Oraliq nazorat (ON) – semestr davomida o’quv dasturining tegishli (fanlarning bir
necha mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va
amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat semestr davomida ikki
marta o’tkaziladi va shakli yozma, og’zaki, test va hokazo bo’lishi mumkin.
Oraliq nazorat bo’yicha umumiy maksimal 35ball. SHundan: Mahruza mashg’ulotidan 2 ta
oraliq nazorat sinovi o’tkazilishi belgilangan bo’lib, 25 ball ajratilgan. Mahruza mashg’ulotidan
mustaqil ta’lim bo’yicha beriladigan portfolio topshiriq uchun 10 ball ajratilgan.
Semestr davomida JN va ON turlarini saralash balidan ortiq ball olgan talabalar YaN
turiga qatnashishi mumkun, saralash balidan past ball olgan talabalar akademik qarzdor
xisoblanadi va YaNga kiritilmaydi. Agar JN va ON turlari bo’yicha 55 balldan ortiq ball olgan
talabalarni YaN ga qatnashmasligiga yo’l qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |