Menejment kafedrasi


Tinchlik kelishuvi tuzilgan deb quyidagi holatlarda hisoblanadi


Download 0.61 Mb.
bet20/24
Sana01.10.2020
Hajmi0.61 Mb.
#132098
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Kichik biznes va tadbirkorlik 090220154339


Tinchlik kelishuvi tuzilgan deb quyidagi holatlarda hisoblanadi:

  • Qarzdor qarzlarni yarmidan oz qismini to’lashni taklif etganda unga rozi bo’lib 2/3 dan kam bo’lmagan majlis kreditorlari o’rnida bo’lgan qatnashchilari ovoz bersa, agar ularning talablari 2/3 dan kam bo’lmagan imtiyozsiz qiymat talablarni tashkil qilsa;

  • Qarzdor qarzlarini yarmidan kam qismini to’lashni taklif qilsa, agar bunga barcha qatnashmayotgan kreditorlarning 3/4 qismi rozi bo’lib ovoz bersa, agar ularning talablari 3/4 qismidan kam bo’lmasa.

Tinchlik kelishuvi ta’sir qilish muxlati kreditorlarning umumiy majlisida qarzdorning taklifi asosida belgilanadi. Xo’jalik sudi boshqaruvchining yoki kreditorning taklifi bilan tinchlik kelishuvini quyidagi hollarda tugatadi, agar: qarzdor atayin yoki qalbaki bankrotliknia malga oshirsa; qarzdor tinchlik kelishuvida ko’zda tutilgan majburiyatlarinib ajarmasa; tinchlik kelishuvining ta’sir qilish mudatining yarmidan kam bo’lmagan qismi o’tgandan keyin qarzdor tinchlik kelishuvini shartini bajara olmasa. Agar tinchlik kelishuvi tugatilsa, unda bankrotlik ishini ko’rish yana tiklanadi.

Xulosaq iliba ytganda, bankrotlik bu bozor iqtisodidagi oddiy holat, raqobat kurashidagi tabiy jarayondir. Unda nochor tadbirkor tarkibi o’zining xo’jalik faoliyatini to’xtadi. Kichik xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy qashshoqligi va bankrot bo’lishi tadbirkorlar, rahbarlar, firmaning menejerlari tomonidan yo’l qo’yiladigan bir qator kamchiliklarga bog’liq. Shuning uchun biznesni tashkil etishda imkoniyatlarni, resurslarni va tavakkalliklarni hayotiy siklini barcha bosqichlarida puxta tahlil qilish kerak bo’ladi.


Tayanchiboralar

Bankrot, bankrotlik, “Bankrotlik to’g’risida”gi Qonun, moliyaviy qashshoqlik, sanatsiya, tinchlik kelishuvi.



Nazorat va muloxaza uchun savollar.

  1. Bankrotlik mohiyatini tushuntiring.

  2. Bankrot qanday shaxs?

  3. Kichik biznesning korxonalari inqirozga uchrashi asosiy sabablarini keltiring.

  4. Bankrotlik” haqidagi qonun davlat xududida xo’jalik yurituvchi sub’ektlari bilan birgalikda ularning mulk shaklidan qat’iy nazar yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy munosabatlariga ta’sir ko’rsatadimi ?

  5. Tinchlik kelishuvini mohiyatini tushuntiring.

  6. Sanatsiya nima?

  7. Sanatsiyani korxona faoliyatidagi ahamiyati qanday?

  8. “ Kichik va o’rta korxonalarning iqtisodiy nochorligi belgilarini aniqlash tartibi” qanday?

  9. Respublikamiz amaliyotida iqtisodiy nochor korxonalarning axvoli qanday yaxshilanayapti?

  10. Respublikada faoliyat korsatayotgan xo’jalik sudining faoliyati xaqida nimalar bilasiz?



16-Mavzu. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI

AXBOROTLAR BILAN TA’MINLASH
Reja

  1. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida axborotning axamiyati va

axborot turlari.

2. Kichik biznes faoliyatining axborot tizimi

3. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini axborot bilan ta’minlashni tashkil etish.

4. Axborotlarni yig‘ish va tahlil etish

5. Maxfiy axborotlar

6. Axborotlarni himoya qilish
1. Kichik biznes faoliyatida axborotning ahamiyati va axborot turlari

Biznes faoliyatini yetarli va aniq axborotlarsiz amalga oshirish mumkin emas. Bu axborotlar biznes uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar, xabarlar majmuasidan iborat bo’ladi. Axborot ishlab chiqaruvchilar, tovarni sotuvchilar va xaridorlar o’rtasidagi aloqa shaklidir.



Ishbilarmonlar asosan turli xil axborotlar:

  • statistik;

  • moliyaviy;

  • operativ;

  • tashkiliy axbrotlar;

  • farmoyish tarzidagi axborot;

  • buxgalterlik;

  • marketing axboroti;

  • ta’minot bo’yicha;

  • xodimlar bo’yicha;

  • ma’lumotga oid axborot va boshqa axborotlar bilan ishlaydilar.

Axborotlar yana ichki va tashqi, dasturiy va me’yoriy axborotlarga bo’linadi.Ichki axborotkichik korxona yoki savdomtashkiloti ichki materiallaridan iborat bo’ladi hamda korxona faoliyatini, uning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini, moddiy va mehnat xarajatlari hajmini, naqd pul xarakatini, debitorlik va kreditorlik qarzlari xaqidagi ma’lumotlarni o’zida aks ettiradi.

Tashqi axborotlarmaxsulot ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni, hokimiyat idoralari, banklar, raqobatchilar va boshqa tashkilotlar bilan bo’ladigan aloqalarni ifodalaydi. U tovarlarni sotish va harid qilish shartlari xaqidagi tashqi muhit xabarlaridan iborat bo’ladi.

Foydalanish vaqti bo’yicha axborotlar: operativ, davriy va uzoq muddatli,o’zgartirish darajasi bo’yicha:birlamchi va ikkilamchi axborotga bo’linadi.

Tadbirkorlikda iqtisodiy axborotlar yetakchi rolь o’ynaydi, chunki ular tovar ishlab chiqarish, moddiy boyliklarni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida odamlar o’rtasidagi munosabatlarni aks ettiradi.

Kichik korxonalar uchun ilmiy-texnik axborotlarning roli ham muhim, ular ishlab chiqarish ilmiy-texnik taraqqiyot aso’sida rivojlanishni aks ettiradi.

Doimiylik darajasi bo’yicha axborotlar: doimiy, shartli-doimiy va o’zgaruvchan bo’ladi. Doimiy axboroto’z maonosini uzoq vaqt davomida o’zgartirmaydi (shaharlar, korxonalar, savdo nuqtalari nomlari, tovarlar turlari va boshqalar xaqidagi axborotlar).

SHartli-doimiy axborotlarma’lum vaqt davomida o’z ma’nosini saqlab turadi. Unga maxsulot tayyorlash uchun texnik shartlar, me’yorlar, tarif miqdorlari, lavozim, ish xaqi va xokazolar kiradi.

O’zgaruvchan axborotlar xarid qilish va sotishning o’sishini aks etgiradi. Ular qaror qabul qilish uchun doimo tezlik bilan qayta ishlashni talab qiladi, aks holda ularni olishdan maono qolmaydi.

Har qanday axborot xujjatlarda aks ettiriladi. Xujjat — bu axborot tarqatuvchi vositadir. Nafaqat ishbilarmonlar, balki bu xujjatlarni o’quvchi, ulardan foydalanuvchi, ularni qayta ishlovchi va saqlovchi odamlarning mehnat xarajatlari xujjatning shakllariga bog’liq. Biznesda keraksiz xujjatlarning bo’lishi mumkin emas.



Axborotlar oqimi muvaffaqiyatli biznes uchun kerakli aloqalarni ta’minlaydi. Bunday aloqalar tovar ishlab chiqaruvchilar va ularning iste’molchilari, maxsulotlarni sotuvchilar va haridorlar, turli muassasalar o’rtasida zarurdir.34

Axborot almashish kichik biznes faoliyati va xususiy tadbirkorlikning eng murakkab muammolaridan biridir.

Samarali ishlayotgan ishbilarmonlar — bu aloqa va axborot vositalaridan o’z o’rnida unumli foydalanayotgan kishilardir. Ular aloqa va axborot jarayonlarining mohiyatini tushunadilar, og’zaki va yozma muomalani uddasidan chiqa oladilar.

Aloqa jarayoni — bu ikki yoki undan ortiq kishilar o’rtasida axborot ayirboshlash jarayonidir. Aloqa qilish jarayonining asosiy vazifasi — almashuv mavzui bo’lgan axborotni tushunishni ta’minlash. Ammo axborot almashinuvining o’zi axborot almashinuvida ishtirok etayotgan ishbilarmonlarning aloqalari samaradorligiga kafolat bermaydi.

Axborot almashinuvi jarayonida to’rtta element ishtirok etadi:

  • axborot jo’natuvchi;

  • xabar-axborotning o’zi;

  • kanal-axborotni uzatuvchi vosita;

  • axborot oluvchi.

Bu zaminiy elementlarning ishi aniq yo’lga qo’yilgan bo’lishi, axborot buzilgan bo’lmasligi kerak.

Axborot almashuvi chog’ida ikki tomon (sotuvchi va haridor) muhim rolь o’ynaydi. Agar sotuvchi tovar narxini aytsa, bu faqat axborot almashinuvining boshlanishi. Axborot almashuvi samarali bo’lishi uchun haridor tovarni shu narxga harid qilishga rozi ekanligini sotuvchiga xabar qilishi lozim.

Agar bir tomon axborotni taqdim etsa va boshqa tomon uni buzmasdan qabul qilsa, u holda axborot almashinuvi sodir bo’ladi. SHuning uchun aloqa jarayoniga alohida e’tibor berish kerak.

Aloqa texnikasi turli-tumandir. Biznesda aloqa texnikasi vositalaridan biri — komp’yuterlashtirishdir. Komp’yuterlashtirishning ahamiyati bozor munosabatlariga o’tish, ishbilarmonlarning jahon bozoriga chiqishi munosabati bilan taqqoslab bo’lmaydigan holda o’smoqda. Ma’lumki, jahon amaliyotida komp’yuterlashtirish kundalik va muhim texnika bo’lib qolgan. Kompyuterlar yordamida biznes-rejalar tuziladi, mehnatga haq to’lash ishlari amalga oshiriladi, bozorlar tadqiq qilinadi, chakana va ulgurji savdolar o’rganiladi.

Aytilganlardan kelib chiqib, xulosa qiladigan bo’lsak, axborot biznesda, kichik va xususiy tadbirkorlikda katta ahamiyatga ega bo’lib, ular qabul qilinayotgan qarorlarning manbai hisoblanadi. Xaqiqatda axborotlarsiz, kerakli ma’lumotlarsiz hech kim ishlay olmaydi. Qabul qilinayotgan qarorlarning amaliyligi, kichik va xususiy tadbirkorlikning samaradorligi axborotlar sifatiga, uni o’z vaqtida yig’ish, uzatish va qayta ishlashga bog’liqdir.
2. Kichik biznes faoliyatining axborot tizimi

Axborotlar majmui tadbirkorlik faoliyati axborot tizimini tashkil qiladi.Tadbirkorlik faoliyatining axborot tizimi o’z ichiga:

  • kerakli axborotlar;

  • xujjatlar;

  • biznes tadqiqotlari tizimini;

  • aloqa kanallari;

  • texnik vositalarni qamrab oluvchi murakkab axborot tuzilmasidir.

Tadbirkorlar o’z ish kunlarini kichik va xususiy korxonalar, savdo nuqtalari ishi xaqidagi ma’lumotlar, maxsulotlarga bo’ladigan buyurtmalar va maxsulotni ortib-jo’natish xaqidagi teleks hisobotlarlari bilan tanishishdan, xaqiqiy va rejaviy ko’rsatkichlarning o’zaro munosabatlarini, ishlab chiqarish xarajatlarini o’rganishdan boshlaydilar. Ular maxsulotlarni joriy va o’tgan vaqtda sotilishi, tovar-moddiy zahiralar, mehnatni tashkil qilish va unga haq to’lash, transportda tashish va aholiga boshqa xizmatlar ko’rsatish xaqidagi axborotlarni sanoqli daqiqalarda oladilar. Bunda ularga hisoblash texnikasi va axborotlarni qayta ishlash jarayonini kompyuterlashtirish yordam beradi.

Yig’ilgan va qayta ishlangan axborotlar tadbirkorlarga boshqaruv qarori qabul qilishda yordam beradi.



Ishbilarmonlarga raqiblari xaqida axborotlar zarur. Bunday axborotlarni raqiblar tovarlarini harid qilish orqali „ochiq eshiklar kuni"da, ixtisoslashtirilgan ko’rgazmalarga borganda olishlari mumkin. Raqiblar xaqidagi ma’lumotlarni yana ularning hisobotlarlarini o’qib va hissadorlar majlislarida ishtirok etib, raqib korxona xodimlari, raqiblarga mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan suhbatlashib ham olish mumkin.

Raqiblarning reklamalari yig’indisini, ularning reklama xarajatlarini va ular foydalanayotgan reklama vositalari to’plamini olish uchun reklama byurosining pullik xizmatlariga murojaat qilinadi.

Tadbirkorlarga mijozlar, dilerlar va bozorda xarakat qiluvchi raqobatchilar xaqida ma’lumotlar kerak. Bozor munosabatlariga o’tish yanada kengroq va yanada sifatliroq axborotlar olish zarurligini shart qilib qo’yadi.

Tadbirkorlar uchun haridorning tovar xususiyatlariga munosabatlarini oldindan bashorat qilish borgan sari qiyinlashmoqda va ular tadqiqotlarga murojaat qilmokdalar. Ishbilarmonlarga borgan sari ko’proq axborotlar kerak bo’ladi va ularga doimo axborot yetishmaydi. SHuning bilan bir vaqtda, ishbilarmonlar o’zlariga kerakli aniq va foydali ma’lumotlarni yetarli miqdorda yig’a olmayotganliklaridan shikoyat qiladilar.35

Biznes tadqiqotlari tizimining vazifasi muvaffaqiyatli biznes uchun kerakli ma’lumotlar doirasini muntazam aniqlashdan iborat.

Odatda, biznes tadqiqotlari tizimi quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • bozorni tadqiqot qilishni;

  • reklama vositalaryni, reklama eolonlari samaradorligini;

  • xodimlarning ishga faolligini;

  • raqiblar tovarlarini;

  • narx-navo siyosatini;

  • tovar assortimentlarini;

  • xalqaro bozorlarni o’rganishni;

  • rahbarlikni, axborotlar bilan ta’minlashni tadqiqot qilishni;

  • xodimlar bilan ishlash siyosati va xodimlarning faoliyatini baholashni o’rganishni;

  • sotsiologik tadqiqotlar o’tkazishni va hokazo.

Biznes tadqiqotlari quyidagi ketma-ketlikda o’tkaziladi (9- rasm)

Tadqiqotchilar tadqiqotning dastlabki bosqichida muammoni aniq belgilashlari va tadqiqot maqsadini belgilab olishlari kerak. Axborotlarni yig’ish ancha og’ir va mashuliyatli ishdir. Muammoni mujmal yoki noto’g’ri belgilash ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlarga olib keladi. Aniq qo’yilgan maqsad muammoni hal qilishning asosidir.

Tadqiqotning keyingi bosqichida buyurtmachini qiziqtirayotgan axborot turini va uni eng samarali yig’ish yo’lini aniqlash zarur. Tadqiqotchi ikkilamchi yoki birlamchi axborotlarni yoki ikkalasini bir vaqtda yig’ishi mumkin.



Ikkilamchi axborot - bu avval boshqa maqsadlar uchun yig’ilgan mavjud axborotdir.

Quyidagilar ikkilamchi axborot manbalarini tashkil etadi:

  • korxonalarning hisobotlarlari;

  • bo’lg’usi tadqiqotlar xaqidagi hisobotlarlar;

  • davlat muassasalarining nashrlari;

  • korxona, muassasalarning balans hisobotlarlari;

  • statistik ma’lumotnomalar;

  • birjalar ma’lumotnomalari;

  • gazeta va jurnallar, radio, televidenie eshitgirishlari va hokazo.



9-rasm. Biznes tadqiqotlari o’tkazish ketma-ketligi.
Ikkilamchi axborot tadqiqotning boshlanьich nuqgasi bo’lib xizmat qiladi. U arzon tushishi va olish osonligi bilan ajralib turadi. Ammo tadqiqotchiga kerakli ma’lumotlar eskirgan, noaniq, to’liqsiz yoki ishonchsiz holda yetib kelishi mumkin. Bu holda tadqiqotchining yanada ko’proq mablaьlar va vaqt sarflash orqali birlamchi axborot yig’ishiga to’ьri keladi.

Birlamchi axborot — bu aniq maqsad uchun birinchi marta yig’iladigan axborotdir. Birlamchi axborot yig’ishning uchta uslubi bor:

  • Kuzatish.

  • Tajriba.

  • So’rov.

Kuzatish — birlamchi axborot yig’ishning eng asosiy uslublaridan biri bo’lib, unda tadqiqotchi odamlar va vaziyatlar ustidan bevosita kuzatish olib boradi. Kuzatish foydali g’oyalarga, raqiblar tajribasini o’rganishga olib kelishi mumkin.

Ma’lumot yig’ishning boshqa uslubi - tajriba. Tajriba tadqiqotlari o’zaro taqqoslanayotgan suboektlar guruhini tanlash, bu guruhlar uchun turli xil holatlarni yaratish, taqqoslanayotganlar ustidan nazoratni va kuzatilayotgan farqlarning darajasi va ahamiyatini belgilashni talab qiladi.

Bunday tadqiqotning maqsadi — kuzatish natijalarini ziddiyatli izohlashlarni saralash yo’li bilan sabab-natija munosabatlarini ochib tashlamoqdan iborat bo’ladi.

So’rov — tajriba-sabab-natija aloqalarini aniqlashda tadqiqot o’tkazishning eng qulay usulidir. Biznes tadqiqotchisi ishga kirishishdan oldin ish rejasini ishlab chiqishi kerak.

Rejada kimdan so’rash kerakligi, so’rovga qancha miqdordagi odamlarni jalb qilish zarurligi, so’raluvchilarni qanday tartibda tanlab olish, ishni bajarish muddati va hokazolar belgilangan bo’lishi kerak.


3. Kichik biznes faoliyatini axborot bilan ta’minlashni tashkil etish

Biznes faoliyatini axborot bilan ta’minlashning asosiy vazifasi barcha martabadagi ishbilarmonlarga o’zlarini qiziqtiradigan barcha masalalarga doir ma’lumotlarni o’z vaqtida yetkazib berishdan iboratdir.

Axborotlarga ehtiyoj kichik va xususiy biznesni axborotlar bilan ta’minlanishining asosiy sharti hisoblanadi. Ehtiyoj esa ishbilarmonlarning bajarayotgan ishlarini hisobga olgan holda kichik va xususiy tadbirkorlikning maqsadi hamda vazifalaridan kelib chiqib aniqlanadi. Axborotlar hajmi, ularning turlari, ularda qayd qilingan kerakli ma’lumotlarning miqdori, ko’rsatkichlarni aniqlash, axborotlar bilan ta’minlash tizimi tashkilotchilarining birinchi navbatdagi ishi bo’lib hisoblanadi. Ishbilarmonlar samarali ishlashi uchun yetarli miqdordagi axborotlar bilan ta’minlangan bo’lishlari kerak. Axborot to’g’ri, ishonchli va aniq bo’lishi, o’z vaqtida kelib tushishi lozim.

Har bir kichik korxonada xujjatlarni o’rganish jarayonida doimiy, o’zgaruvchan va hosila axborotlarni, ularning davriyligini, qaror qabul qilishda ishlatilishini aniklash kerak.

Xujjatlarni bajarilayotgan biznesning u yoki bu xizmatlariga tegishli ekanligini aniqlash uchun texnik, rejaviy, moliyaviy, me’yoriy, dasturiy va hokazo yo’nalishlar bo’yicha guruhlarga ajratish mumkin.

Xujjatlarni bunday turkumlash xujjatlar xarakatining umumiy qonuniyatini aniqlashga, xujjatlarning tuzilishini, ma’lumotlarni qayta ishlash ketma-ketligini, xodimlarni ish bilan band qilish darajasini hamda hisoblash texnikasini belgilashga imkon beradi.

SHunday turkumlash asosida xujjatlar aylanuvi taxlil qilinadi. Bu esa ma’lumotlarni qayta ishlash tizimining umumiy ko’rsatkichlarini aniqlashga va uni takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqishga imkon beradi. Xujjatlarning shakllanishi va xarakati qonuniyatini hisobga olgan holda xujjatlar aylanuvi tasvirini ko’rish mumkin. Tasvirlar xujjatlarning tarkibi va qayta ishlanishini batafsil tadqiqot qilish natijalarini umumlashtirish bo’ladi. Ular yordamida bajarilayotgan ish turlari, xujjat shakllari va xodimlar vazifalari orasida mavjud bo’lgan aloqalarni va o’zaro bir-birlarini almashtirishni grafik shaklida ko’rgazmali tasvirlash mumkin bo’ladi.



Axborot oqimlarini tashkil qiluvchi manbalar:

  • axborot manbalari va iste’molchilarni aniqlashni;

  • xujjatlarni ishlab chiqishni;

  • axboroglarni yig’ish, uzatish, qayta ishlash va saqlash uchun texnik vositalarni aniqlash hamda xujjatlarni tuzishni;

  • rasmiylashtirish, ro’yxatdan o’tkazish, muvofiqlashtirish va tasdiqlash tartiblarini belgilashni o’z ichiga oladi.

Kichik biznesni axborot bilan ta’minlashni tashkil qilishda mavjud hisoblash va perfokartali texnikalarning mavjudligini, axborotlarni yig’ish, qayta ishlashni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish darajasidan kelib chiqish kerak.

Kichik biznes faoliyatini axborot bilan ta’minlashni tashkil qilish, xujjatlarni saqlash vositalari:tokchalar, javonlar, kartotekalar, magnit tasmalari, magnit va lazer disklarini ko’zda tutadi. Aloqa vositalarining: telefon, teleks, ATS, direktorlik va dispetcherlik kommutatorlari, radioaloqa, chaqirish va avariya signal berish qurilmalari va hokazolarning mavjudligi ham muhimdir.

Biznesda xilma-xil idishlar, tarozilar, soatlar, hisoblagichlar va axborot datchiklari, turli xil o’lchov asboblari, yozuv va nusxa ko’chirish mashinalari ham muhim ahamiyatga ega.



Tadbirkor tomonidan qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlari xususiyatlarining taxlili tadbirkorning axborotga bo’lgan ehtiyojini aniqlash uchun oboektiv asos bo’ladi. Qaror qabul qilish uchun turli-tuman axborotlar kerak. Bular avvalo, biznesni taoriflovchi ichki axborotlardir. Moddiy va mehnat zaxiralari, ishlab chiqarish texnologiyasi, maxsulotlarning tannarxi, korxona ichida yuklarni tashish, xodimlar mehnatiga xaq to’lash, ularning malakalarini oshirish va boshqalar shunday axborotlardan bo’lishi mumkin.

Bunday axborotlar operativ harakterga ega bo’lib, maxsulot ishlab chiqarish va sotishni hamda biznesning iqtisodiy ko’rsatkichlarini aks ettiradi.

Ichki axborotdan tashqari tadbirkorga tashqi axborot ham kerak bo’ladi. U keng doiradagi ma’lumotlardan iborat bo’lib, ishbilarmonga bozor, tovarlar narxlari, transport xarajatlari, eng yangi uskunalar va ilg’or texnologiya, biznesning uni qiziqtirgan sohasidagi fan va amaliyot yutuqlari, raqiblari xaqida ma’lumotlar beradi. Bulardan tashqari har bir ishbilarmon soliqlar, tadbirkorlik xaqidagi qonunlarni, mehnat qonunchiligini va boshqa me’yoriy xujjatlarni yaxshi bilishi kerak.

Tadbirkorga yana ijtimoiy-psixologik axborotlar:

  • tabiiy muhitning ekologik holati;

  • maxsulot iste’molchilarining yashashi va maishiy sharoitlari xaqidagi axborotlar ham kerak.

Tadbirkor qo’yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda eng zarur axborotlarni tanlab olishi, ular bilan tanishishi, keraksiz va kam ahamiyatga ega ma’lumotlarni tashlab yuborishi hamda u yoki bu masala bo’yicha boshqaruv qarorini ishlab chiqishi zarur.

Ishbilarmon axborot bilan bog’liq o’z ishini hamda axborotlarni tayyorlovchi o’z xodimlari mehnatini samarali tashkil qilishi kerak. Aks holda rahbarga tasodifiy ma’lumotlar yetib borishi mumkin.



Tadbirkorga axborot xizmati ko’rsatishni tashkil qilishda eng asosiysiortiqcha ma’lumotlarni saralovchi ishonchli filtrni yaratishdir. Tadbirkorning yordamchilari ana shunday filtr bo’lishlari kerak.
4. Axborotlarni yig‘ish va tahlil etish

Kichik biznesdagi eng asosiy masalalardan biri - axborot bilan ta’minlashdir. Har kuni ma’lumotlar oqimi yig‘iladi va u undan to‘g‘ri foydalanish biznes menejerlari uchun shart. Birinchi navbatda u qanday ma’lumot kerakligi; uni qayerdan olish mumkinligi; qanday qilib uni to‘plash, qayta ishlash va saqlash kerakligi, qanday dalillar tekshiruvga muhtojligini bilishi kerak, mo‘ljallayotgan sherik va mijozning ishonchlik darajasi qanday.

Korxona o‘z maxsulotlarini kirgiza olgan bozor va u yerdagi insonlarni to‘liq o‘rganib chiqsagina, u bozorga moclasha oladi. Ushbu masalalarning yechimi mazkur axborotlar yig‘ish va operativ ravishda tahlil qilishdan iborat.Korxonaning barcha funksiyalarini natijaviyligini ko‘rsatuvchi samarali axborotlar yig‘indisini ishlab chiqish ancha og‘ir.

Axborotni yig‘ish, ishlov berish va tahlil qilishga ketadigan harajatlar yetarli darajada yuqori, shuning uchun kerakli axborotni olish bilan bog‘liq afzalliklar unga ketadigan sarf-harajatlar bilan mutanosib bo‘lishi kerak. Axborot, odatda, ikki toifadan biriga kiradi: tashqi va ichki manbalardan doimiy tarzda kelib turadigan axborot va zaruriyatga qarab ma’lum bir muammo yoki nostandart vaziyat yuzaga kelganda so‘raladigan axborot. Birinchi toifaga sotuv va harajatlar hajmi tahlilining natijalari, bozor ulushining baholanishi, shuningdek iste’molchilarni qoniqtirish darajasining tekshiruvlari kiradi. Ikkinchi toifa yangi mahsulotlar konsepsiyalarini testdan o‘tkazish natijalarini, iste’molchilar hohishidagi savdo markalarining tadqiqoti, shuningdek reklamaning samaradorligi tahlilini o‘z ichiga oladi.

Korxona rahbariyatiga bir nechta turdagi axborotga kerak bo‘lishi mumkin.

1. Ichki axborot tizimi har qanday strategik baholash dasturining asosini aks ettiradi. Bunday tizimlar sotuv va harajatlar to‘g‘risidagi dastlabki hisobotlardan boshlab o‘ta murakkab marketing axboroti kompyuter tizimlarigacha turlanadi.

2.Standartlashtirilgan axborot xizmatlari obuna bo‘yicha yoki bir marta sotib olish uchun axborot beradi, uning bahosi, odatda, maxsus tekshiruvni o‘tkazish bahosidan pastroq bo‘ladi. Shunga ham qaramasdan, bunday xizmatlar yetarli darajada qimmatga tushadi. Standartlashtirilgan axborot nashr ko‘rinishida va elektron formatda bo‘ladi.

3. Marketing bo‘yicha boshqaruvchilarga maxsus tadqiqotlarni o‘tkazish zarur bo‘lib qolishi mumkin. Misol distribyuterlarga ishlab chiqaruvchining xizmatlari haqidagi fikrlarini o‘rganib chiqish.

4. Mudofaa tashabbusining tizimi kichik korxona chiqadigan bozorlariga ta’sir qiladigan tekshirib bo‘lmaydigan tashqi omillarni kuzatib borish va oldindan belgilashga qaratilgan. Bunday tizimlarning imkoniyatlari axborot yig‘ilishining standart jarayonlaridan boshlab tashqi muhitni ovozasiz kuzatib borishgacha turlanadi.

5. Maxfiy axborotlar

Axborotlar yig‘ish va tahlil qilish jarayondagi muhim vazifa kichik korxonaning maxfiy ma’lumotlarini saqlash hisoblanadi. Fortune 100 ro‘yxatidagi 75 %ga yaqin kompaniyalar “so‘nggi besh yilda kompyuter orqali mijozlar, ishlab chiqarish sirlari va yangi tovarlarni ishlab chiqishga oid rejalar to‘g‘risidagi axborotga beruxsat erishish harakatlarining soni ko‘payib ketgan” ligini ta’kidlashadi. Bunday holatlar ko‘payishining sabablari sifatida kompyuter texnologiyalarining rivojlanib ketganligi va o‘z kompaniyalari xodimlarining sadoqati pasayganligi ko‘rsatilgan. Kompaniyaning yopiq axborotiga beruxsat erishish to‘g‘risidagi ma’lumotlar tasdiqlansa, kompaniya maxfiy ma’lumotni himoyalash uchun kerakli ehtiyot choralarini ko‘rganligini namoyish etishi lozim.

Har bir tijorat firmasida ovoza qilinmaydigan ma’lumotlar bor. Bunday ma’lumotlarga quyidagilar kiradi: konstruktorlik texnologik turli “nou-xau”, ixtirolar loyihalari, firma namoyondalari, alohida shaxslar bilan bo‘lgan muzokaralarning natijalari, tijorat bitimlarining ba’zi tafsilotlari.

Tabiiyki, bunday ma’lumotlarni raqobatchilardan alohida ko‘riqlanadi va joylarda saqlab, sir tutish kerak.

Firma uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarning yig‘ilishiga qarab ularni himoya qilishning turli usullarini qo‘llash kerak.Shuning uchun har bir firmada ma’lumotlarni himoya qilish tizimini tashkil qilish kerak
6. Axborotlarni himoya qilish

Sirli ma’lumotlar oqimini yo‘qotish uchun ularni himoya qilishning turli tizimlari yaratiladi. Himoya vositasining murakkabligi mavjud ma’lumotlarning aniq qiymatiga bog‘liq. Eng sodda usullardan biri ma’lumotlar saqlanadigan shkaflarni berkitish uchun kulflardan foydalanish. Eng ishonchli usullardan biri - ma’lumotlarni seyflarda saqlash. Kompyuterlarda joylashgan ma’lumotlar yashirin so‘z (parol’) va shifrlar bilan himoya qilinadi.Yashirin so‘zlarni qo‘llash ma’lumotlarni egallashni chegaralaydi. Shifrlash xattoki nusxa ko‘chirishda ham ma’lumotlarga kirib borishga yo‘l bermaydi.Firmaga programmalovchilarni jalb qilib, tuzilgan programmalarda ko‘pincha ma’lumotni yetarli darajada ishonchli himoya qilishga yo‘l bermaydigan tasodifiy sonlar ko‘rsatgichi ishlatiladi. Shuning uchun biznes bilan shug‘ullanishning dastlabki davrida ma’lumotlarni himoya qilish muammolarini mustaqil hal qilish tavsiya etiladi. O‘ta muhim ma’lumotlarni himoya qilish uchun yuqori malakali maxsus mutaxassislar xizmatiga murojaat qilish kerak.



Kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlarini axborot bilan ta'minlash masalalari. Tadbirkorlik sub'ektlarini axborot bilan ta'minlash ichki va tashki bozor kon'yunkturasi, tenderlar, birja va auktsion savdolar buyicha ma'lumotlar, boshqa axborotdan xabardor qilish maxsus byulletenlar, ommaviy axborot vositalardagi chiqishlar, shuningdek, Respublika Savdo Sanoat palatasining faoliyat kursataetgan 240 mingta xo’jalik yurituvchi sub'ektlar hamda 26 mingta nomdagi tovar va xizmat hahidagi ma'lumotni o’z ichiga olgan ko’p tarmoqli “MAROQAND” axborot tizimi orqali yo’lga qo’yilgan. Ushbu tizimning portalini 20 ta mamalakatdan 500 dan ziyod chet el kompaniya va firmalari zierat qilishdi. Birjalar bilan hamkorlik qilish istagidagi kichik biznes sub'ektlari o’zlari chiqaraetgan mahsulotlarni Internet da tavsiya etish uchun beminnat imkoniyat berilyapti. Lekin, kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlarini axborot bilan ta'minlash xozirgi kunda talab darajasiga javob bermaydi, ayniqsa viloyat va xududlardagi, qishloq joylardagi tadbirkorlar ko’plab axborotlardan bexabar qolishmoqda.


Qisqa xulosalar


Kichik biznesdagi eng asosiy masalalardan biri - axborot bilan ta’minlashdir. Kichik biznes korxonalarida ish yuritish -bu xujjat tuzish, rasmiylashtirish, ularni ko‘paytirish, qabul qilish, jo‘natish va ro‘yxatga olish, ularning bajarilishini tekshirish, shuningdek zarur xujjatlarni izga solish va qayta ishlangan xujjatlarni aynan firmaning o‘zida saqlash kabi ishlar majmuidir.

Tayanch iboralar:

Axborot, ma’lumot, uning ahamiyati, axborot turlari, ijtimoiy-psixologik axborotlar axborot tizimi, kuzatish tajriba, so’rov, ikkilamchi axborot, birlamchi axborot,kichik biznesni axborot bilan ta’minlash.


Nazorat va muhokama uchun savollar.

  1. Axborot deganda nimani tushunasiz?

  2. Axborot tizimi mohiyatini aytib bering?

  3. Axborot oqimlarini tashkil qiluvchi manbalar so’zlab bering?

  4. Birlamchi axborot deganda nimani tushunasiz?

  5. Birlamchi axborot uslublari nechta va ularni sanab bering?

  6. Biznesda tadqiqot o’tkazish bosqichlari sanab bering?

  7. Zamonaviy texnologiyalarni axborot almashtirishdagi o’rni qanday

  8. Axborotlarni to‘plash ahamiyati qanday?

  9. Axborotlarni saqlash qanday amalga oshiriladi?

  10. Kichik biznesda ish yuritish asoslari nimadan iborat ?

  11. Biznesmenning tashrif qog‘ozi nima?

  12. Sheriklar qidirish uchun qanday tadbirlarni amalga oshirish lozim ?

  13. Tijorat firmasidagi maxfiy axborotlar qanday saqlanadi ?

  14. Kichik biznes korxonalarida axborotlarga ehtiyoj qanday qondiriladi?

  15. O‘ta muhim ma’lumotlarni himoya qilish uchun qanday tadbirlarni amalga oshirish lozim ?

  16. Ovoza qilinmaydigan ma’lumotlar nimadan iborat ?


17- Mavzu. TADBIRKORNING AHLOQIY QOIDALARI.
Reja

1. Tadbirkor shaxsi xususiyatlari.

2. Tadbirkorlik etikasi.

3. Tadbirkor amal qilishi lozim ahloqiy me’yorlar.


1. Tadbirkor shaxsi xususiyatlari

Tadbirkor shaxsni uning jamiyatdagi o’rni, tadbirkorlik faoliyatida o’z o’zini va boshqalarni shaxsiy va tashkilot umumiy maqsadlariga erishish uchun harakat qilishga unday oladigan, ishchanlik xususiyatlarini, mahnaviy va muomala madaniyatini o’zida mujassamlashtirgan kishi sifatida tavsiflash mumkin.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkor jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida markaziy o’rin tutadi. Bu siyosiy va iqtisodiy erkin shaxs bo’lib, u o’z faoliyatini aholining tovar va xizmatlarga bo’lgan talabni qondirish orqali foyda olishga yo’naltirishi lozim. Xorijiy davlatlarda tadbirkorlik jamiyat orasida hurmatga sazovordir. Bu kishilarni o’z xayotlarini mustaqil tashkil qilish istaklari natijasidir. Tadbirkor, ayniqsa kichik biznesmen kimidir yordamidan umidvor bo’lmasdan, qiyinchiliklar, to’siqlarni yakkama-yakka yengib, o’z o’rnini topishi kerak. Xususiy faoliyat (ish) bilan shug’ullanayotgan kishi mehnatni qiyinchiliklariga, muvaffaqiyatga erishish holi uzoqligiga qaramasdan o’zining mustaqilligidan, erkin mustakil mehnat qilish imkoniyatlaridan voz kecha olmaydi.

Biz uchun anoanaga aylanib qolgan xalq xo’jaligi doirasidagi xo’jalik faoliyati mehnatkashlarni tashabbus ko’rsatish imkoniyatlarini nazarda tushmagan, balki olingan majbiriyatlarini bajarishlariga yo’naltirilgan. Bunday sharoitda korxona ishchilari yuqoridan berilgan ko’rsatmani amalga oshiruvchilar rolini bajarganlar. Bunday holat kishilarni o’z mehnatlarini pirovard natijalariga nisbatan befarq qilib qo’yadi, oqibatda doimiy zarar ko’rib ishlaydigan korxonalarni paydo bo’lishiga va talab qilinmagan, sifatsiz mahsulotlarni ishlab chiqarishga olib keladi. Kishilarga o’z maqsadlariga erishish maqsadida davlat korxonalari va xususiy firmalarda yollanma ishchi bo’lib qolmaslikka undovchi holatlar quyidagilar:

1. Yaxshi maosh olish istagi.

2. Hech kimga bo’ysunmagan holda mustakil bo’lish.

3. SHaxs va mutaxassis sifatida o’z mavqeini belgilab olish istagi.

4. Rahbar bo’lish istagi.

5. Ijodiy mehnat qilish erkinligiga erishish istagi.

6. Hotanish bo’lgan ish faoliyatida o’z kobiliyatini sinash istagi.

Tadbirkorlik faoliyatining motivi foyda olish hisoblanadi.

Ayni vaqtda ko’pgina xorijiy mamlakatlarda olib borilgan tadqiqotlarni ko’rsatishicha, oliy maolumotli ishchi kuchi mehnat faoliyatini nafaqat ish xaqi manbai (vositasi), balki o’zini shaxs sifatida bilim imkoniyati deb qaraydi.

“Tadbirkorlik” so’zining asosini “tadbir” so’zi tashkil qiladi, yaoni nimadir yoki qandaydir ishni boshlash demakdir.

Tashabbus tadbirkorlikning asosi hisoblanadi. U xo’jalik faoliyatini maolum aktiv usul sifatida qaralib, yangi tijorat g’oyalarini, yangi texnik imkoniyatlarni

izlab topish, kapitalni resurslarga va ularni realizatsiya qilishga jalb qilish (sarflash)ni, yangi imkoniyatlardan byurokratik to’siq va sustkashliksiz tezlik bilan foydalanishga asoslangan.

Tadbirkorlar ko’pincha shaxsiy ehtiyojlarini, shaxsiy boylikni ko’paytirishni birinchi darajali vazifa deb qaraydilar. Foydaning ko’p qismini maksimal darajadagi talabga ega bo’lgan faoliyatni, o’z ishlarini rivojlantirishga sarflaydi. U doimiy ravishda xarajatlarni kamaytirish, mahsulot sifatini oshirish, yangi texnika va texnologiyadan foydalanish, yangi ilmiy kashfiyotlar yaratish imkoniyatlarini qidiradi.

“Tadbirkor”qoidaga kщra, щz ishini olib borish uchun bilim va kasb mahoratiga ega bщlishi kerak. Aks holda u yutыazib ыщyishi mumkin.

Tadbirkorning kasb bo’yicha bilimi ikkita asosiy kategoriyaga bщlinadi:

1. Bevosita tovarlar va xizmatlar ishlab chiыarish bilan boьliы bщlgan bilim va mahorat.

2. Biznesni tashkil ыilish va ishlab chiыarishni boshыarish (menejment, marketing, moliya, reklama) bilan boьliы bщlgan bilimlar.

Xususiy, oilaviy kichik biznes bilan shug’ullanuvchi tadbirkor, qoidaga binoan hambirinchi, hamikkinchi toifaga (kategoriya) oid bilimlarni egallashi lozim.

SHeriklar bilan birgalikda ish olib boraetgan tadbir-kor, ko’proq bitta toifa bo’yicha bilimga eag bo’lishi yoki biznesni boshqarishda biror sohaga mos keladigan (moliya, reklama, sotish va x.k.z.) vazifani bajarishga ixtisoslanadi. Boshqa funk-tsiyalarni bajarishni shunga mos bilimlarga ega bo’lgan sheriklari o’z zimmalariga oladilar.

Yirik korxonalar miqeida biznesni amalga oshirayotgan tadbirkorlar, uni boshqarishga mutaxassislar, menejerlarni jalb qiladilar, o’zlari esa boshqarishni strategik va moliyaviy masalalari bilan shug’ullanadilar.

Biznesni mustaqil amalga oshiruvchi tadbirkorni kasb mahorati darajasiga, ishlab chiqarayotgan tovar va xizmatlarning murakkabligiga va biznes ko’lamiga bog’liq. Konstruktsiyasi, texnologiyasiga ko’ra oddiy tovarlar va xizmatlar (kichik biznes doirasida)ni ishlab chiqaruvchi tadbirkor, shunga mos kasb malakasiga va ishlab chiqarish tajribasiga ega bo’ladi. O’z ishini boshqarish bo’yicha bilimlarni u qisqa muddatli kurslarda yoki mustakil o’qish orkali egallaydi.

Murakkab tovarlar ishlab chiqaruvchi va xizmatlar ko’rsatuvchi (kichik biznes sohasida) tadbirkor, odatda shunga mos ravishda o’rta yoki oliy maolumotga ega bo’lishi, agar faoliyat ko’rsatish kichik biznes doirasidan chiksa, u holda tadbirkor menejment, marketing, moliya bo’yicha bilimarni egallashlari lozim.

SHerikchilik asosida biznes bilan shug’ullanayotgan tadbirkorning maolumoti yo’nalishi va darajasi, bajarayotgan funktsiyasiga mos bo’lishi kerak.



Tadbirkor shaxs to’g’risida qator jahon klassik yozuvchilari:

Djek London, O.Balьzak, T.Mann, A.Xeyli, A.CHexov va boshqalarning asarlarida yozilgan. “Tadbirkorning umumlashgan qiyofasi (obrazi)ga, birinchidan, narslarga, alohida e’tibor bilan qarash, shu bilan birga nafaqat aqli jihatdan, balki voqealarning, narsalarning haqiqiy mohiyatiga tushunib yetishi va amalga oshirish qobiliyati, ikkinchidan, faoliyati davomida ko’tilishi mumkin bo’lgan to’siqlar va noaniqliklardan qo’rqmay oldinga borish qobiliyati, uchinchidan, boshqa kishilarga taosir ko’rsata olish, yaoni boshqacha qilib aytganda “obro’-eotiborga ega bo’lish”, qo’l ostidagilarni “buyruqqa itoat qilishga” o’rgatish qobiliyati xarakterlidir.36 Tadbirkorning faoliyati biror maqsadni ko’zlab qilingan harakatlar majmui, shuning sifati, yangi rejalar tuzish, sodir bo’lishi mumkin bo’lgan xatoliklarni ko’payishi va o’ta tavakkalchilik, mustakil ish va yaratuvchanlik borasida intilishlar bog’liqdir. Tadbirkorning faoliyati “oqimga qarshi borishi”, ijtimoiy kuchlar qarshiligini yenga olishi, kerakli kishilar bilan hamkorlik o’rnata olishi, boshqalarga taosir ko’rsata olishi, sezgirligi, kuchli iroda, ko’tarinki rux, kuch va energiya sarflash kabi qobiliyatlari bilan ajralib turadi.

Tadbirkorlik ‘arakteriga xos bo’lgan xususiyatlar quyidagilar:

1. Maqsadga erishishga intiluvchanlik, yaoni oldinga qo’yilgan maqsadga erishish uchun intilishi.

2. Tartiblilik, ish vaqti va resurslardan maqsadga muvofiq ravishda oqilona foydalanish qobiliyati.

3. Sabrbardosh, yaoni tadbirkorlik ьoyalarini (rejalarini) asta-sekinlik bilan amalga oshishi, tadbirkorlik faoliyatidagi baozi bir yo’nalishlarni amalga oshirishda qulay vaziyatni tanlay olishi bilan boьliq ‘olati.

4. Ish yuzasidan aloqa boglash, olish, yaoni zarurat tuьilganda buyurtmachilar, ta’minlovchilar, moliyachilar va boshqalar bilan muzokaralar olib borish bilan bog’liq ‘olatlar.

5. O’z xatti - harakatlari oqibatini va imkoniyatini chamalab tavakkal qila bilish, tavakkalni ongli ravishda qila bilish.

6. O’z ishiga, mijozlariga, sheriklariga nisbatan masouliyat xis qilishi.

7. Tadbirkorlik g’oyalarini (faoliyatini) tanlash va ularni amalga oshirishda tashabbuskolik.

8. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish yo’lidagi to’siqlarni yengishda, qo’yilgan maqsadga erishishda qatoiylik.

9. Vazifani, ichki va tashqi sharoitlarni, yangi imkoniyatlarni, ilmiy texnika taraqqiyotini o’zgarishlariga tezlik bilan munosabat bildira olish qobiliyati.

10. Oldinga qo’yilgan maqsadni amalga oshirishda qatoiylik va dadillik.

11. Davlat, jamiyat, mijozlar va ishlovchilar bilan o’zaro munosabatda odoblilik, insoflilik, halollik.



2. Tadbirkorlik etikasi (odob-ahloqi)

Zamonaviy madaniyatli tadbirkorlikni hamkorlikda ishlovchi kishilarning halolligi vijdonliligisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bularsiz bitim tuzish va kreditlar olish mumkin emas. Ishbilarmonlik olamida millionlab bitimlar oьzaki kelishuv asosida tuziladi va milliard so’mlik tovarlar xujjatlashtirilmagan shartnomalarga binoan sotiladi.

Tadbirkorlikning muvaffaqqiyati firmadagi sheriklar (kompan’on) va ishlovchilar orasidagi psixologik muhitga bog’liq. Firmada birbirini tushunish birgalikda javobgarlik va o’zaro ishonch hukmron bo’lishi kerak. Ko’pchilik firmalarda (ayniqsa Yaponiyada) katta oila printsipi amal qiladi. Ishlovchilar o’z ish joyiga o’z oilasidan qarashadi va hamma harakatni firmani rivojlantirish uchun qilishadi. SHu bilan birga firma hamo’z ishlovchilarining soьligi to’g’risida g’amxo’rlik qilishi lozim.

Tadbirkor o’z mijozlari bilan mustahkam aloqada bo’lishi va ularning ishonch qozonishi, doirasini kengaytirish, ular bilan ishbilarmonlik aloqalarini boьlash uchun ahloqiy me’yorlariga rioya qilishi kerak. SHartnoma majburiyatlarini taominlash ishlari buzilib, o’z vaqtida bajarilmasa, mijozlarni firmaga bo’lgan ishonchi yo’qoladi va ular boshqa tomonga burilib ketadilar. O’z va’dasida turmaslik, insofsizlik, beparvolik pirovard natijada firmani barbod (sinish)ga olib keladi. Tadbirkor onggini tarbiyalash uning faoliyatidagi muvaffaqiyatlar asosidir.

M.Veber o’zining asarlaridan birida shunday degan edi: «Rivojlangan kapitalizmda tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyati katta mablag’ egalari tomonidan emas, balki mashaqqatli hayot maktabini bosib o’tgan, ehtiyotkor, bo’lish bilan birga dadil harakat qiladigan, o’zini tuta biladigan, xolis, qatoiyatli, burjuaziyaga xos dunyoqarash va printsiplar asosida o’z ishiga sodiqligidadir»

Ana shu printsiplar quyida keltiriladi:

Fol’ksvagen kontserni rahbari Daniel Redvarning “Bozor madaniyati” (Этика рынка) maqolasida shunday deyiladi: bozor-oliyjanoblik, mardlik, saxiylik, ishonchlilik, tartiblilik, birdamlik kabi ma’naviy e’tiqod, o’yin qoidalari va yozilmagan qonunlar bo’lishini talab qiladi. U “Ishonch tadbirkorlik faoliyatidagi asosiy printsiplardan biri hisoblanib, uning ahamiyati tobora ortib boradi.” Korxona - orol ham, fil suyaklaridan tiklangan minora ham emas. U o’zining rishtalar bilan boo’langan jamiyatning bir qismi deb hisoblashi lozim.


  • “Yodingizda tuting, vaqt bu pul; kimki har kuni o’ng shiling ishlab topa olsayu, lekin yarim kun ishlamay, dangasalik qilib uyda o’tirsa, u ‘ar kun o’ziga olti pens sarflasa, bundan tashqari u yana besh shillingni yo’qotadi.

  • Yodingizda tuting, kredit bepul. Kimki menga maolum muddatga o’z pulini bersa, muddat o’tgandan so’ng men unga pulini kelishilgan foizda ortiьi bilan qaytaraman;

  • Yodingizda tuting, pul tabiatiga ko’ra se’osil va yangi pullar dunyoga keltirish qobiliyatiga ega. Puldan pul dunyoga keladi, uning shoxlari yana ‘am ko’proq pul dunyoga keltiradi va x.k.

  • Sizda pulingiz qancha ko’p mikdorda bo’lsa, ularning ‘arakati (aylanishi) natijasida u yana ko’payadi, daromadingiz esa borgan sari ortib boradi. Kimki nasl beruvchi ‘ayvonni o’ldirsa, uning minglab naslini yo’qotadi, kimki bir tangani noo’rin sarflasa, u ko’p narsadan ma’rum bo’ladi, chunki bir tanga ko’plab funtni keltirishi mumkin edi.

  • Ushbu maqolni yetda tuting: «kimki o’z vaqtida to’lasa, unga o’zgalar ‘amyoni doimo ochiq”. O’z vaqtida ‘isob-kitob qiladigan kishiga o’z do’stlaridan doim qarzga pul olishi mumkin bo’ladi. Bu esa juda qulay. Yoshlarga jamiyatda o’z mavqeiga erishishda ‘arakatchanlik bilan bir qatorda puxtalik, ishini o’z vaqtida aniq bajarishi, ‘aqqoniylik katta yordam beradi.

Bundan tashqari, tartibliligingiz o’z qarzlaringizni unutmasligingiz va x.k., shuni ko’rsatdiki siz nafaqat puxta shu bilan birga ‘alol kishisiz, bu esa sizning kreditlaringizni ko’paytiradi”.

SHuning uchun xozirgi kunda xo’jalikni yuritish - bu ko’proq o’zaro kelishish va murosa qilish demakdir. Nafaqat korxona yoki firma egalari, nazorat kengashlari, xodimlar va rahbarlar, balki texnik imkoniyatlar, iqtisodiy, ekologik munosabatlar va ahloqiy javobgarlik kabilar bilan murosa qilishdir.

Bozor iqtisodiyoti sharoiti raxbarlardan tadbirkorlik va ishbilarmonlikni boshqaruv uslublarini takomil-lashtirishni talab etadi. Boshqarish uslublari asosan ongli ravishda muayan maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladi. Bu faoliyat davomida ma’naviylik me’yorlariga, ya’ni tadbirkorlik etikasiga amal qilish maqsadga muvofiqdir.

Biznes etikasining asosiy qoidalariga quyidagilar kiradi: qonunni hurmat qilish, to‘g‘riliq o‘z so‘ziga va tuzilgan shartnomaga javob berish, ishonchliliq ishonch va ijtimoiy javobgarlik hech qachon va hech qanday sharoitda o‘z xizmatchilarini, buyurtmachilarni, xissadorlarni, rahbarlarni, mol yetkazib beruvchilarni, nazorat qiluvchi idoralarni aldamaslik majburiyatlari va boshqalar.

Taraqqiy topgan davlatlarda, ayniqsa Yaponiya va AQSHda firmalarning “etika kodeksi” va biznesmenlarning alohida kasb ustalari guruhlarining “ishbilarmonlar kodeksi” keng qo‘llanadi. Ularni sex etikasi kodeksi deb ham atash mumkin. Ushbu kodekslarga binoan u yoki bu tarmoq firmalari bir xil etika o‘lchovlarini ko‘llaydilar. Bunday kodekslar raqobatchilarning etikaga xilof hulqlarini aniqlashni osonlashtiradi. Ishbilarmon biznes kodeksining asosiy qismlaridan biri ishbilarmon va iste’molchi o‘rtasidagi munosabatlar hisoblanadi.

Eng birinchi “Biznesmen kodeksi” amerikaliklar tomonidan 1913 yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, unda yettita ish yuritish qoidasi qabul qilingan. Bu qoidalar bitta asosga jamlangan bo‘lib, bu biznes sohasidagi usul va siyosatni baholashda ularning haqiqat va adolatlilik tushunchalariga mos kelishi bilan belgilanganidir.37

Vaqt o‘tishi bilan kodeks bir necha bor takomillashdi. Natijada, bu borada turli firmalar va kompaniyalar tomonidan to‘plangan, ularning tajribasiga asoslangan.

Etiketlar to’gri deb xisoblagan narsalarni bajarish. Ular yaxshi shakillangan standartlarni to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligi haqida shuningdek insonlarning qilish zarur bo’lgan yaxshi ishlari, majburiyatlari, jamiyatga keltiradigan foydaslari, adolatli bo’lishlari yoki aniq xislatlarini yaxshilashga asoslanadi.

Muayyan vaziyatlarda ular muomala haqida qaror qabul qilish uchun ko'rsatmalar sifatida xizmat qiladi; Ular, shuningdek, boshqalar harakatlarini baholashda bizga yaqindan yordam beradi. Umidvorlik, ular o'sha vaziyatlar sodir bo’lishidan uzoqroq vaqt oldin vaziyatlarni yaxshi tushunishimizga va bunga yechim topishimizga xizmat qiladi38.



3. Tadbirkor amal qilishi lozim bo’lgan ahloqiy me’yorlar

(“Folksvagen” kontserni rahbari Daniel Redver tavsiyalari.)



  • “Eng yuqori unumdorlik va daromad atrof-muhitga zarar yetkazish hisobiga amalga oshirilmasligi kerak;

  • raqobat halol yo’llar bilan amalga oshirilishi kerak;

  • mehnat evaziga orttirilgan boylikni shunday taqsimlash kerakki, u tabaqalashgan aholini paydo bo’lishiga imkoniyat yaratmasin;

  • inson texnikaga emas, texnika insonga xizmat qilsin;

  • xodimlarning korxona ishlariga ongli ravishda yondoshishlari nafaqat yaxshi mehnat qilish istagini, shu bilan birga javobgarlik maosuliyatini oshiradi;

  • iqtisodiyot dindan farqi shuki, u ahloqiy me’yorlarga yo’naltirilmay, balki moddiy boyliklarni taqsimlashda amaldagi ahloq me’yorlariga bo’ysunishi kerak...”39

Amerikada Niirod Makxayer tomonidan bibliyada buyurilgan unta qatoiy qoida asosida ish yuritish printsiplari va biznesning ahloqiy qoidalari tuzildi.

Xadisi shariflarimizda, uluь allomalarimiz - Muhammad Al Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Amir Temur, Mirzo Uluьbek, Zaxiriddin Muhammad Boburlarning asarlarida sharыona savdo-sotiы ishlari, uning tartib ыoidalari xakida batafsil sщz yuritiladi. Xadislarning birida «Kasbning eng yaxshisi, kishining щz ыщli, aql-idroki, ыobiliyati bilan bajaradigan ishi va halol savdodir» - deyilgan.

SHarqda savdo-sotiq juda qadimdan maolum va mashxur bo’lgan.

O’zbek xalqi juda qadimiy maonaviy va iqtisodiy merosga ega. Bu iqtisodiy meros xalqimizning iqtisodiy mustakillikni qo’lga kiritishi, zamonaviy iqtisodiy tafakkurga ega bo’lishi, iqtisodiy iqtidorli millatga aylanishida xizmat qildi va qilmoqda.

SHu tufayli tijoratda, savdo-sotiqda milliy-ahloqiy me’yorlar qonun darajasiga ko’tarilgan. Tijoratchi, biznesmenlarning ish yuritishning ahloqiy qoidalari asosini quyidagilar tashkil qiladi:


  • xokimiyatga hurmat bilan munosabatda bo’l;

  • maqsadga erishishga intiluvchan bo’l;

  • so’zing bilan ishining bir bo’lsin;

  • o’z xayotingni mulohaza qilishga va dam olishga vaqt ajrat (eotibor ber);

  • keksalarga izzat, hurmatda bo’l;

  • inson hayotini, qadr-qimmatini va xuquqini hurmat qil;

  • nikohni doimiy saqla;

  • o’z vositalarining, imkoniyatlarining, mablaьlaringni to’g’ri hisob-kitob qil;

  • halol va rostguy bo’l;

  • shaxsiy mulk xuquqlariga to’g’ri munosabatta bo’l va ularni hurmat qil.


4. Tadbirkorning shaxsiy xususiyatlarini shakllantirish

Tadbirkor raxbarning tashkilotchilik qobilyati ishlab chiqarish tizimini yaxshilash tadbirlariga qaratilmog‘i, ya’ni jamoada axloqiy-ruxiy muxtni qaror topshirish, yangi texnologiyani joriy etish, kuchlarni tezkor ishlarni boshqarishg aqaratish, boshkaruvdagi odamlarni imkon qadar kamaytirish, yangi xodimlar malakasini oshirib borish, odamlardagi “boqimandalik” ruxiyatiga barxam berish, ishda har xil mojarolar kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik, mehnat intizomiga qattiq rioya qilishdir.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkor raxbar faoliyatining mazmuni- uning boshqarish san’atini nechog‘lik egallagani, ya’ni odamlarni jamoaga uyushtirish, ishlarni rejalashtirish, nazorat qilish, axborotlar ayriboshlash, boshqarishni o‘quv bilan tashkil etish kabi mezonlar bilan ham izohlanadi. Bunda tadbirkor rahbar ongliligi, tadbirkorliligi, odamlarning moddiy va ma’naviy extiyojlarining qondiribborilishi, uning gurux, jamoa, jamiyat oldida ma’suliyat, burch tuyg‘usini chuqur his qilishi muhim ahamiyatga ega. Boshqarish san’ati tadbirkor raxbarlardan talab qilinadigan xislatlardan eng asosiysi bo‘lib, uning o‘z qo‘lostidagi xizmatchilar bilan juda yaxshi munosabat o‘rnatish, korxonada ishlab chiqarishning eng samarali natijalarini beradiganmuxtni yaratishidadir.

Yaponiyaning boshqarish uslubi ana shu tamoil asosiga qurilgan. Yaponlarninig boshlang‘ich ijtimoiy sharoiti shundayki, ular ishchini ijtimoiy ximoya qilish bilan birga ma’naviy tarbiyalab borishadi,inson psixologiyasidan to‘g‘ri foydalanishadi, ishchini ishga tayyorlash jarayonida xalqqa ma’lum bo‘lgan uslublarni qo‘llashadi, ya’ni bajariladigan ishning nozik tomonlarini va kat’iylikning o‘rgatishadi. Maxsulot ishlab chikarish bilan uning sifatini nazorat qilish jarayoni xech qachon ajratilmaydi yoki bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilmaydi. Ularning fikricha, nazoratni kuchaytirish yoki nazoratchining xuquqini kuchaytirish bilan yuqori sifatli mahsulot olib bo‘lmaydi. Vaxolanki, mahsulot sifatini tayyor bo‘lgandan keyin emas, aksincha uni tayorlash jarayonida, xar bir bajarilgan ishdan so‘ng nazorat qilish kerak. Nazoratchining asosiy vazifasi sifatsiz maxsulot ishlab chikarayotgan ishchini topib, uni jazolash emas, balki uning sababini izlashdan va bartaraf qilishdan iborat bo‘lishi kerak. Mana shu uslubni yaponlar tug‘ri yo‘lga qo‘yganligi sababli xar bir ishchi o‘z-o‘zini nazorat qilishga o‘rgangan va doimo o‘z ustida izlanishlar olib boradi. Kompaniyalarda sifat guruxlari tashkil qilingan.

Bizda xam xar bir tadbirkor rahbar ish joylarida mana shunday uslubni tashkil qila olishi kerak. Shundagina sifatsiz maxsulot sonini kamaytirib, yuqori sifatli maxsulot olishga erishish mumkin. Shundagina kichik biznesda ishlab chiqarishni kengaytirmasdan, ishchilar sonini o‘zgartirmasdan ko‘plab maxsulot olishga erishish mumkin.


5. Sheriklar o‘rtasidagi va xizmat yuzasidan munosabatlar

Tadbirkorning sheriklari bilan munosabatlari qanchalik to‘g‘ri to‘zilganligi biznesdagi muvaffaqiyatni belgilaydi. Sherik deb, biror bir birgalikdagi faoliyatning ishtirokchisiga aytiladi. Tadbirkorning sheriklari bilan aloqalarini mustahkamlashda quyidagilar katta ahamiyatga ega: umumiy g‘oyaga qiziqqan va ularni amalga oshirishga tayyor bo‘lgan sheriklar bilan aloqa o‘rnatish; boshliq bilan to‘zilgan kelishuv (kontrakt) shartlariga qattiq rioya kilinishi; haq to‘lash shartlari; ijtimoiy imtiyozlar (berilgan bo‘lsa); korxona boshqarilishidagi ishtiroki; yil natijalari bo‘yicha dividentlar to‘lash shartlari; ishdan bo‘shagandan o‘z ulushini olish va xokazolar ta’minlanadi.

Tadbirkor rahbar tashkilotchiligi - mehnat jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, ishlab chiqarish va tarbiyaviy jarayonlarga t’sir ko‘rsatish, gurux faoliyatini oliy maqsadlarga qarata olish qobilyati kabi masalalarni qamrab oladi. Tadbirkor rahbar jamoani moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarishiga rahnamolik qilar ekan, shuni unutmaslik kerakki, odamlar bir-birlari bilan o‘zaro munosabatda, bir-birlariga xar jixatdan muxtoj, shaxsiy extiyoj va maqsadlarga egadirlar. Shu bois xar qanday tadbirkor-raxbar eng avvalo insoniy qadriyatlarga diqqat-e’tiborini qaratmog‘i lozim buladi.

G‘arb olimlaridan Robert Ryukert (Robert Reukert) va Orbula Yokep (Orvill Walker) hamkorlikning quyidagi prinsiplarini taklif qiladilar:40



  • Mavjud tashkiliy struktura va jarayonlar resurslarni bir bo‘limdan ikkinchi bo‘limga o‘tishini ta’minlasa, hamkorlik samarali bo‘ladi.

  • Hamkorlik, turli funksional bo‘limlarning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mexanizm bo‘lib, konfliktlarni gorizontal bosqichda yechish qoidasi va amaliyotini o‘zida mujassamlashtiradi. Lekin, doimiy ravishda konfliktlarni vujudga kelishi va uni yechish faoliyat samarasini pasaytiradi.

Tadbirkorning o‘z xizmatchilari bilan munosabatni mustaxkamlashda quyidagilar katta ahamiyatga ega:

- muammoli ishga taalluqli masalalar muxokama qilinadigan suxbat va uchrashuvlarni muntazam o‘tkazib turish;

- ishchi va xizmatchilarning firma ishini muhim masalalarini muxokama qilish va yechishga kengroq jalb qilish;

- firma bo‘linmalarining boshliqlari bilan muntazam ravishda muloqot lozim.



Mijozlar bilan munosabatlar.Kichik biznesda mijozlar bilan munosabatga muhim ahamiyat berish lozim.

Kichik biznes mijoz sifatida, dallollik idorasi, birja, tayyorlov tashkiloti qayta ishlovchi korxona, shuningdek mahsulotlarning doimiy buyurtmasi yoki haridori bo‘lgan ayrim shaxslar gavdalanishi mumkin. Mijoz kim bo‘lishidan kat’iy nazar: tashkilotmi, korxonami, firmami yoki yakka shaxsmi - avvalo tadbirkor oldida o‘z muammolari bilan murojaat qilayotgan inson ekanligini esda to‘tishi lozimdir.

Tadbirkorning vazifasi - mijozni o‘z qo‘liga olib uni ushlab qolmoq. Har bir tadbirkor (yakka shaxs yoki korxona) shu maqsadda o‘z ishini mijozga bag‘ishlamogi kerak. Bu maqsadga erishishda quyidagilarni ta’minlash zarur:

har doim o‘zini mijoz o‘rniga qo‘yishi;

qog‘ozbozlikka yo‘l qo‘ymaslik;

haridorlar bilan tovar sotilgandan so‘ng ham aloqani uzmaslik.


Qisqacha xulosalar

Insonning har qanday faoliyati, shu jumladan ishbilar-monlik ham, etika va huquqiy o‘lchovlari bilan baholanadi

Tadbirkor bo‘lishga axd qilgan kishi, o‘zining imkoniyatlari, qobiliyatlari, shu jumladan o‘z izlanuvchilik qobiliyatini aniq o‘lchay bilishi kerak Biznes - bu ishni chuqur bilish, kundalik tinimsiz mehnat, bir me’yordagi iqtisodiy sharoitdagi yuz beradigan doimiy raqobat, unga faqat o‘z ishining ustasigina turib bera oladi.

Boshqarish san’ati tadbirkor raxbarlardan talab qilinadigan xislatlardan eng asosiysi bo‘lib, uning uz kul ostidagi xizmatchilar bilan juda yaxshi munosabat urnatish, korxonada ishlab chikarishning eng samarali natijalarini beradigan muxdni yaratishidadir.



Tayanch iboralar:

Tadbirkor shaxsi, tadbirkor xarakteriga xos bo’lgan xususiyatlar, tadbirkorlik etikasi, tadbirkor amal kilishi lozim bo’lgan ahloqiy me’yorlar


Nazorat va muloxaza uchun savollar

1. Biznesning axloq me’yorlari deganda nimani tushunasiz?

2. Tadbirkorlik etikasi deganda nimani tushunasiz?

3. Ishbilormanlarning un nasihatiga izoh bering.

4.Tadbirkorning shaxsiy xususiyatlarini shakllantirish uchun qanday umum- ijtimoiy sifatlar zarur?

5. Sheriklar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni mustaxkamlashda nimalarga ahamiyat berish kerak ?

6. Xizmat yuzasidan munosabatlarni takomillashtirish uchun qanday tadbirlarni amalga oshirish lozim ?

7. Mijozlar munosabatlarni takomillashtirish uchun qanday tadbirlarni amalga oshirish lozim?

8. Boshqarish san’ati tadbirkor raxbarlardan qanday xislatlardan talab qiladi?


  1. Tadbirkorning o‘z xizmatchilari bilan munosabatni mustaxkamlashda nimalarga katta ahamiyat berish kerak?

  2. G‘arb olimlaridan Robert Ryukert (Robert Reukert) va Orbula Yokep (Orvill Walker) hamkorlikning qanday prinsiplarini taklif qiladilar?

  1. Джон Берджес, Дон Штайнхофф. Основы управления малым бизнесом. Перевод с англ. - М.: Бином, 1997

  2. Кревенс, Девид, В.. Стратегический маркетинг, 6-е изд. Пер. с англ. М.: Издательский дом “Вильямс”, 2003.- 752с.

  3. http://www.itaiep.doc.gov/bisnis//html


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling