№
|
Tayanch so’zlar
|
Tayanch so’zlarning ma’nosi
|
1.
|
Konversion marketing
|
Salbiy talabni bosib o’tishga yordam beradi, ya’ni
yo’q joyda talabni vujudga keltiradi, bunga ishontirish va tovar to’g’risidagi
yolg’on ma’lumotlami inkor etish orqali erishiladi.
|
2.
|
Sinxromarketing
|
Tebranib turuvchi talabni nisbatan
barqaroriashtirishga va uni tartibga solishga yordam beradi. Bunday talab mavsumiy
va boshqa tebranishlar bilan xarakterlanadi. Buning natijasida tovar taklifi talabga
to’g’ri kelmaydi. Shuning uchun sinxromarketingning strategiyasi talab va taklif me’yorini taqqoslashdan iborat.
|
3.
|
Remarketing
|
Talabning pasayishi turli davrlarda har qanday tovar duch keladigan hodisa.Bu holataa remarketingdzn foydalaniladi. Remarketingning maqsadi talabni tiklash zamrligini bildiradi, ya’ni tushib borayotgan talabni jonlantirishdir.
|
4.
|
Demarketing
|
Talab haddan tashqari yuqori, talabni pasaytirishga erishish lozim. Bu holatda demarketing turidan foydalaniladi. Demarketing maqsadi narhni ko’tarish,servisni qisqartirish yo’li bilan talabni vaqtinchalik yoki surunkasiga pasaytirishdan iborat.
|