«klassik» maktabi yoki «ilmiy menejerizm» maktabi
«insoniy munosabatlar» maktabi
«emperik» maktabi
«ijtimoiy tizimlar» maktabi
«yangi» maktabi
“Ilmiy menejment” maktabi XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida Amerikada shakllana boshlagan. Bu maktab ibtidosida amerikalik muhandis va ixtirochi F. Teylor (1856-1915) turgan edi. Uning nazariyasi keyinchalik “Teylorizm” degan nom olgan. U yaratgan tizim esa ishchilarning “siqib suvini olish”ning ilmiy tizimi deb atalgan. F. Teylor ta’limotining asosiy mazmuni-yollanma ishchilar unumdorligini oshirishda g‘oyatda va maqbul usullarni izlashdir. Taylor prinsplari:
boshqaruvchi bilan boshqariluvchi mas’uliyatini aniq belgilash va vazifalarini to‘g‘ri taqsimlash shart.
ishchilar malakasi va saviyasiga qarab joy-joyiga qo‘yilishi shart;
yuqoridan belgilab berilgan ish usullari va qoidalarni bajarish uchun doimiy talabchan nazorat amalga oshirilishi lozim;
har bir mehnat jarayoni va hatto har bir harakat puxta ishlab chiqilgan qoidalarga bo‘ysundirilgan bo‘lishi kerak;
har bir mehnat turi qat’iy vaqt oralig‘ida taqsimlanishi lozim;
mehnatning har bir jarayoni, uning ko‘lami va ketma-ketligi aniq puxta ixtisoslashtirilishi shart;
Garvard universiteti professori Elton.Meyo «inson munosabatlari» nazariyasini ilgari surdi. Meyo fikriga binoan ishlab chikarish va boshkaruvning barcha muammolariga inson munosabatlari nuktai naзaridan karash lozim. Bu nazariya insonning ma’lum ijtimoiy va psixologik extiyojlarini qondirish yo’libilan uni yanada unumli mexnat qilishi mumkin degan g’oyaga asoslangan. Bu maktabning yana bir namoyondasi D.Mak Gregor boshkaruvni tashkil etishga 2 xil yondoshuv mavjud:
majburlash va ragbatlantirish usullari
tashabbuskorlik va mustakilliikni iloji boricha namoyon kilish uchun sharoit yaratish
Do'stlaringiz bilan baham: |