqqa kirishini oldini oladi va shikastlangan tishni chaynashdan himoya qiladi.Overlay
Pinlay
Thanks! Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling