Меnejment. Marketing
Download 156.51 Kb.
|
Ишчи дафтар - Маркетинг (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2”- kurs, BI 51-2- guruhi Toshkent-2021
Меnejment.Marketing O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “MENEJMENT VA MARKETING” KAFEDRASI “MENEJMENT.MARKETING”
1-Mavzu. MARKETINGNING NAZARIY ASOSLARI Marketing tushunchasi va uning mohiyati nimadan iborat? Marketing — bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlami ishlab chiqarish haqida realizatsiya qilish muammolarini kompleks, tizimli yechish uslublarini bozorda vujudga keladigan o’zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondoshish, raqobatbardosh yangi tovarlami vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, konyunkturani o’rganish va bashorat qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygandir. “Marketing” fani xo’jalik yurituvchi subyektlarni bozorda iqtisodiy maqsadlaiga erishish quroli (ya’ni foyda oladigan bozorlar hissasiga erishish) sifatida qarashga alohida e’tibor beradi. Marketing fani raqobatni, iste’molchi xulq-atvorini,raqobatbardoshligi, rag’batlantirishni, reklamani va bozorni chuqur o’rganadi. Marketing tushunchasi bozor sohasini har qanday faoliyati bilan bog’liqdir, shu bois marketing so’zini taijimasi va kelib chiqishi keltiriladi (ingl. Market — bozor, ing — faol, faoliyat, harakat ma’nosini anglatadi).Marketing bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo’nalishi, balki ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bo’yicha amaliyot faoliyati hamdir. AQSh va boshqa xorijiy davladar iqtisodiy adabiyotlarida marketing ta’rifini ko’p turlari mavjuddir. Eng keng tarqalgan marketing ta’rifi Amerika marketing assotsiatsiyasi tomonidan berilgan bo’lib, uning mazmuni quyidagichadir, ya’ni “Marketing shunday jarayondan iboratki, uning yordamida o’ylangan g’oya rejalashtiriladi va amalga oshiriladi, narxlar tashkil etiladi, g’oyalar, tovarlar va xizmat ko’rsatishlar harakati va sotishni, ayrim shaxslar va tashkilotiami maqsadlari ayiiboshlash yordamida qondiriladi”. Talab bilan taklifning o’zaro ta’siri - bu alohida shaxslar yoki guruhning xohish-ehtiyojlarini uzluksiz qondirish jarayoni bo’lib hisoblanadi. Bu jarayon o’z navbatida shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalami o’zaro ta’siriga asoslanadi, ya’ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlarni iste’moli (ishlatilishi) kiradi. Bu tushunchalar marketing tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon beradi. Muhtojlik — Kishining biron bir narsa yetishmasligini his etishidir. Ehtiyoj — individ shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga kirgan muhtojlikdir. Talab — bu xarid quwatiga ega bo’lgan ehtiyoj. Talab — mavjud, potensial hamda xohish talabga bo’linadi. Tovar — bu ehtiyojni yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga e’tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir.
Download 156.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling