Menejment kafedrasi


Bog‘cha oshidagi bolalar kiyimini zamonaviy modelini


Download 73.42 Kb.
bet5/11
Sana14.12.2022
Hajmi73.42 Kb.
#1003218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Soliyeva kurs ishi

1.2. Bog‘cha oshidagi bolalar kiyimini zamonaviy modelini
ishlab chiqarish korxonalarining tajribalari
Hozirgi vaqtda jahonda tikuv mashinalarini ishlab chiqaruvchi 100 dan ortiq firma va korxonalar mavjud. Shulardan eng yirik firma va mashinasozlik korxonalari haqida to‘xtalamiz. “Zinger” mashinasozlik firmasi tashkil qilinganidan hozirga qadar asosan tikuvchilik mahsulotlarini tayyorlashga mo‘ljallangan moki baxyali maishiy va sanoat tikuv mashinalarini ishlab chiqaryapti. “Shtrobel” (Germaniya) firmasining 200 dan ortiq turli tipdagi ko‘rinmas chok hosil qilib tikuvchi mashinalari ko‘p davlatlarda, jumladan, mamlakatimiz yengil sanoat korxonalarida keng qo‘llanilmoqda. Zanjirsimon baxyali tikuv mashinalari Amerikada “Yunion Spetsial”, yarimavtomatik ravishda ishlaydigan tikuvchilik sanoati mashinalari esa “Riss” firmalarida ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan. “Rimoldi” (Italiya) firmasida ishlab chiqarilayotgan bir, ikki va ko‘p ipli zanjirsimon baxyali takomillashtirilgan, avtomatik boshqaruvli va murakkab texnologik jarayonlarni bajaruvchi maxsus tikuv mashinalarida tikish sifatini nazorat qiluvchi elektron qurilmalar o‘rnatilgan.
“Rimoldi” (Italiya) firmasi avtomatik boshqaruvli murakkab texnologik jarayonlarni bajaruvchi tikuv mashinalari. “Torrington” firmasida esa barcha ko‘rinishdagi tikuv mashinalari uchun ignalar tayyorlanadi.
Keyingi 25—30 yil ichida Yaponiyada tikuvchilik sanoati mashinasozligi ancha rivojlandi. “Yamoto”,“Juki”, “Kansai Spetsial”, “Seyko” firmalarida pnevmatik va elektron-mexanik qurilmali avtomatik va yarimavtomatik mashinalar, avtomatik boshqaruvli tizimlar katta hajmda ishlab chiqarilyapdi.
“Juki” firmasining zanjirsimon baxyali yo‘rmab tikish mashinalari barcha turdagi gazlamalarni sifatli tikishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularda texnik va texnologik talablarga javob beruvchi qo‘shimcha mexanizm va qurilmalar qo‘llanilgan. XIX asr oxirlaridan boshlab Germaniyadagi “Pfaff”, “Adler”, “Durkopp” firmalari poyabzal va kiyim tikishga mo‘ljallangan moki va zanjirsimon baxyali tikuv mashinalarini boshqa davlatlarga eksport qilmoqda. “Durkopp-Adler” mashinasozlik firmasida avtomatik va yarimavtomatik tikuv mashinalari, texnologik jarayonlar uchun hisoblash texnikasi, elektron boshqaruv qurilmasi va mikroprotsessor vositalaridan keng foydalanilgan ixtisoslashgan sistemalar ishlab chiqarilyapdi.
“Juki” (Yaponiya) mashinasozlik firmasining gazlama chetlarini yo‘rmab tikish va maxsus yarimavtomatik tikuv mashinalari “Durkopp-Adler” firmasining yarimavtomatik tikuv mashinalari, “Tekstima” mashinasozlik birlashmasida maishiy va sanoat tikuv mashinalari, “Pannoniya” (Vengriya) mashinasozlik kombinatida tugma qadash, halqa hosil qilish yarimavtomatlari, bichish mashinalari va dazmollash uskunalari, “Minerva” (Chexoslovakiya) firmasida asosan siniq baxya qatorli tikuv mashinalari ishlab chiqarilmoqda. “Podolsk” (Rossiya) mexanika zavodi dunyo miqyosida taniqli mashinasozlik korxonasi hisoblanib, ishlab chiqaradigan ko‘p turdagi sanoat tikuv mashinalari, yarimavtomatlari puxtaligi va uzoq muddat ishlashi bilan alohida o‘rin egallaydi. “Rostov” mexanika zavodi ishlab chiqargan yo‘rmab tikish mashinalari sanoatimizda keng qo‘llanilmoqda. Bundan tashqari, “Toyota” (Yaponiya), “Bernina” (Shveytsariya), “Xuskvarno” (Shvetsiya) firmalarida ishlab chiqarilgan tikuvchilik sanoati mashinalari va uskunalariga talab ortib bormoqda.
Prezident aholini O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan sifatli kiyim-kechak bilan ta`minlash zarurlogini ta`minladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jomboy tumanida viloyatda yengil sanoatni rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalar taqdimotida ishtirok etdi. Davlat raxbariga viloyatda “O‘zmilliybank”tomonidan moliyalashtirilayotganyengil sanoat loyihalari to‘g‘risida ma`lumot berildi. Mazkur bank tomonidan moliyalashtirilayotgan “8 mart”, “Urgaz textile”, “Urgaz Caret”, “Arfa Exprod”, “Alnazar orzu servis”, “Samarqand Oqdaryo textil tola” kabi mas`uliyati cheklangan jamiyatlarida yiliga 110,4 million dollarlik maxsulot ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.Bu korxonalarda tayyor trikotaj, jinsi maxsulotlari,ko‘ylak va choyshablar ishlab chiqariladi.Korxonalar to‘liq quvvat bilan ishga tushgach besh mingdan ortiq ish o‘rni yaratiladi.Shundan so‘ng “Asaka bank” tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalar taqdimoti bo‘ldi. “Next textile”, “Oqdaryo teks”, “Maroqand sifat” mas`uliyati cheklangan jamiyatlarining istiqboldagi faoliyati muhokama qilindi.Janubiy koreyalik investorlar tomonidan tashkil qilinayotgan “Samarqand apparel” korxonasida erkaklar,ayollar va bolalar uchun tayyor tikuv maxsulotlari ishlab chiqariladi.Bulung‘ur tumanidagi “Inter lego” mas`uliyati cheklangan jamiyatida ip-kalava,trikotaj mato va matoni bo‘yash hamda tayyor tikuvchilik maxsulotlari ishlab chiqarish tashkil etildi.Yiliga 31 million dollarlik tayyor maxsulot eksport qilinadi,700 kishi ish bilan ta`minlangan.Davlat raxbari ishlar samaradorligini ta`minlashga e`tibor qaratdi.Qishloq joylarda aholi,ayniqsa,yoshlarni muqim ish bilan ta`minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani,hududlarda yetishtirilayotgan paxta tolasini o‘sha yerning o‘zida qayta ishlash uchun yaratilayotgan qulay imkoniyatlar tadbirkorlarga keng qulayliklar yaratib,yangi ish o‘rinlari ko‘payishi,aholi daromadlari oshishida muhim omil bo‘layotganini ta`kidladi.


Download 73.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling