Menejment kafedrasi


«Gold fashion» xususiy korxonasi tikuvchilik faoliyatini tashkil etish maqsadida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan


Download 73.42 Kb.
bet7/11
Sana14.12.2022
Hajmi73.42 Kb.
#1003218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Soliyeva kurs ishi

BIZNES REJA
Loyiha qiymati 8 817 648 000 so‘m

«Gold fashion» xususiy korxonasi tikuvchilik faoliyatini tashkil etish maqsadida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan


Farg‘ona – 2022

I. Rezyume
Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida ishlab chiqarish korxonalari kamligi sababli bozor sharoitida Bog‘cha oshidagi bolalar kiyimini zamonaviy modeliga bo‘lgan extiyoj ko‘pligi sababli Namuna qishlog‘ida “Gold fashion” korxonasi iste’molchilarni taklif va talablarini inobatga olib, ularni ehtiyojini qondirish maqsadida bog‘cha oshidagi bolalar kiyimini zamonaviy modelini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.
Hozirgi kunda respublikamizda investitsiya kiritish xamda investitsion g‘oyalarga alohida e’tibor berilmoqda. Tadbirkorlarga bo‘lgan sharoitlar juda yuqori, banklarda imtiyozli va uzoq muddatli kreditlar berilmoqda. Ushbu loyiha qonunlarga binoan, ularni buzmagan holda amlga oshiriladi. Xalqaro davlat standartlariga javob beradigan qilib ishlab chiqariladi. Chet el mahsulotlari bilan raqobatlasha oladigan mahsulot tayyorlanadi.
Loyihaning asosiy maqsadi aholiga 100% tabiiy, sifatli, inson tanasiga yoqimli bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish. Loyihani amalga oshirish uchun qulay joy sifatida men o‘z tumanimdan joy tanladim. Bu yerda men eng markaziy joylardan birini tanladim hamda mahsulot uchun kerak bo‘ladigan eng sifati yuqori bolgan iplarni, gazlamalarni poytaxtdan olib kelishim mumkin. Loyihani amalga oshiruvchi: Farg‘ona viloyati Beshariq tumani Namuna qishlog‘i 36-uyda yashovchi Soliyeva Komila Mirzavali qizi. Tadbirkor mahsuloti tayyor bo‘lgandan so‘ng O‘zbekiston bo‘ylab belgilangan bozor majmualariga tarqatiladi hamda shartnoma tuzilgan chet el majmualariga ham eksport qilinadi.
Sotilish hajmiga qarab, ishlab chiqarish hajmi orttiriladi. Albatta jahon bozorlari bilan raqobatlasha oladigan mahsulot ishlab chiqariladi. Loyiha tashabbuskori tomonidan jami loyihani amalga oshirish uchun 8 817 648 000 so‘m mablag‘ ajratildi xamda shundan, 8 736 000 000 so‘m hom-ashyo uchun va 75 370 000 so‘m uskuna sotib olish uchun, ijara xarajatlari uchun 6 048 000so‘m, boshqa xarajatlar uchun esa 711 500 so‘mlik mablag‘ ajratildi. Loyihani amalga oshirish uchun, loyiha tashabbuskori tomonidan, davlat hisobidan bankdan 4 000 000 000 so‘m miqdorida qo‘shimcha oborotni shakllantirish uchun kredit olindi. 400 mlrd 7% ustama hisobiga olindi. Kreditni qaytmaslik xolati bo‘yicha tadbirkor tomonidan Farg‘ona ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish korxonasining 4 000 800 000 so‘mlik ishlab chiqarish uskunalari va xom-ashyolari ekspert tomonidan baholanib kreditni qaytarish uchun garovga qo‘yildi.
Tadbirkorning shu faoliyat bilan shug‘ullanishiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tadbirkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining “Kichik biznes sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qarori asos bo‘lmoqda.

Download 73.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling