Меnejment. Marketing
Download 156.51 Kb.
|
Ишчи дафтар - Маркетинг (3)
3-Mavzu. MARKETING MUHITI
Marketing muhiti nima? Marketing muhiti —korxona (firma, kompaniya) marketing va boshqa xo‘jalik faoliyatini amalga oshiradigan muhit. Tashqi va ichki atrof-muhit marketingi farqlanar ekan, muhitning nazorat qilinadigan va nazorat qilinmaydigan omillari alohida ajratib ko‘rsatiladi. Har qanday korxona (firma, kompaniya) o‘z tovarlarini yetkazib bergan va xaridorlarni tegishli axborotlar bilan ta’minlagan holda bozor bilan aloqada bo’lib faoliyatini amalga oshiradi. O‘z navbatida, firma (kompaniya) bozordan realizatsiya qilingan tovarlar va xizmatlarning puldagi ekvivalenti va yana o‘zga axborotlarni ham oladi. Bir butun yaxlitlik sifatida berk tizim vujudga keladi. Uning barobarida yana bir yopiq tizim mavjud bo‘lib, unda kompaniya (firma) xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar yetkazib beruvchilarga, hukumat organlarining turli xildagi normativ hujjatlariga, banklar hujjatlariga nisbatan qabul qilib oluvchi bo‘g‘in sifatida ish ko‘radi. Bunga javoban korxona (firma, kompaniya)ham tegishli axborotlar va pulni yo‘naltiradi. Natijada esa korxona (firma, kompaniya) marketingda tashqi muhit bilan chambarchas bog‘lanadi. Tashqi muhit tashkilot maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan darajadagi ichki potensialni saqlab turish uchun zarur bo‘lgan resurslar bilan ta’minlovchi manbalar hisoblanadi. Demografik, iqtisodiy, ekologik, ilmiy-texnikaviy, siyosiy va madaniy omillar ana shular sirasiga kiradi.Tashqi marketing muhiti - firma tashqarisida harakatlanadigan subyektlar jamlanmasi bo‘lib, ular hamda firma o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar, rahbariyat va marketing xizmati imkoniyatlari, xaridorlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish va uni saqlab qolishda ta’sir qiluvchi holatlardir. Download 156.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling