«Yangi» maktab - bu «ijtimoiy tizimlar» maktabining mantiqiy davomidir. 1820-1830 yillari AQSHda ilmiy va mumtoz menejmentlarga muqobil harkat sifatida “teylorizm”ga qandaydir darajada qarshi yangi nazariya -“insoniy munosabatlar” maktabi paydo bo‘ldi. Bu maktabga amerikalik jamiyashunos va ruhshunos E. Meyo (1880-1949) asos soldi. Bu maktab nuqtai nazaridan:
-ishchi-bu fikrsiz robot emas, balki obro‘-e’tiborga, o‘z-o‘zini hurmat qilishga, o‘z qadr-qimmatini his etishga;
-boshqa kishilar tomonidan ma’qullanishga, shaxsiy maqsadlar va manfaatlarga erishishga intilishda muayyan ijtimoiy ehtiyojlarga ega bo‘lgan individdir.
Ayni individlar kompaniya va firmalarning manbai ekanligidan kelib chiqib, insoniy munosabatlar maktabi boshqaruvining:
-tashabbuskorlikdan;
-ishchilar bilan hamkorlikdan;
-kompaniyadan “birdamlik ruhi” va “mushtaraklik tuyg‘usi”ni shakllantirishdan foydalanish hamda ularni rag‘batlantirishga asoslangan tegishli usullarni ishlab chiqdi.
Amerikalik olim D. Mak-Gregor (1906-1964) “inson munosabatlari” maktabining atoqli namoyandalaridan hisoblanadi. U inson xulq-atvorining ikki modeli, xodimning o‘z mehnatiga ikki xil munosabatda bo‘lishi mumkinligini inobatga olib X (iks) va U (igrik) nazariyasini yaratdi.
X nazariyasiga ko‘ra, namunaviy yollanma ishga-tabiatdan yalqov bo‘lgan kiishi. Bunday holatda hodimni doimo majburlash, nazorat qilish, jazolash va jarima solish qo‘rqitib turish zarur.
Y nazariyasi yollanma ishchilar tabiatan faol, ularga tashabbuskorlik va uddaburonlik, o‘z zimmasiga mas’uliyat olish salohiyati xosdir. Bu nazariyaga muvofiq keluuchi ishchini rag‘batlantirish va unga qulay muhit yaratib berishgina kifoya qiladi.
Inson munosabatlari uchun harakat Boshqaruvda insoniy munosabatlar maktabini rivojlantirishda ikki olim - Mеri Parkеr Follеtt va Elton Meyoni eng yirik nufuzli insonlar dеb aytish mumkin. Aynan miss Follеtt birinchi bo‘lib mеnеjmеntni «boshqa shaxslar yordamida ish bajarilishini ta’minlash» izohlab bеrdi. Xotornda joylashgan «Uestеrn Elеktrik» zavodida Elton Meyo tomonidan o‘tkazilgan mashhur sinovlar mеnеjmеnt nazariyasida yangi yo‘nalishlar ochdi. Meyo shuni aniqladiki, ilmiy boshqaruv maktabining vakillari o‘ylaganidеk, puxta ishlab chiqilgan ish opеratsiyalari va yaxshi ish haqi har doim mehnat unumdorligining oshishiga olib kеlmagan.
E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |