Menejment kafedrasi


Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 0.61 Mb.
bet10/24
Sana01.10.2020
Hajmi0.61 Mb.
#132098
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
Kichik biznes va tadbirkorlik 090220154339

Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. Tadbirkorlikda bizne-rejava uning ahamiyati.

  2. Tadbirkorlikda bizne-rejatuzish maqsalari.

  1. Tadbirkorlikda biznes rejaning vazifalari.

  2. Tadbirkorlikda biznes rejadan foydalanuvchilar.

  3. Biznes rejaga va uni tuzishga qo’yiladigan talablar.

  4. Bizne-rejatuzishga yondashuvlar.

  5. Bizne-rejatuzish tartibi.

  1. Biznes rejaning strukturasi.

  2. Biznes rejaning mazmuni.

  3. Biznes rejani amalga oshirish


8-Mavzu. KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK FAOLIYATINI BOSHQARISH

Reja

  1. Tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning mohiyati va ahamiyati.

  2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini boshqarishni tashkil etish

  3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni boshqarish psixologiyasi.




        1. Tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning mohiyati va ahamiyati

Boshqaruv tadbirkorlikning tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi va uni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbirkorlik faoliyatini boshqarishni zarur darajada yo’lga qo’ymay turib maqsadga erishib bo’lmaydi. Har bir tadbirkorlik sub’ekti o’ziga xos va mos boshqaruv tizimini – boshqaruvchi, boshqarish organi vositalari usullari strategiyasi, taktikasi, madaniyatini shakllantiradi. Uning qay tarzda va da­rajada shakllanishi va amal qilishi ko’p jihatdan rahbarga, ya’ni tadbirkorga bog’liq. SHuning uchun tadbirkorlar boshqarish (menejment) asoslaridan xabardor bo’lishlari maqsadga muvofiqdir.

Menejment inglizcha so’z bo’lib. uning asosida lotincha "manus" (qo’l) so’zi yotadi va uning ilk ma’nosi otlarni boshqarishni anglatgan. Bu tushunchaning qo’llanish doirasi kengayib. hozirgi paytga kelib, butun iqtisodiyot va boshqa sohalarni ham qamrab oladi.

Boshqarish (menejment) - mo’ljallangan maqsadga erishish uchun ishlarni. faoliyatni rejalashtirish, tashkil etish. Hisob yuritish. nazorat va tahlil qilish, xodimlarni taqdirlash jarayonlari majmuyidir. Boshqarish jarayoni boshqaruv sub’ekti (tadbirkor. rahbar, boshqaruvchi, boshqa­ruv organining boshqaruv ob’ekti (ishchi-xodimlar, mehnat, ishlab chiqarish, sotish va boshqa xo’jalik jarayonlari)ga tegishli boshqarish vositalari va usullari bilan ta’sir etish jarayonidan iborat. Bu jarayon davriy (tsikl) ko’rinishida doimiy takrorlanib turadi. U maqsad va vazifalar qo’yishdan boshlanib, ularni ro’yobga chiqarish va muayyan natijalarga erishish bilan tugaydi, so’ng maqsadga erishish darajasi (natijalar) tahlil qilinib, yangi vazifalar belgilanadi va boshqaruv jarayoni qaytadan boshlanadi. Har bir tadbirkor bu ishlarni u yoki bu darajada bajaradi va shu boisdan menejer ham hisoblanadi. Boshqarishning muhim ahamiyati inson omilini faollashtirish, o’zini-o’zi boshqarish va tashabbuskorlikni rivojlantirish. bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq keladigan yangi tashkiliy tuzilmalarni yaratishda namoyon bo’ladi.

G’arb menejmentida boshqaruv faoliyatining ikki ko’rinishi ajratiladi. Birinchisi, texnik faoliyat bo’lib, ma’lum bir soha va tarmoqlarda ishlatiladigan xomashyo, materiallar, texnika, texnologiyalarni o’zlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat. Ikkinchisi, bevosita boshqaruv faoliyati bo’lib. ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, rejalashtirish va nazorat qiiish, xodimlar harakatini muvofiqlashtirish. ularni taqdirlash va nazorat qiiish ishlarini o’z ichiga oladi. Menejment va uni amalga oshiradigan kishi uchun muhimi bevosita boshqaruv hi­soblanadi. CHunki biznes olamida shakllangan xulosaga ko’ra biznesning 5 foizini pul, 10 foizini kapital, 85 foizini esa odamlar tashkil etadi.

“Liderlar xar doim erkak qahramonlardir va ular odatda tug’ma boshqaruvchilik sifati bilan dunyoga kelishadi va ular boshqalarga ta’sir ko’rsatadi va ularni ruhlantira olidagan boshqalarni xech qanday mubolag’asiz o’zigabo’ysundira oladigan shaxslardir. Ular odatda o’ziga ishonuvchan tavakkalchi, intellegent bo’lishadi,”16-deb ta’riflaydi Bass va Stodill.

XXasrning 80-yillarida menejment sohasida taniqli amerikalik olimlar P. Drukker va O.Toffler tadьirkor quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi lozimligini ta’kidlaganlar:

1. Xammaga ishonchni yaratish va undash

2. Kompaniyani kuchaytirish kelajakka bo’lgan umidni saqlash va ishontirish

3. Ishchilarni hurmat qilish va qo’llab-quvvatlash

4. Ishonchlilik muhitini yaratish

5. Ishchilarni o’zi va kompaniya muvaffaqqiyati uchun zarur bo’lgan resurslar bilan ta’minlash

6. Muloqot qilish

7. Insoniylik muhitini saqlash va undash

8. O’zgarishlarni boricha qabul qilish kabi xususiyatlari raxbar zimmasida yotadi.

Agar rahbarda yuqoridagi talab etiladigan xususiyatlar mavjud bo’lmasa aks holda kompaniya kelajakda muvaffaqqiyatsizlikga duch kelishi va chegaralangan foyda bilan qolishiga olib kelishi mumkin.17

P. Drukker va O.Toffler butun dunyo tajribasiga asoslanib, menejmentning XXI asr talablariga mos keladigan muhim tamoyillarini ishlab chiqqanlar. Ular quyidagilardan iborat.



  • Boshqaruvning asosiy maqsadi inson bo’lishi kerak.
    Boshqaruvning asosiy vazifasi — odamlarni yagona maqsad sari jipslashtrish, ularning qobiliyatini ro’yobga chiqarish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishdir. Har bir insonning o’z qobilyati va imkoniyatlarini amalga oshirish-oshirmaslik ko’p jihatdan unga bo’lgan munosabatga, ya’ni boshqaruvga bog’liqdir.

  • Boshqaruvning milliylik xususiyatini hisobga olish. Yagona maqsad sari odamlarni bir jamoaga birlashtiradigan boshqaruv ular­ning millati va ular yashaydigan mintaqadagi madaniyati, milliy qadriyatlar va anhanalarni maksimal darajada e’tiborga olishi zarur. Hamma yerda menejerlar vazifasi bir xil bo’lsa-da, ularning bajarilishi milliy urf-odatlar va anhanalarga bevosita bog’liqdir.

  • Boshqaruv korxona (tadbirkor) oldida turgan maqsadni aniq-ravshan qilib ifodalashi va qo’yishi zarur. Korxona (tadbirkor) oldida turgan vazifani va uni bajarish muddatini aniq belgilash esa qo’yilgan vazifani bajarishni osonlashtiradi.

  • Korxona va uning ahzolarining doimiy takomillashib borishini ta’minlash. Ma’lumki, jamiyat, hayot bir joydaturmaydi, undan orqaga qolmaslik uchun ro’y berayotgan o’zgarishlarga muvofiq ishlab chiqa­rish texnologiyasini mukammallashtirib, ishchilar mahoratini oshirib borish zarur bo’ladi. Bu esa boshqaruvning vazifasi hisoblanadi.

  • Korxonada har bir ishchi-xodim o’z malakasi, bilimiga yarasha vazifani bajarishini ta’minlash. SHundagina yuqori sifat va unumdorlikka erishish mumkin.

  • Korxona (tadbirkor) faoliyati va boshqaruv samarasini yagona bir ko’rsatkich bilan baholab bo’lmaydi va uni baholash har tomonlama yondashuvni taqozo etadi.

  • Korxona (tadbirkor) erishadigan muvaffaqiyat nafaqat lining o’ziga, balki tashqi vaziyatga, bozorga ham bog’liqdir. SHuning uchun boshqaruvchilar bevosita mahsulot chiqarish bilan birga, tashqi muhitga, xususan, bozordagi vaziyatga ham jiddiy e’tibor berishlari lozim.

  • Keyingi paytlarda mahsulotni ommaviy ishlab chiqarishdan aniq iste’molchiga mo’ljallangan kichik-kichik partiyalarda ishlab chiqarishga o’tish tendentsiyasi muhim iqtisodiy-tashkiliy o’zgarishlarni taqozo etadi. Demak, katta miqdorda ommaviy mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar emas, balki kichik seriyalarda mahsulot ishlab chiqaradigan, odamlarning o’zgarib borayotgan turli-tuman ehtiyojlarini qondirishga moslashgan kichik va o’rta korxonalar davri boshlanyapti.

Har qanday tadbirkorlik faoliyatini boshqarish vazifasi va mashuliyatini bir kishi o’z bo’yniga oladi yoki ular bir kishi zimmasiga yuklanadi va yakkaboshchilik asosida yagona shaxs birinchi rahbar tomonidan ta’minlanadi. SHuning uchun ham boshqarish tarzi va tartibi, uning natijalari ko’proq shu rahbarga, uning bilimi, tajribasi, saviyasi, boshqaruvchilik va tashkilotchilik qobiliyatiga bog’liq bo’ladi. SHuning bilan birga, rahbar demokratiya tamoyili va uning bir ko’rinishi bo’lgan kollegialikka keng o’rin berishi hamda unga tayanishi lozim. Kollegiallik korxonada muhim masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilishda ishchi-xodimlarni jalb qilishda namoyon bo’ladi. Bunday hoi boshqaruv qarorlari ishlab chiqishda fikrlar xilma-xilligini ta’minlaydi, mavjud axborotni boyitadi, qaror variantlarini kengaytiradi. Qabul qilinadigan qarorlarni bevosita ijrochilari qaror loyihasi va variantlarini tayyorlash hamda muhokama qilishda jalb etilganda ular mazkur qarorlarni bajarishni tashkil etish va amalga oshirishning oqilona yo’llari haqida fikrlar bildirishlari mumkin. Bundan tashqari, ishchi-xodimlarni muhim masalalarni hal qilishda jalb etish ularning ruhini ko’tarib, o’zlari ishtirokida qabul qilingan qarorlarni bajarishga katta mashuliyat bilan kirishish va yaxshiroq natijalarga erishishga ko’maklashadi.

Boshqarishda oqilona markazlashtirish deganda korxonadagi yuqori va quyi boshqaruv bo’g’inlari o’rtasida boshqarishni ta’minlovchi huquq va mashuliyatlarni taqsimlashda eng maqbul muvozanat o’rnatish tushiniladi. Huquqlaming bir tomonga, mashuliyatning ikkinchi tomonga salgina bo’lsa-da siljishi boshqarish samaradorligini pasaytiradi. SHuning uchun har bir korxonada huquqlar va mashuliyatni boshqaruv bo’g’inlari o’rtasida taqsimlash mezonlari va me’yorlari ishlab chiqili-shi va ularga amal qilish qoida tusini olishi zarur.

Boshqarishda to’g’ri va teskari aloqalar muhim o’rin egallaydi. Mazkur aloqalar axborot oqimlaridan iborat. Boshqaruv esa axborot texnologiyasidir. To’g’ri aloqa boshqaruvchidan boshqarish ob’ektiga ta’sir etish uchun yo’naltirilgan axborot (buyruq, topshiriq, ko’rsatma) bo’lsa, teskari aloqa boshqarish ob’ektining shu ta’sirga javobini aks ettiruvchi va boshqaruvchiga qaytib keladigan teskari (qaytma) ax-borotdir. Bu tamoyil to’g’ri va teskari yo’naltirilgan axborot oqimlari (aloqalar) ning miqdor va sifat, makon va zamon jihatidan o’zaro mu-vofiq bo’lishini talab qiladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy muhit, bozordagi vaziyat, raqobat muhiti va tashqi muhit boshqa omillari tez-tez o’zgarib turishi tufayli ish jarayonlariga, rejalarga aniqliklar kiritib turishga to’g’ri keladi. Boshqarish tizimi ham, boshqaruvchilar ham bunday o’zgarishlarga tez moslashuvchan bo’lishi lozim. Aks holda, boshqa­rish tizimi o’zgarib borayotgan jarayonlardan orqaga qolib, ularga mos kelmay qoladi va oqibatda boshqarish kutilgan samarani bermaydi.

Xulosa qilib aytganda, boshqarish tamoyillari o’zaro bog’liq bo’lib, bir-birini to’ldirib turadi. SHuning uchun ularning o’zaro eng oqilona mutanosiblikda va uyg’unlikda ro’yobga chiqarilishini ta’minlash moijallangan natijalarga erishish garovi hisoblanadi.

Tadbirkorlikda boshqarish tegishli funksiyalarni bajarish yo’li bilan amalga oshiriladi. Biz umumiy holda, quyidagi asosiy boshqarish funk-siyalarini ajratishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:



  • rejalashtirish;

  • tashkil qilish (uyushtirish);

  • tartibga solish;

  • taqdirlash (motivlash);

  • hisob va hisobot;

  • nazorat va tahlil.




        1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini boshqarishni

tashkil etish

Boshqarish ko’zlangan maqsadga erishish qobiliyati, mahorati demakdir. Muvaffaqiyat qozonish uchun, eng avvalo, nima qilish kerak-ligini aniq bilish va o’z bilimini amalda qo’llay olish lozim. Boshqarish usullari va tartib-qoidalarini ham yaxshi bilish kerak. Eng muhimi boshqarishda bor kuch bilan intilish emas, balki muayyan sharoitda eng yaxshi natijaga erishish hisoblanadi. Boshqarish maqsadni qo’yishdan boshlanadi, maqsad esa aniq va to’g’ri qo’yilishi zarur. Ma’lumki, har bir tadbirkorning o’z maqsadi bo’ladi. Ammo barcha tadbirkorlar uchun umumiy va eng muhim maqsadlar omon qolish, foyda olish, is-tiqbol hisoblanadi. Asosiy maqsadlardan biri tadbirkorning muayyan bozorga kirish, u yerdagi raqobatga bardosh berib, o’z o’rnini egallab olish va uni saqlab qolishdir. Ma’lumki, har bir tadbikorning boshqa­rish qobiliyati va mahorati, asosan, u oladigan foyda bilan belgilanadi. Foyda esa tadbirkor va xodimlarni moddiy ta’minlash, farovonligini oshirish, faoliyatini rivojlantirish asosiy maqsadidir. SHuning uchun ham tadbirkorlar faqat foyda olish emas, balki uni oshirib borishga intiladilar. Lekin bugun ko’proq foyda olaman deb istiqboldagi foydasi va bozordagi mavqeyiga putur yetkazishi ham mumkin. SHuning uchun foyda yagona maqsad bo’lmay, tadbirkorlarning yashovchanligi va istiqbolini ta’minlash ham muhimdir.

Tadbirkorlikda boshqarishning xususiyatlaridan biri shundan iboratki, boshqarishda tadbirkorning shaxsan o’zi ishtirok etadi. CHunki tadbirkorlik sub’ektlarining asosiy qismini yakka tadbirkorlar, mikrofirma va kichik korxonalar tashkil etadi. Ularning ko’pchiligida esa boshqaruv apparati yo’q. Yakka tadbirkorlikda boshqarish oddiy kundalik ish singari amalga oshiriladi. Ko’pchilik kichik korxonalarda boshqarishni asosan tadbirkorning o’zi olib boradi. Faqat hisob-kitob ishlarini tegishli mutaxassislarga topshirishi mumkin. Demak, bunday holda boshqaruv apparati tuzish va maxsus menejerlar yollash imkoni-yati bo’lmaydi. O’rta va, ayniqsa, yirik korxonalarda maxsus boshqaruv apparati tashkil etilib, tegishli menejerlar jalb qilinadi. Demak, tadbir­korlikda boshqaruvni tashkil etish korxona va faoliyat miqyosi va murakkabligiga bog’liq. Tadbirkorning o’zi hamma ishlarni, shu jumladan, boshqarishni ham bajaradigan bo’lsa uning qo’l ostida ishlovchilar yordamchi, yuk tashuvchi, farrosh boiishi mumkin. U holda boshqa­rish oddiy o’zaro amaliy munosabatlar shaklida bo’lib, sodda tashkiliy tizim ko’rinishini oladi. Bunday sodda tashkiliy tizimda yuqori va quyi bo’g’inlar bo’lib, ular o’rtasida to’g’ri va teskari aloqalar amal qiladi. Korxona o’rta va yirik bo’lgan taqdirda maxsus boshqaruv apparati tashkil etilib. malakali menejerlar yollanadi. Bunday holda boshqaruv tizimida o’rta bo’g’in ham qo’shilib, uch bo’g’inli boshqaruv shakllanadi. Yirik korxonalarda esa uning har bir bo’limi, bo’linmasi o’z tashkiliy tuzilishi va boshqaruvchisiga ega bo’ladi.

Tadbirkorlik sub’ektining miqyosi, faoliyat yo’nalishi, maqsadi, vazifalariga qarab boshqarishni quyidagi tashkiliy tuzilmalarini (strukturalarini) qo’llash mumkin:


  • chiziqli;

  • funksional;

  • chiziqli-funksional;

  • chiziqli-shtabli;

  • matritsali.

CHiziqli boshqaruvtuzilmasida quyi boshqaruv bo’g’ini faqat birgina yuqori boshqaruv bo’g’iniga bo’ysunadi va barcha masalalar bitta aloqa kanali orqali hal qilinadi. Bunday tuzilma kichikroq korxonalarda keng qo’lianiladi.

Funktsional boshqaruvtuzilmasida funksional bo’g’inlar, bo’limlar tashkil etilib, ularning har biri boshqarish alohida funktsiyasini amalga oshirishga ixtisoslashgan bo’ladi. CHiziqli-funktsional boshqaruv tuzilmasi chiziqli va funktsional tuzilmalar birlashmasidan iborat bo’lib, unda boshqaruv faoliyati ham chiziqli, ham funktsional boshqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladi.

CHiziqli-shtabli boshqaruv tuzilmasida boshqaruvning har bir chiziqli bo’g’inida turli muammolarni hal qilish bo’yicha mutaxassislardan iborat shtablar tashkil etildi.

Matritsali boshqaruvtuzilmasi vertikal va gorizontal boshqarishda boshqaruv vazifalarini boshqaruv bo’g’inlari o’rtasida qayta taqsim-lashni nazarda tutadi.

Boshqarishni amalga oshirishda boshqaruv qarorlari salmoqli o’rin egallaydi. Ular strategik va operativ, umumiy va lokal, bir maqsadli va ko’p maqsadli, diskursiv va intuitiv shakllarda bo’lishi mumkin. Boshqaruv qarorlari puxta o’ylangan va har tomonlama asoslangan bo’lishi kerak. Boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun tegishli bilimlarga, qobiliyatga, axborotga ega bo’lish lozim. Lekin hamma tadbirkorlarda ham ular yetarli darajada bo’lavermaydi, Demak, ularni o’zlashtirishga harakat qilish kerak bo’ladi. Yaxshi boshqaruv qarorlari qabul qilish muvaffaqiyat garovidir. Turli korxonalarda boshqaruv qa­rorlari qabul qilish o’z xususiyatlariga ega. SHunga qaramay, boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayoni umumiy harakterga ega va u to’liq holda bir qator bosqichlardan iborat.



  • hal qilinishi kerak boigan muammoni tahlil qilish;

  • vazifani aniqlash va qo’yish;

  • maqsadni belgilash;

  • qaror variantlarini tuzish va baholash;

  • qarorning eng samarali variantini tanlash va qabul qilish;

  • qabul qilingan qarorni amalga oshirishni tashkil etish va nazorat

  • qilish.

SHunday qilib, tadbirkorlikda boshqarishning roli katta bo’lib, faoli­yat natijalari ko’p jihatdan unga bog’liqdir. Buni rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida mutaxassislar tomonidan "Korxonaning sinish sabablaridan biri boshqaruvni yaxshi yo’lga qo’yilmagani" deb chiqarilgan xulosa tasdiqlaydi. SHuning uchun har bir tadbirkor boshqarishga jiddiy e’tibor berishi lozim.
3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni boshqarish psixologiyasi

Bozor iqtisodiyoti sharoiti tadbirkor rahbarlardan tadbirkorlik va ishbilarmonlikni, boshqaruv uslublarini takomillashtirishni talab etadi.

Amerika biznesni boshqarish kontseptsiyasida keltirilishicha, tadbirkor raxbar quyidagi shaxsiy xususiyatlarga ega bo’lishi kerak:



  • yangi texnologiyalarni izlab topishda tashabbuskorlik;

  • maqsadga erishishda intiluvchanlik, qat’iyatlilik;

  • tavakkalchilikda mas’uliyat va majburiyatni o’z zimmasiga olib hatti xarakatlarni amalga oshirish;

  • qaror qabul qilishda tobe bo’lmaslik va o’ziga qat’iy ishonish;

  • barcha imkoniyatlarini ishini takomillashtirishga va yuqori sifat va samaradordikka erishishga yo’naltirish;

  • istiqbolni ko’ra bilish;

  • shaxsiy tashkilotchilik va talabchanlik;

  • keng qamrovli ma’lumotlarga ega bo’lish, ishbilarmonlik, muzokaralada kirishimlilik18.

Boshqarish uslublari asosan ongli ravishda muayyan maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladi. Ular mohiyati va maqsadiga ko’ra, tarbiyaviy, moddiy rag’batlantiruvchi, mahmuriy-tashkiliy turlarga bo’linadi.

Tadbirkorning tashkilotchilik kobiliyati hamma narsada muvaffaqiyatga erishuvining muhim shartidir. Qanday tadbirkor rahbar muvaffaqiyatga tez erishadi? Ruhiyatshunos olimlar uning bir necha omillarga bog’liqligini tahkidlaganlar. Bular quyidagilardir:



  • Tadbirkor rahbar tashkilotchilik qobiliyatining uning shaxsida namoyon bo’lishi.

  • Tadbirkor rahbarning odamlar bilan til topib ishlash mahorati.

  • Tadbirkor rahbarning mehnatga munosabatida ishbilarmonligi.

  • Tadbirkor rahbarning faoliyatida ijro etish qobiliyati namoyon bo’lishi.

  • Tadbirkor rahbarning qarorlarni qabul qilishdagi uquvi.

  • Tadbirkor rahbarning odamlarga munosabati.

  • Tadbirkor rahbarning o’z-o’ziga talabchanligi.

Tadbirkor rahbar o’zida quyidagi ruhiy-psixologik, fiziologik, ahloqiy, mahnaviy va ishbilarmonlik xususiyatlarini mujassamlashtirgan bo’lishi kerak:

  • tadbirkor rahbarning ruxiy-psixologik xususiyatlari;

  • tadbirkor rahbar shaxsining ruhiy - fiziologik sifatlari;

  • tadbirkor rahbarning ahlokiy, mahnaviy sifatlari;

  • tadbirkor rahbarning ishbilarmonlik sifatlari;

  • tadbirkor rahbarning tashqi ko’rinishi.

Tadbirkor rahbar mehnat jamoalarining uyushishi, jipslashishi va rivojlanishining ruhiy – psixologik jarayonlari bosqichlarini hisobga olishi kerak.

  • Uyushish-jipslashish bosqichi.

  • Jamoaning tarkib topish bosqichi.

  • Har bir ahzoning jamoaga moslashish bosqichi.

  • Insoniy qadriyatlarga erishish bosqichi.

Tadbirkor rahbarning nutq madaniyati va uning ruhiy-psixologik jihatlari. Notiqlik sanhati ko’hna sanhatlardan biridir. Bu sanhatda tarixiy davr va jamiyat hayoti aks etadi. Ijtimoiy-iqtisodiy va mahnaviy hayot o’z ifodasini topgan. Taraqqiyot va tanazzul davolari bo’lgan. Ovropada yunon, SHarqda Xitoy, Hind, islom notiqlik sanhatlari taraqqiyot etgan.

Jamiyat hayotining hamma jabhalarida notiqlik sanhati mavjud. Notiqlar - rahbarlar, dindorlar, muallimlar, huquq xodimlari va boshqalar. Notiqlik sanhati ijtimoiy mavqe jihatdan quyidagi guruhlarga bo’linadi: ijtimoiy-siyosiy notiqlik, ilmiy (akademik) notiqlik, sud notiqligi, ijtimoiy-maishiy notiqlik, diniy notiqlik.



Tadbirkor rahbar faoliyatida har xil ziddiyat (konflikt)lar va mojorolar uchrab turadi. Mehnat shart-sharoitlari, mehnat natijalari, moddiy va mahnaviy extiyojlarning qondirilmasligi, mehnatdan qoniqmaslik tufayli tadbirkor rahbar va xodimlar o’rtasida ziddiyatlar va mojarolar kelib chiqadi. Bu yerda tadbirkor rahbar bilan xodimlar o’rtasidagi va shaxslararo ziddiyatlarni farqlash kerak. Bu hollardagi ziddiyatlarning bir necha sabablari mavjud: moddiy-texnik sabablar; xo’jalik-tashkiliy sabablar; ijtimoiy-kasbiy sabablar; ijtimoiy-demografik sabablar; ijtimoiy-psixologik sabablar.

Tadbirkor rahbar va xodimlar o’rtasidagi ruhiy-psixologik ziddiyatlar kelib chiqishi uch holatda yaqqol ko’zga tashlanadi:



  • mehnat jarayonining noto’g’ri uyushtirilishi;

  • shaxslararo munosabatlarning xilma-xilligi va murakkabligi;

  • jamoa ahzosining shaxsiy o’ziga xosligi.

Xullas, bozor iqtisodiyoti sharoitida har qaysi bug’indagi tadbirkor shuni tushunib yetmog’i kerakki, har qanday sharoitda ham insonga g’amxo’rlik qilish, inson ruhiy holatini barqaror etishga qaratilgan jarayonlarni tashkil etish va yo’naltirish, jamoaning har bir ahzosini mehnatdan moddiy va mahnaviy qoniqish hosil qilishiga erishtirish uning zimmasidagi muqaddas vazifadir.

Tadbirkorning sheriklari bilan munosabatlari qanchalik to’g’ri tuzilganligi biznesdagi muvaffaqiyatni belgilaydi. SHerik deb, biror bir birgalikdagi faoliyatning ishtirokchisiga aytiladi. Tadbirkorning sheriklari bilan aloqalarini mustahkamlashda quyidagilar katta ahamiyatga ega: umumiy g’oega qiziqqan va ularni amalga oshirishga tayyor bo’lgan sheriklar bilan aloqa o’rnatish; boshliq bilan tuzilgan kelishuv (kontrakt) shartlariga qattiq rioya kilinishi; haq to’lash shartlari; ijtimoiy imtiyozlar (berilgan bo’lsa); korxona boshqarilishidagi ishtiroki; yil natijalari bo’yicha dividentlar to’lash shartlari; ishdan bo’shagandan o’z ulushini olish va xokazolar ta’minlanadi.

Tadbirkor rahbar tashkilotchiligi - mehnat jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, ishlab chiqarish va tarbiyaviy jarayonlarga thsir ko’rsatish, gurux faoliyatini oliy maqsadlarga qarata olish qobilyati kabi masalalarni qamrab oladi. Tadbirkor rahbar jamoani moddiy va mahnaviy nehmatlar ishlab chiqarishiga rahnamolik qilar ekan, shuni unutmaslik kerakki, odamlar bir-birlari bilan o’zaro munosabatda, bir-birlariga har jihatdan muxtoj, shaxsiy ehtiyoj va maqsadlarga egadirlar. SHu bois har qanday tadbirkor-raxbar eng avvalo insoniy qadriyatlarga diqqat-e’tiborini qaratmog’i lozim bo’ladi.

G’arb olimlaridan Robert Ryukert (Robert Reukert) va Orbula Yokep (Orvill Walker) hamkorlikning quyidagi printsiplarini taklif qiladilar: 19



  • Mavjud tashkiliy struktura va jarayonlar resurslarni bir bo’limdan ikkinchi bo’limga o’tishini ta’minlasa, hamkorlik samarali bo’ladi.

  • Hamkorlik, turli funksional bo’limlarning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mexanizm bo’lib, konfliktlarni gorizontal bosqichda yechish qoidasi va amaliyotini o’zida mujassamlashtiradi. Lekin, doimiy ravishda konfliktlarni vujudga kelishi va uni yechish faoliyat samarasini pasaytiradi.

Tadbirkorning o’z xizmatchilari bilan munosabatni mustaxkamlashda quyidagilar katta ahamiyatga ega:

  • muammoli ishga taalluqli masalalar muxokama qilinadigan suxbat va uchrashuvlarni muntazam o’tkazib turish;

  • ishchi va xizmatchilarning firma ishini muhim masalalarini muxokama qilish va yechishga kengroq jalb qilish;

  • firma bo’linmalarining boshliqlari bilan muntazam ravishda muloqot lozim.

Mijozlar bilan munosabatlar. Kichik biznesda mijozlar bilan munosabatga muhim ahamiyat berish lozim.

Kichik biznes mijoz sifatida, dallollik idorasi, birja, tayyorlov tashkiloti qayta ishlovchi korxona, shuningdek mahsulotlarning doimiy buyurtmasi yoki haridori bo’lgan ayrim shaxslar gavdalanishi mumkin. Mijoz kim bo’lishidan kathiy nazar: tashkilotmi, korxonami, firmami yoki yakka shaxsmi - avvalo tadbirkor oldida o’z muammolari bilan murojaat qilayotgan inson ekanligini esda to’tishi lozimdir.



Tadbirkorning vazifasi- mijozni o’z qo’liga olib uni ushlab qolmoq. Har bir tadbirkor (yakka shaxs yoki korxona) shu maqsadda o’z ishini mijozga bag’ishlamogi kerak.

Bu maqsadga erishishda quyidagilarni ta’minlash zarur:

  • har doim o’zini mijoz o’rniga qo’yishi;

  • qog’ozbozlikka yo’l qo’ymaslik;

  • haridorlar bilan tovar sotilgandan so’ng ham aloqani uzmaslik.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling