Menejment” kafedrasi n. Yo’ldoshev strategik menejment fani bo’yicha ma’ruzalar matni namangan


Download 220.83 Kb.
bet50/56
Sana28.10.2023
Hajmi220.83 Kb.
#1730259
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-www.hozir.org

yuqori (>1) quyi (<1)

Sog’in sigirlar



Itlar

8.1-rasm. Kompaniya xo’jalik portfelining o’sish/o’lush BKG matritsasi


So’rov belgilari yoki «murakkab bolalar» matritsaning yuqoridan ung katagiga tushgan kompaniyalarni BKG «so’rov belgilari» yoki murakkab bolalar deb ataydi. Yuqori o’sish sur’atlari ularni tarmoq no’qtai nazaridan jozibali qiladi. Lekin, bozorning nisbiy ulushini pastligi bu tarmoqlar faoliyat olib borayotgan raqiblar bilan muvaffakiyatli raqobat qila oladilarmi degan savolni quyadi. «So’rov belgilari» yoki «murakkab bolalar» ning qismati shunday.
Yuldo’zlar. Tez usayotgan tarmoqlardagi yuqori nisbiy bozor ulushiga ega bo’lgan kompaniyalar jadvalida yuldo’zlar deb nomlangan. CHunki ular eng ko’p foyda olish va o’sish istiqboliga ega bo’ladilar.
Sog’in sigirlar. Sekin o’sayotgan tarmoqlarda yuqori nisbiy bozor ulushiga ega bo’lgan kompaniyalar BKG jadvalida sog’in sigirlar deb atalgan.
Itlar. Sekin usayotgan tarmoqlardagi past nisbiy bozor ulushiga ega bo’lgan kompaniyalar. Bularning o’sish istiqbollari zaif bo’lib, bozorda qolok pozitsiyalarni egallaydilar. Tajriba egri chizigida ilg’orlardan keyinda turishlari ular oladigan foydaning xajmini cheklaydi.
«O’sish- o’lush» matritsasining asosiy ustunligi shundan iboratki, u naqd pullarning xarakati va xar bir biznesning investitsion ta’siridagi diqqatini qaratadi. Korporatsiyaning moliyaviy resurslarini xo’jalik birliklari o’rtasidagi qanday qilib oqilona taqsimlash mumkin degan savolga javob beradi.
«Jozibalik - pozitsiya» matritsasida xar bir xo’jalik birligining axvoli tarmoqning o’zoq muddatli jozibaligini kuchini qismining raqobatdagi pozitsiyasini son jixatdan baholash asosida aniqlanadi. Tarmoqning jozibaligi - raqobatdagi pozitsiya matritsasi «o’sish- o’lush» matritsasiga qaraganda ancha kuchli kontseptual asosga egadir.
Xayotiy tsikl matritsasi diversifikatsiyalangan kompaniyaning turli xo’jalik birliklarini tarmoqning xayotiy tsikli bosqichlari bo’yicha taqsimlanishini ko’rsatadi.
Ushbu matritsa «Menejment asoslari» kursida batafsil ko’rib chiqilgan. Undan foydalanishdan asosiy maqsad menejerga korxona portfelidagi o’rta korxonalar o’rtasidagi moliyaviy oqimlarga bo’lgan talablarni aniqlashda yordam berishdir. BKG yondashuv uchta asosiy bosqichdan iborat:
- korxona faoliyat sohasini o’rta korxonalarga bo’lish va ularning o’zoq muddatli istiqbollarini baholash;
- o’rta korxonalarlarni matritsa yordamida o’zaro taqqoslash;
-xar bir o’rta korxonalarga nisbatan strategik maqsadlarni ishlab chiqish.
BKGning asosiy tavsiyalari:
1. «Sog’in sigirlar»dan tushgan daromadlarning ortiqcha qismi tanlangan «yovvoyi mushuklar»ni rivojlantirish va rivojlanayotgan «yulduz»larni tarbiyalashga sarflanishi kerak. O’zoq muddatli maqsadlar «yulduzlar»ning pozitsiyalarini mustahkamlash va «yovvoyi mushuklarni» «yulduzlar»ga aylantirishdan iborat bo’lib, bu kompaniya portfelining jalb qiluvchanligini yanada kuchaytiradi.
2. O’zoq muddatli istiqbollari zaif yoki mavxum bo’lgan «yovvoyi mushuklar»ni shunday yechintirish kerakki, kompaniyadagi moliyaviy resurslarga bo’lgan talabning kamayishiga erishish lozim.
3. Tarmoqdagi o’rta korxonalar «kuchuk»larga aylanib qolganda kompaniya «xosilni yig’ib olish», «echintirish» yoki tugatish yordamida sohani tark etishi kerak.
4. Agar kompaniyaga «sog’in sigirlar», «yulduzlar» yoki «yovvoyi mushuklar» yetishmayotgan bo’lsa, u xolda portfelni muvozanatlash uchun yon bosib, «echintirish» kerak bo’ladi. Portfelda kompaniyaning sog’lom o’sishini ta’minlash uchun yetarli miqdorda «yuldo’zlar» va «yovvoyi mushuklar» bo’lishi xamda ularni investitsiyalar bilan ta’minlash uchun «sog’in sigirlar» mavjud bo’lishi kerak.
BKG matritsasining asosiy afzalligi turli o’rta korxonalar uchun moliyaviy mablag’larni oqimlariga qaratilishi va ushbu oqimlardan korporatsiya portfelini optimallashtirish uchun foydalanilishidir. Ammo BKG matritsasida bir qator kamchiliklar ham bor. Bu ikki o’lchamli soddalashtirilgan model bo’lib, bir qator muxim omillarni xisobga olmaydi. Bozorning kichik qismini egallagan biznes ham juda katta daromad keltirishi va kuchli raqobatli pozitsiyani egallashi mumkin. Xuddi shuningdek, o’rta korxonalarning jalb qiluvchanligini belgilovchi yagona omil emas.

Download 220.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling